Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#dayjest #Maʼrifat_ulashib

Oliy taʼlim muassasalarida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida zamondosh shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar, shuningdek bir qator tadbir va tanlovlar tashkil etilmoqda

✅Jizzax politexnika institutida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida institut rektori, adiblar hamda talaba-yoshlar ishtirokida institut hududida ko‘chatlar ekish tashabbusi;

✅Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari Nurali Qobul, Shahodat Isoxonova, Gulchehra Ibragimovalar bilan birgalikda davra suhbati;

✅Toshkent tibbiyot akademiyasida xalqimiz sevgan shoirlar O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari: Botirjon Ergashev, Ma’mura Zohidova hamda Muhiddin Omonlar ishtirokida seminar;

✅“Tashkent International University of Education” xalqaro universitetida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, taniqli ijodkorlar Munavvara Usmonova, Muhtarama Ulug‘ova, Ozoda Bekmurodova bilan ijodiy uchrashuv;

✅Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali mas’ullari tomonidan tashkil etilgan taniqli ijodkorlar Kavsar Turdiyeva va Sayyora Tuychiyevalar ishtirokida Hazorasp tumanidagi 32-son maktabida adabiy uchrashuv;

✅Samarqand davlat tibbiyot universitetida elimizning taniqli ijodkorlari Aziz Said, Dilshod Rajab va Orif To‘xtashlar bilan uchrashuv va “ZAKOVAT” intellektual o‘yini;

✅Urganch innovatsion universiteti tomonidan tashkil etilgan taniqli yozuvchi, zamonaviy oʻzbek adabiyotining yetuk namoyandasi, “Doʻstlik”, “Mehnat shuhrati” ordenlari sohibi Shoyim Boʻtayev hamda “Shuhrat" mеdali sohibasi, shoira Sayyora Samandarova ishtirokida 1-son umumiy o’rta ta’lim maktabida davra suhbati;

✅Navoiy innovatsiyalar universitetida shoir Normurod Norqobilov, adib O’roz Haydar ishtirokida adabiy kecha;

✅Andijon davlat universitetida Andijon farzandi, elimiz suygan adib Humoyun Akbarov tavalludining 60 yilligiga bag‘ishlab Yozuvchilar uyushmasi a’zolari hamda shoir-yozuvchilar va talabalar ishtirokida “Yomg‘ir” va “Anaxita” kitoblari taqdimoti;

✅Urganch davlat pedagogika institutida bir qator elimiz ardog‘idagi ijodkorlar, adiblar va yozuvchilar bilan birgalikda “Jadidlar bog‘i”ga tashrif hamda ijodiy uchrashuvlar;

✅Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida taniqli shoir va mohir jurnalistlar Dilshod Rajabov va Orif To‘xtashevlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar;

✅Samarqand davlat chet tillar institutida millat ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida “Milliy qadriyatlar-millat ma’naviyating ko‘zgusi” shiori ostida tashkil etilgan ma’naviy festival;

✅Andijon mashinasozlik institutida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Minhojiddin Mirzo, shoira O‘ktamxon Soliyeva, etnograf, folklorshunos, jurnalist Guljahon Mardonova, shoira Xurshida Qo‘chqorova ishtirokida muloqot tadbiri;

✅Toshkent farmatsevtika institutida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, “Shuhrat” medali sohibasi, “Saodat” jurnali bosh muharriri va shu bilan birga, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoira Munavvara Usmonova ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir;

✅Toshkent davlat pedagogika universiteti tashabbusi bilan Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi barcha maktablarda taniqli shoir va jurnalistlar ishtirokidagi tanlov va tadbirlar;

✅Andijon davlat chet tillari institutida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minxojiddin Mirzoning Baliqchi tumani va institut yoshlari bilan uchrashuvi;

✅Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida jurnalist, filologiya fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Xurshid Do‘stmuhammad, “Inson va qonun” huquqiy gazetasi bosh muharriri, “Jasorat” medali va “Mehnat-shuhrati” ordeni sohibi Shodiqul Hamroyev, Shuhrat" medali sohibi, "Sharq yulduzi" va "Zvezda Vostoka" jurnallarining bosh muharriri Sirojiddin Rauf ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥2❤1🎉1
#Mutolaa

Olovdan chiqqan odam (hikoya)


Mazkur hikoya Hojiakbar Shayxov qalamiga mansub boʻlib, unda olov qaʼridan chiqqan yigit - Nurbekning boshdan kechirgan ajobtovur sarguzashtlari, yurtni gʻanimlardan himoya qilish yoʻlida koʻrsatgan jasorati va goʻzal qizga boʻlgan pokiza muhabbati tasvirlangan.

