Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#saylov_2024 #targ‘ibot #chorlov

MENING OVOZIM - OBOD VATANIM!


Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan turli millat vakillari bo‘lgan talaba-yoshlardan saylovga chorlov!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12🥰1👏1🎉1
#xalqaro_hamkorlik

23-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Belarus Respublikasi taʼlim vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Baxanovichni qabul qildi.

Uchrashuvda shuningdek, vazirlik mas’ullari, Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev hamda Belarus-O‘zbekiston tarmoqlararo amaliy texnik malakalar instituti direktori Azizbek Bahodirov ham ishtirok etdi.

Muloqot avvalida O‘zbekistonda Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida o‘tkazilgan bugungi xalqaro konferensiya yuqori darajada o‘tgani, ta’lim tizimini transformatsiya qilish hamda sifatni ta’minlashdagi mahalliy va xalqaro tajribalar yuzasidan mazmunli mulohazalar ilgari surilganligi alohida ta’kidlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/25272

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17🔥3❤1👏1😁1
26-oktabr kuni O‘zbekiston IT Community IT sohasida karyera qilishga bag‘ishlangan yirik tadbirlar seriyasiga rasman start beradi

2024-2025 yillarda Roadshow spikerlari O‘zbekistonning barcha hududlarida bo‘lib, u yerda kasb tanlash va IT sohasiga kirib borish, va orzusidagi ish topish istagida bo‘lgan yoshlar bilan uchrashadi.

Toshkentda bizga qo'shiling!

Tadbir kun tartibiga
quyidagilar kiradi:

🎤karyerani rivojlanishi, startapni ishga tushirish, sun'iy intellekt, LinkedInda professional brend va shaxsiy samaradorlik bo'yicha mahorat darslari;
🔥
rezyume tahlili, networking seanslari, faol ishtirokchilar uchun sovrinli viktorina.

Tadbir uchun bot orqali roʻyxatdan oʻting — https://t.me/itcomuzbot. Ishtirok etish bepul!

🗓 26-oktabr, 2024-yil (shanba)
⏱ 10:00
📍O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (Muminova ko'chasi 7/1)

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10🔥2
#dayjest #anjuman #konferensiya
#14.10–23.10.2024

Oliy ta’lim muassasalarida bugungi kundagi dolzarb masalalarga qaratilgan respublika hamda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va anjumanlar tashkil etilmoqda


➖O‘zbekiston Milliy universitetida “Amaliy matematika va axborot texnologiyalarning dolzarb muammolari – Al-Xorazmiy 2024” mavzusidagi IX xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi;

➖Qarshi davlat universitetida A.F.Terpugov nomidagi “Axborot texnologiyalari va matematik modellashtirish” 23-xalqaro ilmiy konferensiya;

➖Farg‘ona davlat universitetida “Saylov mening taqdirimda” mavzusidagi ilmiy - amaliy konferensiya;

➖Oriental universitetida “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda talabalar mustaqil ish darslarini tashkil etish: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya;

➖Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Neft va gaz sanoatining dolzarb muammolari va istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy-texnikaviy konferensiya;

➖Andijon davlat tibbiyot instituti tashkilotchiligida “Asosiy va amaliy tibbiy tadqiqotlarning klinik va morfologik aspektlari” mavzusida onlayn tarzda VI xalqaro ilmiy konferensiya;

➖Qoʻqon davlat pedagogika institutida “Boʻlajak informatika oʻqituvchilarini tayyorlashning ilmiy-metodik tizimi” mavzusidagi respublika hamda “Zamonaviy taʼlimda raqamli texnologiyalardan foydalanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya;

➖Navoiy davlat pedagogika institutida “Taʼlimda zamonaviy raqamli texnologiyalar: muammo va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya;

➖Urganch davlat universitetida qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb masalalariga bag’ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman;

➖O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti ishtirokida “O‘zbekistonning rivojlanish taraqqiyotida xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida respublika ilmiy konferensiya;

➖Toshkent davlat pedagogika universitetida “TABIIY FANLAR: YANGICHA YONDOSHUVLAR VA DOLZARB TADQIQOTLAR” mavzusidagi xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya;

➖Toshkent davlat agrar universitetida “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashdagi muammolar va ularni zamonaviy texnologiyalar asosidagi yechimlari” mavzusida xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman;

➖Samarqand davlat universiteti Urgut filialida “Ta’limda innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish asosida ilm-fan yutuqlarini joriy etish tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy va amaliy konferensiya;

➖O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filialida “Kompyuter ilmlari va muhandislik texnologiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik konferensiya;

➖Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Shaxs rivojlanishining pedagogik-psixologik masalalari: tahlil va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani;

➖Shahrisabz davlat pedagogika institutida “O‘zbek tilini ona tili va xorijiy til sifatida o‘qitishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya;

➖Andijon mashinasozlik institutida “Respublikamizda va dunyo hamjamiyatida o‘zbek tili va adabiyotining o‘rni, dolzarbligi va rivojlantirish muammolari” mavzusida respublika ilmiy-texnik anjumani;

➖Namangan davlat universitetida “Fizikaning zamonaviy muammolari va rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro anjuman.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍31❤1🔥1
#xalqaro_mukofot #ta’sis

Beruniy nomidagi YUNESKO – O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi


Mukofot ikki yilda bir marotaba sun’iy idrok sohasida odob-axloq va inklyuzivlikni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi zalvarli loyihalarga beriladi.

G‘oliblar mustaqil xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan saralab olinadi va jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi e’tirofi ramzi sifatida pul mukofoti, sertifikat va medal bilan taqdirlanadi.

Ilk taqdirlash marosimi 2025-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi, bu esa mazkur tashabbusning O‘zbekiston va xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ifodalaydi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20
#xalqaro_konferensiya

"Markaziy Osiyo yosh liderlari: barqaror suv harakati paradigmasini o‘zgartirish"

2024-yil 30, 31-oktyabr kunlari Yevropa Ittifoqi shafeligida Xalqaro Nordik universiteti tashkilotchiligi va qator vazirliklar hamkorligida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.

Konferensiyada Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar elchilari, BMT va JSST, YXHTning O‘zbekistondagi vakillari, YIning Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalaridagi mas'ul vakillari, Markaziy Osiyo xalqaro instituti rahbariyati, 100 nafar yosh liderlar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Maqsad - Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasida suvdan barqaror foydalanish bo‘yicha hamkorlik, yangi tendensiya va tajribalar almashish uchun platforma yaratish.

📌 Konferensiya ochilishi: 30-oktyabr, 9:30, "Yoshlar ijod saroyi"da.

Suv resurslari bo‘yicha qanday hamkorlik istiqbollari mavjud?

Suv iqtisodiyoti va moliyasi nima?

Nima uchun yoshlar suv masalasiga e'tibor qaratishi kerak?

Barqarorlikda aholi va yoshlarning roli qanday?


Konferensiyada dolzarb mavzu va savollar doirasida panel majlis, sessiyalar, interaktiv o‘yinlar, work-shop, film namoyishi, Adiblar xiyobonida yakuniy yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Batafsil ma'lumot olish:
+998555084400
Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14🔥2
#saylov_2024 #targ‘ibot #infografika

16 mingga yaqin volontyor saylovlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘maklashish uchun biriktirildi


Saylovlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash bo‘yicha ishlar infografikada

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1👍20❤3