#talabaga_qulaylik #TTJ_ochilishi
Buxoro davlat universitetida 400 o'rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi
26-oktyabr kuni Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti hududida talabalar turar joyining ochilish marosimi bo'lib o'tidi.
BuxDU rektori Obidjon Xamidov so'zga chiqib, talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, ayniqsa, yashash sharoitlarini yaxshilash, turar-joy bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganini ta'kidladi.
Mazkur yotoqxonada talabalar uchun barcha qulayliklar muhayyo qilingan. Qishki mavsum uchun alohida isitish qozonxonasiga ega yotoqxona binosi zarur qattiq va yumshoq mebel bilan jihozlangan.
Bu ko‘rkam inshootda bo‘lg‘usi yosh mutaxassislar uchun ma’naviyat-ma’rifat xonalari, internet va kompyuter xonalari, har bir qavatda ikkitadan oshxona, kir yuvish xonasi, dazmollash xonalari shay qilingan.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍39❤6🔥3
#xizmat_safari #vazir
Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi korxonasi va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti hamkorligida “Gaz-kimyo va energetika” ilgʻor muhandislik maktabi tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari davomida mazkur muhandislik maktabi faoliyati bilan tanishdi. Usbu maktabda neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi, elektr taʼminoti va kimyoviy texnologiya mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.
Vazir Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi korxonasidagi laboratoriyalarda va ilgʻor muhandislik maktabida boʻlib, istiqboldagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi, oliy taʼlim va ishlab chiqarish korxona integratsiyasiga asoslangan yangi yoʻnalishdagi maktablarni ochish yuzasidan tavsiyalar berdi.

👍30❤2🔥1
QQDUda "Ajiniyaz — qoraqalpoq adabiyotining faxri" mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya tashkil etildi
26-oktyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida "Ajiniyaz — qoraqalpoq adabiyotining faxri" mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Unda xorijiy davlatlardan, shu bilan birga, respublikamizda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlaridan professorlar, olimlar, doktorantlar, izlanuvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Konferensiyani universitet rektori Axmed Reymov tabrik so‘zi bilan ochib berdi va Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan xalqimizning sevimli shoiri Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘lining 200 yilligi YUNESKO doirasida xalqaro miqyosda nishonlanadigan yubileylar qatoriga kiritilganini ta’kidladi.
Shu bilan birga, konferensiyada shoir hayoti va ijodi, asarlari nafaqat qoraqalpoq adabiyoti, balki o‘zbek, qozoq, turkman va boshqa turkiy xalqlar hamda jahon adabiyotida tutgan o‘rni, XIX asr qoraqalpoq adabiyoti rivojida Ajiniyoz ijodining ahamiyati, bugungi kunda uning asarlari o‘rganilishi va kelgusi avlodlarga yetkazilishi kabi masalalar haqida ma’lumotlar berildi.
Konferensiya doirasida universitet jamoasi va bir qator iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.

👍23❤3🔥3
#vazir_tashrifi
Yaratilgan sharoitlar ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari davomida Qarshi davlat universitetiga tashrif buyurib, yangidan foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan 1000 o‘rinli Xorijiy tillar fakulteti o‘quv binosini ko‘zdan kechirdi.
Jumladan, vazir mas’ullar hamrohligida o‘quv binosidan o‘rin olgan xitoy, nemis, rus, fransuz tillariga o‘qitish markazlari, ingliz tili dasturlari markazi, Erasmus+ dasturlari ofisi, KOICA markazi, shuningdek, sinxron tarjima o‘quv auditoriyasi bilan tanishdi. Muloqot chog‘ida zamonaviy andozada bunyod etilgan ushbu o‘quv binosida yaratilgan sharoitlar ta’lim sifatini oshirishini alohida e’tirof etdi.

1👍41🔥4😁4❤2👏2