Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
✅ Saylov kuni ovoz berish tartibi


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30👏5🎉3❤1🔥1
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Samarqanddagi Buyuk Britaniyaning xalqaro taʼlim dasturlarini amalga oshiruvchi Pearson kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatishga tayyorgarlik koʻrayotgan kasb-hunar maktabi faoliyati bilan tanishdi.

Hozirda Samarqand shahar kasb-hunar maktabida 773 nafar oʻquvchilar 10 ta kasb boʻyicha oʻqitilmoqda.

Tashrif davomida Buyuk Britaniyaning “Pearson” kompaniyasi bilan hamkorlikda BTEC xalqaro taʼlim dasturlarini amalga oshirish uchun tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishildi hamda xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqituvchilarni oʻqitish, oʻquvchilar oʻrtasida kasbga yoʻnaltirish ishlarini olib borish, oʻquv reja va dasturlarni yangilash borasidagi rejalar yuzasidan takliflar bildirildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1👍44🔥6😁6👏3🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_topshirig‘i_amalda #muhandislik

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti va “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” MCHJ hamkorligida tashkil etilgan “Gaz-kimyo va energetika” ilgʻor muhandislik maktabi o‘z faoliyatini boshladi.

Ilgʻor muhandislik maktabida QarMII hamda Malayziyaning Petronas texnologiyalar universiteti, Germaniyaning Drezden texnika universiteti, Rossiyaning Tomsk texnika universiteti, Belarus milliy texnika universiteti professor-oʻqituvchilari, korxonaning tajribali mutaxassislari dars oʻtadilar.

Dars jarayonlari jahondagi TOP-300 universitetlarning chuqurlashtirilgan modulli oʻquv dasturlari, oʻquv rejalari, xorijda chop etilgan darslik va oʻquv qoʻllanmalar, ilgʻor pedagogik texnologiyalar majmuasi asosida amalga oshiriladi.

2025–2026-yillarda 20 dan ortiq magistrlik va 3 ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilinadi, 2 ta innovatsion ishlanma ishlab chiqarishga joriy etiladi. 10 dan ortiq mavzularda ilmiy texnologik muammolarning muhandislik yechimlari ishlab chiqiladi.

📹Batafsil videoreportajda

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33❤2🔥1😁1
#murojaat_3_chorak
#infografika

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 2024-yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili raqamlarda.
___

Анализ обращения физических и юридических лиц в Министерство высшего образования, науки и инноваций за 9 месяцев 2024 году в цифрах.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22🔥3
#xalqaro_hamkorlik

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Malayziya Xalqaro Islom Universiteti (MHIU) boshqaruv kengashi a’zosi Dato Shri Doktor Syed Hussein Al Habshee va Malayziyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ilham Tya bin Illiyas boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda Oʻzbekiston tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda vazir o‘rinbosari Otabek Mahkamov boshchiligidagi mas’ullar ishtirok etdi.

Muhokama davomida Malayziya Bosh vazirining joriy yil 2024-yil may oyidagi O‘zbekistonga rasmiy tashrifi yakunlari bo‘yicha belgilangan topshiriqlar ijrosi, jumladan ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim sohasida hamkorlik va strategik sheriklikni kengaytirish borasidagi ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, talabalar almashinuvi, ilm-fan, qoʻshma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, xorijiy tillar, turizm, islom moliyasi va halol ekotizim yoʻnalishlarida hamkorlik aloqalarini kengaytirish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16🔥3❤2🎉1
#xalqaro_hamkorlik #Turkiya

Turkiy davlatlar tashkilotining sanoat, fan, texnologiya va innovatsiya bo‘yicha birinchi vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


2024-yil 26-oktyabr kuni Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning sanoat, fan, texnologiya va innovatsiya masalalariga mas’ul vazirlarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sh. Daliyev ishtirok etdi.

Yig‘ilishga Turkiya Respublikasi sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kachir raislik qildi. Shu bilan birga, tadbirda Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev va a’zo hamda kuzatuvchi davlatlarning vazirlari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/25712

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22🔥4❤2👏1