Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

O'zbekistonda Italiya tajribasi va texnologiyasi asosida Sinxrotron ilmiy laboratoriyalari tashkil etiladi.


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligidagi delegatsiya Italiya Respublikasining Triyeste shahri joylashgan “Elettra – Sincrotrone Trieste S.C.p.A.” tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida tashkilot Prezidenti va bosh ijrochi direktori Alfonso Franchiozi bilan O‘zbekistonda ilmiy tadqiqotlarda foydalanish uchun Sinxrotron laboratoriyalarini tashkil etish hamda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Sinxrotron — bu zaryadlangan zarralar, masalan, elektronlar yoki protonlarni yuqori tezlik va energiyaga erishish uchun maxsus trayektoriya bo‘ylab tezlatishga mo‘ljallangan yuqori texnologiyali qurilma. Sinxrotronlarda zarralar magnitlar yordamida saqlab turiladigan aylanma trayektoriya bo‘ylab harakatlanadi va har bir aylanishda ular radiochastotali maydonlar yordamida tezlatiladi. Sinxrotron laboratoriyalari dunyo bo‘ylab ko‘plab mamlakatlarda mavjud bo‘lib, ular turli xil ilmiy tadqiqotlar uchun foydalaniladi.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24764

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤3🔥3😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#saylov2024 #targ‘ibot #chorlov

Demokratiya poydevori saylov huquqidan boshlanadi!


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
😁14👍7🔥4🤩4😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
500 ta grantdan bittasi aynan sizni kutmoqda!

IT Park, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “MAAB” akademiyasi hamkorlikda  500 o’rinlik grant dasturini e’lon qiladi.

O’zbekistonda BI mutaxasislari o’rtacha oylik maoshi $1500-$3000 AQSH dollari, chet davlatlarda esa $5000 dan $7000 AQSH dollarini tashkil etadi va bu sohada ishlash uchun sizdan faqatgina notebook va internet talab qilinadi.

Grant shartlari:

1-bosqich: Ingiliz tili va mantiqiy fikrlashdan test;
2-bosqich: 2 haftalik mustaqil ish;
3-bosqich: Ish beruvchi korxonalar bilan suhbat bo’lib o’tadi, talabgorlar oldindan o’z ish joylarini band qilishadi.

Grant dasturi o’quvchilari uchun imkoniyatlar:

- 50%dan 70%gacha grant evaziga Microsoft korxonasi bilan hamkorlikda ochilgan akademiyada o’qish.
- Barcha bosqichlardan mufaqqiyatli o’tganlarga jami 500 ta notebook IT Park tarafidan BEPUL beriladi.
- Oldindan IT Park tarafidan ish bilan ta’minlanadi.

📬Ro’yhatdan o’tish: https://bit.ly/4f8LaB9

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍33🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️ 🟦🟦🟦

YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTI UCHUN OVOZ BERAMIZ!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27👏12😁9❤2😱2
#ona_tilim_faxrim

21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan vazir tabrigi

Hurmatli vatandoshlar, talabalar, aziz doʻstlar!


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi nomidan barchangizni jonajon yurtimizda keng nishonlanayotgan qutlugʻ ayyom – Oʻzbek tili bayrami kuni bilan chin koʻngildan qutlayman.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi oʻrni va ahamiyatini oshirish, uni zamon talablari asosida rivojlantirish borasidagi xayrli ishlar keng koʻlamda olib borilmoqda. Keyingi yillarda ona tilimiz nufuzli xalqaro anjumanlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbaridan doimiy ravishda yangrab kelayotgani, dunyoda ona tilimizni oʻrganishga intilayotgan insonlar safining tobora kengayayotgani barchamizga gʻurur-iftixor baxsh etadi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24779

Bizni
kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍45❤7🔥4👏3😁2
4️⃣4️⃣4️⃣ #Brifing

Bugun, soat 12:00 da AOKAda kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari haqida brifing oʻtkaziladi.

🔹 Brifingni vazirlik hamda AOKAning Facebookdagi rasmiy sahifalari orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22❤2🔥1
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) faoliyati hamda sirkulyar iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13😁2
2️⃣2️⃣2️⃣

Bugun, 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Adiblar xiyobonida o‘zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🎉4😁2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi


“Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-158-son, 16.10.2024 y.) qabul qilindi.

🔰Farmonga ko‘ra, kasbiy ta’lim tashkilotlarining amaldagi turlari maqbullashtirilib, kasbiy ta’limning barcha darajalari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi.

🎓 Texnikumlarda:

➖kadrlar tayyorlash Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi va O‘zbekiston milliy malaka tizimi talablariga mos ravishda tashkil etiladi;

➖boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi, shuningdek, malaka va kompetensiyalar bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi;

➖boshlang‘ich kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining 9-sinfini tamomlagan o‘quvchilar uchun – davlat granti asosida amalga oshiriladi;

➖o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida tashkil etiladi;

➖o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlarining bitiruvchilariga o‘zlashtirgan modullari, to‘plagan kreditlari va oliy ta’lim tashkiloti tomonidan belgilangan ballar o‘rtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning tegishli bosqichidan o‘qishni davom ettirishga ruxsat etiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Texnikumlarning direktor va direktor o‘rinbosari lavozimlariga talabgorlar ochiq tanlov asosida tanlab olinadi


Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova maʼlum qildi. Shuningdek:

➖2026-yil 1-yanvardan o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan talab “Kasbiy ta’lim” platformasi orqali shakllantiriladi.

➖2025/2026-o‘quv yilidan belgilangan texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlari joriy qilinadi.

➖Xalqaro ta’lim dasturlari asosida ta’lim olgan va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchilarga xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha diplom (sertifikat) hamda kasbiy ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi.

➖2025-yil 1-yanvardan texnikumlarning direktor va direktor o‘rinbosari lavozimlariga talabgorlarni ochiq tanlov asosida tanlash tartibi joriy qilinadi.

➖Kasbiy ta’lim tizimida yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha mas’ul organ etib Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi belgilandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24874

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25❤1👏1😁1