Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Sinov tariqasida 12 ta OTMda “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruvi milliy kodeksi” joriy qilinadi


22-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Britaniya kengashi direktori o‘rinbosari Jamila G‘ulomova hamda Advance Higher Education maslahatchisi Jon Rushfort bilan uchrashdi.

Muloqot davomida oliy ta’lim sohasida ikki tomonlama hamkorlik, jumladan “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruvi milliy kodeksi” loyihasining natijalari va keyingi bosqichlari, vazirlikning oliy ta’lim muassasalarini boshqarish sohasidagi ustuvor vazifalari hamda akademik, tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy mustaqillikka erishgan OTMlarda boshqaruvni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/25099

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍31🔥2🤔2❤1
#xushxabar #xalqaro_akkreditatsiya

Buxoro davlat universitetining turizm sohasidagi bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlari Butunjahon turizm tashkiloti - UNWTOning TedQual xalqaro akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

UNWTO TedQual akkreditatsiyasi Butunjahon turizm tashkiloti tomonidan taʼlim muassasalarida turizm boʻyicha taʼlim va malaka oshirish dasturlari sifatini baholash natijasida beriladigan xalqaro darajadagi sertifikatdir.

Baholash mezonlari o‘quv dasturlarining sifati, samaradorligi, infratuzilma, akademik sektor, tashqi hamkorlar bilan ishlash, bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishi, davlat sektori bilan hamkorlik kabi ko‘plab omillarni o‘z ichiga oladi.

TedQual xalqaro akkreditatsiyasi turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi dasturlarining sifatini yaxshilashga, ta’lim yo‘nalishi jozibadorligini va global miqyosida raqobatbardoshlikni oshirishga olib keladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27👏3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabaga_qulaylik

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida 200 nafardan ortiq hindistonlik talaba tahsil oladi


Filial axborot xizmati ushbu talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning nazariy va amaliy dars jarayonlaridagi ishtiroki hamda ijtimoiy hayot tarzi haqida videorolik taqdim etdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15🔥2😱2
#xalqaro_anjuman #vazir

“Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qilish, ta’lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi


Joriy yilning 17–25-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qilish, ta’lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

Mazkur konferensiyada YUNESKOning O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Sara El Attar, Buyuk Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakilligi direktori Deniz Voddingxem ishtirok etmoqda.

Tadbirni oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov o‘z nutqi bilan ochib berdi:
– So‘nggi yillardagi oliy ta’lim tizimida asosiy e’tibor mamlakatimiz yoshlarini ta’lim olishi uchun keng imkoniyat va zarur sharoit yaratishga qaratildi. Biz ekologiya, qishloq xo‘jaligi, energetika, tibbiyot, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va mashinasozlik kabi strategik muhim sohalarda ilmiy-tadqiqot va ta’lim loyihalarini amalga oshirishga alohida ahamiyat qaratmoqdamiz.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/25136

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20👏2🔥1😁1😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#saylov_2024 #targ‘ibot #joylashuv

📱 “Saylov uchastkasi manzilini aniqlash” xizmatidan foydalanish tartibi bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥1😁1