📖Hikoya oʻqish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤5🤔3🔥2😱1
#xalqaro_hamkorlik #madaniyat #turizm #targ‘ibot

Farg‘ona davlat universiteti va Ozarbayjonning Odlar Yurdu universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini 2025-yilda Samarqand shahrida oʻtkazishga munosib hozirlik koʻrish doirasida Fargʻona davlat universiteti ham xorijiy davlatlarda targʻibot ishlarini amalga oshirishni yoʻlga qoʻydi.

Ushbu maqsadda Ozarbayjon Respublikasida boʻlib qaytgan Fargʻona davlat universiteti delegatsiyasi mamlakatning Odlar Yurdu universiteti bilan hamkorlik oʻrnatdi.

Ushbu hamkorlik sharafiga kuni kecha Odlar Yurdu universitetida xalqaro doirada katta tadbir tashkil etildi.

“Oʻzbekiston Respublikasi tarixi va madaniyatiga sayohat” deb nomlangan ushbu tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining Ozarbayjondagi elchisi Bahrom Ashrafxonov, FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagi delegatsiya vakillari, oliygohning sanʼat, madaniyat sohasida taʼlim olayotgan va yuksak natijalarga erishayotgan talaba-yoshlari hamda Odlar Yurdu universiteti jamoasi ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24611

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤4😱2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✔️ 🟦🟦🟦

🕧 Har bir fuqaroning ovozi – bu millat ovozi!


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤4🔥3
#ogohlik

IS GAZIDAN OGOH BO’LING!

Kunlar sovumoqda: pechka yoqishdan oldin albatta dudbo’ronni tekshiring. Is gazidan ehtiyot bo’ling!

Kunlar sovushi munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi isitish pechlaridan foydalanishda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga chaqirmoqda:

Quyidagi tavsiyalarga amal qiling:

🔹isitish pechlari va ularning dudbo’ronlari sozligiga, turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligi hamda yoriqlar bo‘lmasligiga alohida e’tibor bering;

🔹gaz uskunalarini ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlanglar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang;

🔹maxsus tashkilotlar tomonidan dudbo’ronlarning o‘z vaqtida tozalanishiga e’tibor qarating.

Bizni kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤3🔥1
#xalqaro_hamkorlik

Universitetlararo hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlari muhokama qilindi


Markaziy Osiyo universitetlari forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Vengriyaning Jon fon Neyman universiteti Vasiylik kengashi prezidenti Norbert Chizmadiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida ta’lim sohasidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, istiqboldagi loyihalar va umumiy manfaatli masalalar muhokama qilindi.

https://gov.uz/oz/edu/news/view/24651

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤3😁2🔥1
4️⃣4️⃣4️⃣

🇺🇸 iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

iTEP (International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

🔠 tinglab tushunish;
🔠 o‘qish;
🔠 grammatika;
🔠 yozish;
🔠 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlar 23-oktabrga qadar ro‘yxatga olinadi.

✍️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service

👍 Imtihon 24-oktabr kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) o‘tkaziladi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

➡️ iTEP uchun mock test 👉 https://www.iteptest.com/preview

📱 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤2🔥2
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov Nikaragua Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Tatyana Daniela Garsiya Silva xonim bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot jarayonida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar, yangi texnologiyalarni joriy etish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish borasida keng qamrovli hamkorlik qilish imkoniyatlariga to'xtaldilar. Xususan, turizm va qishloq xo‘jaligi sohalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratilib, bu sohalarda qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish taklif etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24646

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤2🔥2👏1