Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#taqdimot #uchrashuv

“Inno” Innovatsion o‘quv ishlab chiqarish texnoparkida yosh innovator olimlarning eng yangi loyiha ko‘rgazmasi


“Inno” innovatsion o‘quv ishlab chiqarish texnoparkida yosh innovator olimlarning eng yangi loyihalari namoyishi boʻlib oʻtdi. Bu tadbir yoshlarning ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi ijodiy ishlanmalarini keng ommaga taqdim etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va investorlar bilan bog‘lash maqsadida o‘tkazildi. Ko‘rgazmada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazir o‘rinbosari O.Mahkamov, talaba-yoshlar, Innotexnopark rezidentlari, tadbirkorlar hamda investorlardan iborat katta auditoriya ishtirok etdi.

Ko‘rgazma yakunida yosh innovatorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Ushbu muloqot davomida ishtirokchilar o'zlarining loyiha ishlanmalari, duch kelgan qiyinchiliklari va kelajakdagi rejalari haqida ochiq fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Yoshlar o‘zlari uchun dolzarb bo‘lgan mavzular, ilmiy izlanishlar va texnologik loyihalarni amaliyotga joriy etishda duch kelayotgan muammolarni bayon etishdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/25393

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤6🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#intervyu

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BRIKS mamlakatlari sammitida ishtirok etish uchun Qozon shahriga amaliy tashrifi yuzasidan Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximovaning intervyusi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤1👏1
#ilmfan #tadqiqot

Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ida glemping tashkil etiladi


Toshkent davlat transport universiteti tomonidan Kitob tumanidagi Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ida glemping uylari qurish joylarini aniqlash va optimal o‘lchovlarini ishlab chiqish hamda ularning raqamli bazasini yaratishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Glemping — barcha qulayliklar va toʻliq mehmonxona xizmatlari bilan ochiq havoda dam olish usuli boʻlib, u sayyor boʻlishi va atrof muhitga zarar yetkazmasligi kerak. Glempingda tabiat qoʻynida yengil uylarda, qulay chodirlarda yoki futuristik inshootlarda yashash koʻzda tutiladi.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/25440

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13🔥5❤1
Vazir Nukusda agrar soha bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan oliygoh faoliyati bilan tanishdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti faoliyati bilan tanishib, talaba-yoshlar bilan uchrashdi.

Vazir 400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joylari qurilishi, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va suv xo‘jaligi fakultetida o‘quv jarayoni hamda amaliy laboratoriya faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

Shundan so‘ng, Q.Sharipov yosh olim va talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Samimiy ruhda o‘tgan suhbat davomida ayni kunlarda yurtimizda o‘tayotgan siyosiy jarayonlar, ta’limdagi islohotlar hamda talabalarning ijtimoiy va akademik hayoti borasidagi fikrlari tinglandi.

Ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalarning korrupsiyaga qarshi kurashda daxldorlik hissini orttirish, moddiy-texnik bazani takomillashtirish hamda ta’lim olish uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish borasida bildirilgan takliflar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1👍35🔥5👏2😁2