Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Kelajakni shakllantirish: Markaziy Osiyoda oliy ta’limni rivojlantirish


Ushbu mavzuga bag‘ishlangan Markaziy Osiyo universitetlarining birinchi forumi 12–17-oktabr kunlari Yangi O‘zbekiston universitetida Times Higher Education (THE) hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Tadbirda qatnashayotgan 200 dan ortiq soha vakillari mintaqada oliy ta’lim kelajagini shakllantiruvchi dolzarb masalalar va innovatsion yechimlarni muhokama qilmoqdalar. Mavzular o‘quv dasturlarini yangilashdan tortib mahalliy mehnat bozorining ehtiyojlarini qondirishgacha qamrab olingan. Barcha muhokamalar mintaqaning barqaror rivojlanishi va uzoq muddatli maqsadlariga erishishga qaratilmoqda.

Shuningdek, 16-oktabr kuni tadbir doirasida “Times Higher Education” reytingida tan olingan universitetlarni taqdirlash marosimi, xalqaro nufuzli mehmonlar bilan muhokama va uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ham ishtirok etdi.

Xabaringiz bor, O‘zbekistondagi 3 ta oliy ta’lim muassasasi birinchi marotaba “Times Higher Education” reytingida yuqori o‘rinlarni egalladi. Jumladan, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti dunyo universitetlari orasida 601-o‘rinni egalladi hamda kuchli 1000 talikka kirdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Milliy universiteti 1001-1200, Toshkent xalqaro axborot-texnologiyalari universiteti 1501-o‘rinda qayd etildi.

Forum doirasida mazkur universitetlar “Times Higher Education” tashkiloti tomonidan taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤4🔥1
#ona_tilim

Talabalar uchun ommaviy diktant!


16-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi va “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganligining 35 yilligiga bagʻishlangan “Ommaviy diktant” aksiyasi oʻtkazildi. Diktant jarayonlari soat 11:00 da respublikamizning barcha davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarida bir vaqtda boshlandi.

Siz ham diktant yozmoqchimisiz? Unda tilbilig.uz platformasida roʻyxatdan oʻting va diktant yozish orqali savodxonligingizni tekshiring!

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24507

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤1🔥1
Andijondagi kasb-hunar maktablarida aholi uchun shaxmat musobaqalari oʻtkazilmoqda

Xususan, Andijon shahridagi 2-son kasb-hunar maktabi jamoasi tomonidan “Mahalla hamda yoshlar” shiori ostida kundalik shaxmat musobaqasini oʻtkazib borish yoʻlga qoʻyildi. Kunlik musobaqalar yakunida esa gʻoliblar taqdirlanib, ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari topshirilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2️⃣2️⃣2️⃣

Adiblar xiyobonida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan “Milliy qadriyatlar sayli” o‘tkazildi.


📹Batafsil videolavhada

➡️Jarayondan fotolavhalar

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#saylov_2024 #targ‘ibot #chorlov

Sizning ovozingiz yurtimiz kelajagi uchun muhim!


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12🔥2😁1
#mutolaa

O‘g‘ri (Hikoya)


“O‘g‘ri” hikoyasi chuqur ma’noga ega asar. Bu asarda o‘zgalarning kulfatlari, baxtsizligi orqali kun ko‘radigan amaldor obrazi yoritib berilgan. Qobil bobo xo‘kizini topaman deb amaldorlar tomonidan talanishi, xonavayron qilinishi ko‘rsatilgan. O‘g‘ri obrazi xalq molini kuppa-kunduzi talovchi amaldorlarni anglatadi. Bir ho‘kiz yo‘qolganidan ellikboshi, yuzboshi, amin, mingboshi kabilar manfaat ko‘rganlar. Bu jarayonda yo‘qotgan inson yanada ko‘proq zarar ko‘rgan.

📖Hikoyani oʻqish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23❤14🔥9🤔1
#xalqaro_hamkorlik #forum

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Italiya Respublikasining Rim shahrida bo‘lib o‘tayotgan Birlashgan millatlar tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning Fan va innovatsiyalar forumida ishtirok etdi.

Vazir o‘rinbosari o‘z nutqida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, forum doirasida Birlashgan millatlar tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Tsyuy Dunyuy bilan uchrashdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍31❤1🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19😁3❤1🔥1
#Professional_taʼlim #malaka_oshirish

Professional taʼlim muassasalarining bir guruh nemis tili fani oʻqituvchilari Germaniyaga malaka oshirishga yuborildi


Hukumat qaroriga asosan, Oʻzbekistonda nemis tilini oʻqitish tizimini yanada takomillashtirish hamda yoshlarni Germaniyada kasbiy taʼlimga yoʻnaltirishga koʻmaklashish maqsadida professional taʼlim muassasalarining 27 nafar nemis tili fani oʻqituvchilari Germaniyaning “TELC” til oʻqitish markazida malaka oshirish kursiga yuborildi.

16-oktabr kuni malaka oshirishga saralab olingan nemis tili fani oʻqituvchilari bilan uchrashuv oʻtkazildi va ushbu safardan koʻzlangan maqsad va vazifalar, kutilayotgan natijalar yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, oʻqituvchilar 8 hafta davomida Germaniyadagi “TELC” til oʻqitish markazida oʻzlarining til darajalari hamda kasbiy koʻnikmalarini oshirishlariga moʻljallangan dastur mazmun mohiyati tushuntirildi.

Uchrashuvda yuborilayotgan pedagoglardan malaka oshirish kursi davomida zamonaviy til oʻrgatish metodikasiga asoslangan intensiv tayyorlov kurslarida faol ishtirok etib, nemis tilini oʻqitishning eng soʻnggi uslublari, zamonaviy qoʻllanmalar va darsliklar bilan ishlash koʻnikmasini shakllantirish kutilayotgani alohida taʻkidlandi.

Oʻqituvchilar Toshkent xalqaro aeroportidan masʼul xodimlar hamrohligida Germaniyaning Berlin shahriga yoʻl oldilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍33🔥3❤2🤔2