Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_mukofot #ta’sis

Beruniy nomidagi YUNESKO – O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi


Mukofot ikki yilda bir marotaba sun’iy idrok sohasida odob-axloq va inklyuzivlikni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi zalvarli loyihalarga beriladi.

G‘oliblar mustaqil xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan saralab olinadi va jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi e’tirofi ramzi sifatida pul mukofoti, sertifikat va medal bilan taqdirlanadi.

Ilk taqdirlash marosimi 2025-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi, bu esa mazkur tashabbusning O‘zbekiston va xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ifodalaydi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20
#xalqaro_konferensiya

"Markaziy Osiyo yosh liderlari: barqaror suv harakati paradigmasini o‘zgartirish"

2024-yil 30, 31-oktyabr kunlari Yevropa Ittifoqi shafeligida Xalqaro Nordik universiteti tashkilotchiligi va qator vazirliklar hamkorligida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.

Konferensiyada Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar elchilari, BMT va JSST, YXHTning O‘zbekistondagi vakillari, YIning Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalaridagi mas'ul vakillari, Markaziy Osiyo xalqaro instituti rahbariyati, 100 nafar yosh liderlar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Maqsad - Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasida suvdan barqaror foydalanish bo‘yicha hamkorlik, yangi tendensiya va tajribalar almashish uchun platforma yaratish.

📌 Konferensiya ochilishi: 30-oktyabr, 9:30, "Yoshlar ijod saroyi"da.

Suv resurslari bo‘yicha qanday hamkorlik istiqbollari mavjud?

Suv iqtisodiyoti va moliyasi nima?

Nima uchun yoshlar suv masalasiga e'tibor qaratishi kerak?

Barqarorlikda aholi va yoshlarning roli qanday?


Konferensiyada dolzarb mavzu va savollar doirasida panel majlis, sessiyalar, interaktiv o‘yinlar, work-shop, film namoyishi, Adiblar xiyobonida yakuniy yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Batafsil ma'lumot olish:
+998555084400
Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14🔥2
#saylov_2024 #targ‘ibot #infografika

16 mingga yaqin volontyor saylovlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘maklashish uchun biriktirildi


Saylovlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash bo‘yicha ishlar infografikada

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1👍20❤3
#seminar #saylov_2024 #targ‘ibot

Vazirlik tizimidagi yosh xodimlar uchun saylovning aralash tizimi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi


2024-yil 27-oktabr kuni ilk bor Qonunchilik palatasiga aralash tizim asosida bo‘lib o‘tadigan saylovning mohiyati va ahamiyatini atroflicha tushuntirish hamda saylovga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida joylarda tegishli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 24-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida huquqiy va elektorat madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Huquqiy fanlar” kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari doktori (DSc), “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Jaloliddin Yusubov saylovlar va islohotlar haqida umumiy ma’lumot berib, 2024-yilgi saylovlarda ilk marotaba aralash saylov tizimidan foydalanilishiga alohida to‘xtaldi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/25328

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤1
#xalqaro_hamkorlik #uchrashuv #vazir

23-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Vengriyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Yojef Roja va uning o‘rinbosari Adrian Xarmat bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida tomonlar ikki tomonlama aloqalarning rivojlanib borayotganligi, jumladan rektorlar forumlarining doimiy ravishda tashkil etilayotganligi, OTMlar o‘rtasida yaxshi aloqalar yo‘lga qo‘yilganligini bildirib o‘tishdi.

Shundan so‘ng, ikki tomonlama hamkorlik asosida universitetlararo aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma loyiha va ta’lim dasturlari hamda Vengriya hukumatining ta’lim grantlaridan samarali foydalanish hamda ular haqida talabalar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish borasidagi masalalar muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/25348

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27🔥1👏1😁1