Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#seminar #xalqaro_hamkorlik

12 ta oliy ta’lim tashkiloti rahbar-xodimlari uchun “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruvi milliy kodeksi”ni joriy qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi


Seminar davomida loyiha mualliflari tomonidan ushbu Kodeks asosida oliy ta’lim tashkilotlarida tashkiliy boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish, ularning strategik rivojlanishida xorijiy davlatlar tajribasini joriy etish tamoyillari bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/25100

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤3
#iqtibos #xalqaro_anjuman

Aziza Abdurahmonova, Erasmus+ dasturining O‘zbekistondagi koordinatori:

2017-2024-yillar O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi uchun tub o‘zgarishlar va oliy ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha muhim qarorlar davri bo‘ldi. Bu jadal rivojlanayotgan xalqaro hamkorlikning dolzarbligi va muhim rolini sezilarli darajada oshirdi. Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasidagi tub o‘zgarishlarga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan xalqaro platforma bo‘lib, hozirda respublikaning barcha hududlaridan jami 95 ta universitetni qamrab olgan.

Erasmus+ doirasidagi hamkorlik O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari Yevropa universitetlari va qo‘shni davlatlar universitetlari bilan hamkorlikning boy tajribasini sezilarli darajada oshirishga, qator qo‘shma loyihalarni rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda.

Erasmus+ dasturi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan maqsadlarga mos keladi va ularni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20👏1😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_anjuman

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida tashkil etilgan “Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qilish, ta’lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida” mavzusigi xalqaro konferensiyadan videolavha.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤4
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
#infografika

🗣Oliy ta’lim muassasalarida tyutorlik instituti bo‘yicha infografika

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤2
#xizmat_safari #Navoiy

Navoiy davlat pedagogika instituti kampusi qurilmoqda

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Navoiy viloyatiga xizmat safari davomida Navoiy davlat pedagogika institutining zamonaviy tipdagi yangi kampusi qurilishi bilan tanishdi.

Unga ko‘ra, institutning yangi kampusi Navoiy shahri, Yoshlik mahallasidagi 19 gektar maydonda qad rostlaydi. 2027-yilga qadar tugallanishi rejalashtirilgan talabalar shaharchasida 12 ming oʻrinli oʻquv binolari, 2 ming 400 oʻrinli talabalar turar joylari, sport inshootlari, amfiteatr, sayilgoh, zamonaviy oʻquv laboratoriyalar, muzey, ilmiy-tadqiqot va kovorking markazlari, kutubxona, ochiq va yopiq tipdagi suzish havzalari va boshqa infratuzilmaga ega zamonaviy binolar quriladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/25275

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍32👏3
#saylov_2024 #targ‘ibot #chorlov

MENING OVOZIM - OBOD VATANIM!


Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan turli millat vakillari bo‘lgan talaba-yoshlardan saylovga chorlov!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12🥰1👏1🎉1
#xalqaro_hamkorlik

23-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Belarus Respublikasi taʼlim vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Baxanovichni qabul qildi.

Uchrashuvda shuningdek, vazirlik mas’ullari, Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev hamda Belarus-O‘zbekiston tarmoqlararo amaliy texnik malakalar instituti direktori Azizbek Bahodirov ham ishtirok etdi.

Muloqot avvalida O‘zbekistonda Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida o‘tkazilgan bugungi xalqaro konferensiya yuqori darajada o‘tgani, ta’lim tizimini transformatsiya qilish hamda sifatni ta’minlashdagi mahalliy va xalqaro tajribalar yuzasidan mazmunli mulohazalar ilgari surilganligi alohida ta’kidlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/25272

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17🔥3❤1👏1😁1
26-oktabr kuni O‘zbekiston IT Community IT sohasida karyera qilishga bag‘ishlangan yirik tadbirlar seriyasiga rasman start beradi

2024-2025 yillarda Roadshow spikerlari O‘zbekistonning barcha hududlarida bo‘lib, u yerda kasb tanlash va IT sohasiga kirib borish, va orzusidagi ish topish istagida bo‘lgan yoshlar bilan uchrashadi.

Toshkentda bizga qo'shiling!

Tadbir kun tartibiga
quyidagilar kiradi:

🎤karyerani rivojlanishi, startapni ishga tushirish, sun'iy intellekt, LinkedInda professional brend va shaxsiy samaradorlik bo'yicha mahorat darslari;
🔥
rezyume tahlili, networking seanslari, faol ishtirokchilar uchun sovrinli viktorina.

Tadbir uchun bot orqali roʻyxatdan oʻting — https://t.me/itcomuzbot. Ishtirok etish bepul!

🗓 26-oktabr, 2024-yil (shanba)
⏱ 10:00
📍O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (Muminova ko'chasi 7/1)

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10🔥2