Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Professional_taʼlim #seminar

Prezident farmoni mazmun-mohiyati va uni amalga oshirish mexanizmiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi


24-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni (16.10.2024-y.) mazmun-mohiyati yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar boshqarma boshliqlari va texnikumlar direktorlari uchun o‘quv seminar o‘tkazildi.

Ushbu seminarda hujjatda belgilangan vazifalarning mohiyati, maqsad va vazifalari, uning ijrosini ta’minlash mexanizmlari to‘liq tushuntirib berildi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga vazirlik va tizim tashkiloti mas’ullari tomonidan javob berildi.

Shu bilan birga, Farmonda belgilangan topshiriqlar, ularning ijrosini samarali tashkil etish hamda kasbiy ta’lim tashkilotlariga yuklatilgan ustuvor vazifalar muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤2🔥2👏1😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣

⚡️“Ipak yo‘lida turizm-2024” cheksiz imkoniyatlar olamiga chorlaydi


21–23-noyabr kunlari O‘zbekistonda Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

👉Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🔥4👏2
#sertifikat_natija

⚡️2024-yil 12-oktabr kuni o‘tkazilgan matematika, fizika, tarix hamda geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
#muhandislik #tanlov

Muhandislik sohasini targ‘ib etishga qaratilgan videoroliklar tanloviga kelib tushgan videoroliklar uchun ovoz berish jarayonlari boshlandi


👉BATAFSIL

👉OVOZ BERISH

Tanlov ishtirokchilariga ovoz berish jarayonlari 2024-yilning 1-noyabr kuniga qadar (shu kuni ham) qadar davom etadi.


G‘oliblarni aniqlashga o‘z hissangizni qo‘shing!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Bayrog‘im - g‘ururim, faxrim!

Qarshi davlat universiteti kirish qismida ulkan bayroq qad rostladi. Bayroq o‘rnatilgan ustunning balandligi 15 metr, bayroqning uzunligi 6 metr, eni esa 3 metrga teng bo‘lib, universitet ko‘rkiga ko‘rk qo‘shgan holda uzoq masofadan yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Mag‘rur hilpirayver, yurtim bayrog‘i!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍54😁8🥰6❤1
#Erasmus+ #uchrashuv

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi oliy ta’lim sohasidagi hamkorligining 30 yilligi doirasida Erasmus+ Klaster yig'ilishi bo‘lib o'tdi


Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “CBHE loyihalarining muhandislik sohasidagi ta'siri, universitet-sanoat va universitet-jamiyat hamkorligini mustahkamlash” mavzusida Erasmus+ Klaster yig'ilishi bo‘lib o'tdi.

Uchrashuvda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining o'rinbosari Otabek Mahkamov, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To'ychiyev, Erasmus + Milliy Ofisi (NEO) koordinatori Aziza Abdurahmonova va CBHE loyihasining mahalliy koordinatorlari va guruh a’zolari, Oliy ta’lim islohotlari bo‘yicha milliy ekspertlar guruhi (HEREs) a’zolari, noakademik CBHE hamkor tashkilotlar, oliy ta’lim tizimidagi manfaatdor tomonlar vakillari ishtirok etdi.

Batafsil…

Bizni kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍31👏5❤3🤔2🔥1
#talabaga_qulaylik #TTJ_ochilishi

Buxoro davlat universitetida 400 o'rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

26-oktyabr kuni Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti hududida talabalar turar joyining ochilish marosimi bo'lib o'tidi.

BuxDU rektori Obidjon Xamidov so'zga chiqib, talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, ayniqsa, yashash sharoitlarini yaxshilash, turar-joy bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganini ta'kidladi.

Mazkur yotoqxonada talabalar uchun barcha qulayliklar muhayyo qilingan. Qishki mavsum uchun alohida isitish qozonxonasiga ega yotoqxona binosi zarur qattiq va yumshoq mebel bilan jihozlangan.

Bu ko‘rkam inshootda bo‘lg‘usi yosh mutaxassislar uchun ma’naviyat-ma’rifat xonalari, internet va kompyuter xonalari, har bir qavatda ikkitadan oshxona, kir yuvish xonasi, dazmollash xonalari shay qilingan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍39❤6🔥3