Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Kelajakni shakllantirish: Markaziy Osiyoda oliy ta’limni rivojlantirish


Ushbu mavzuga bag‘ishlangan Markaziy Osiyo universitetlarining birinchi forumi 12–17-oktabr kunlari Yangi O‘zbekiston universitetida Times Higher Education (THE) hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Tadbirda qatnashayotgan 200 dan ortiq soha vakillari mintaqada oliy ta’lim kelajagini shakllantiruvchi dolzarb masalalar va innovatsion yechimlarni muhokama qilmoqdalar. Mavzular o‘quv dasturlarini yangilashdan tortib mahalliy mehnat bozorining ehtiyojlarini qondirishgacha qamrab olingan. Barcha muhokamalar mintaqaning barqaror rivojlanishi va uzoq muddatli maqsadlariga erishishga qaratilmoqda.

Shuningdek, 16-oktabr kuni tadbir doirasida “Times Higher Education” reytingida tan olingan universitetlarni taqdirlash marosimi, xalqaro nufuzli mehmonlar bilan muhokama va uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ham ishtirok etdi.

Xabaringiz bor, O‘zbekistondagi 3 ta oliy ta’lim muassasasi birinchi marotaba “Times Higher Education” reytingida yuqori o‘rinlarni egalladi. Jumladan, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti dunyo universitetlari orasida 601-o‘rinni egalladi hamda kuchli 1000 talikka kirdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Milliy universiteti 1001-1200, Toshkent xalqaro axborot-texnologiyalari universiteti 1501-o‘rinda qayd etildi.

Forum doirasida mazkur universitetlar “Times Higher Education” tashkiloti tomonidan taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤4🔥1
#ona_tilim

Talabalar uchun ommaviy diktant!


16-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi va “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganligining 35 yilligiga bagʻishlangan “Ommaviy diktant” aksiyasi oʻtkazildi. Diktant jarayonlari soat 11:00 da respublikamizning barcha davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarida bir vaqtda boshlandi.

Siz ham diktant yozmoqchimisiz? Unda tilbilig.uz platformasida roʻyxatdan oʻting va diktant yozish orqali savodxonligingizni tekshiring!

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24507

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤1🔥1
Andijondagi kasb-hunar maktablarida aholi uchun shaxmat musobaqalari oʻtkazilmoqda

Xususan, Andijon shahridagi 2-son kasb-hunar maktabi jamoasi tomonidan “Mahalla hamda yoshlar” shiori ostida kundalik shaxmat musobaqasini oʻtkazib borish yoʻlga qoʻyildi. Kunlik musobaqalar yakunida esa gʻoliblar taqdirlanib, ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari topshirilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2️⃣2️⃣2️⃣

Adiblar xiyobonida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan “Milliy qadriyatlar sayli” o‘tkazildi.


📹Batafsil videolavhada

➡️Jarayondan fotolavhalar

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#saylov_2024 #targ‘ibot #chorlov

Sizning ovozingiz yurtimiz kelajagi uchun muhim!


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12🔥2😁1