Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik #Turkiya

Turkiy davlatlar tashkilotining sanoat, fan, texnologiya va innovatsiya bo‘yicha birinchi vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


2024-yil 26-oktyabr kuni Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning sanoat, fan, texnologiya va innovatsiya masalalariga mas’ul vazirlarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sh. Daliyev ishtirok etdi.

Yig‘ilishga Turkiya Respublikasi sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kachir raislik qildi. Shu bilan birga, tadbirda Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev va a’zo hamda kuzatuvchi davlatlarning vazirlari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/25712

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22🔥4❤2👏1
#talabaga_yengillik

Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi


Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:

➖bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
➖PF–213-son (31.08.2022-y.) Farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
➖o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.

Bunda:
🔠qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;
🔠tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53❤5🤔2🔥1😁1
#bilasizmi

⚡️O‘zbekistonda “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi ishga tushiriladi

2025-yilning 1-yanvaridan boshlab faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan mazkur platforma orqali barcha foydalanuvchilar ixtiyoriy ravishda bazaviy kurslarda bepul taʼlim olish imkoniga ega bo‘ladi. Davlat xizmatchilari esa, maxsus o‘quv kurslarida har 3 yilda bir marta majburiy malaka oshiradilar.


Virtual akademiyada:
➖ korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari;
➖ korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosati;
➖ korrupsiya jinoyatlarining huquqiy oqibatlari va jamiyat rivoji uchun salbiy ta’siri hamda boshqa bilim va ko‘nikmalar o‘rgatiladi.

✍️Batafsil yuqoridagi infografikada

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥4❤2😁1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik #Yaponiya

O‘zbekistonda Yaponiya bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasasi tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi

2024-yil 28-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Yaponiya davlat universitetlari assotsiatsiyasi prezidenti, Sukuba universiteti rahbari Nagata Kyosuke boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida ta’lim hamda ilm-fan sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari yuqori baholandi. Shuningdek, ushbu sohalardagi ishlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Nagata Kyosuke tomonidan O‘zbekiston ta’lim tizimining rivojiga hissa qo‘shadigan yangi xalqaro universitetni tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

Tomonlar, shuningdek, universitetni tashkil etish uchun zarur texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish maqsadida qo‘shma ishchi guruhni tuzishga kelishib oldilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤5🔥4😁2
#talabaga_yengillik

⚡️⚡️Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.

❗️Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍137❤26😁21👏12🔥7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik #memorandum

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali Belarus davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiya universiteti bilan “1+1” tamoyili asosida magistratura qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘ydi.


Ushbu loyihani samarali amalga oshirish maqsadida hamkor universitet rektori Maksim Kirkor filialda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, muassasa jamoasi, yetakchi olimlar, doktorant va mutaxassislar ishtirokida ilmiy izlanishlar va erishilayotgan eng muhim natijalar to‘g‘risida fikr almashdi.

Shuningdek, loyiha doirasida filial ilmiy tadqiqotchilarining PhD ilmiy darajasini olish bo‘yicha dissertatsiya himoyalarini mazkur universitetda o‘tkazishga kelishib olindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍30❤8🔥3🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

❓IT sertifikatga kompensatsiya olish tartibi qanday?

❓Xo‘sh, kompensatsiya olish uchun ariza my.gov.uz portali orqali qanday yuboriladi?

📹 Batafsil videoyo‘riqnomada bilib olishingiz mumkin.

➡️Yangilangan IT-sertifikatlar ro‘yxati bu yerda.

Eslatma: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-fevraldagi 95-son qaroriga muvofiq:

2024-yil 1-martdan xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qish hamda ushbu sertifikatlarni olish xarajatlarini 60 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish tartibi va ingliz tilida B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlar olish xarajatlarini to‘liq
(100%) qoplab berish tartibi joriy etilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤5🔥3
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
🇺🇿“Til bilimdonlari” respublika tanlovining hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi!

Ushbu bosqichda har bir hududdan bir oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va saralash bosqichida eng yuqori natijaga erishgan 280 nafar ishtirokchi mazkur oliygohlarga tashrif buyurib, kuzatuvchi nazorati ostida 2-bosqich testlarini ishladi.

Ishtirokchilarga o‘zbek tili imlo qoidalari, tinish belgilarining qo‘llanilishi, savodxonlik va davlat tili to‘g‘risidagi qonun bo‘yicha 50 ta test berildi. Yakunda har bir hudud bo‘yicha 1-,2-,3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar aniqlandi va tanlovning yakuniy respublika bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, ushbu ishtirokchilar tanlov nizomiga muvofiq, o‘zi tahsil oladigan oliy ta’lim muassasasi tomonidan bazaviy stipendiya miqdorining 4 barobari (1-o‘rin), 3 barobari (2-o‘rin) va 2 barobari (3-o‘rin) miqdorida pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi.

➡️Jarayondan fotolavhalar

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤7🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Inson qadri — teng imkoniyatlar!


Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi, afg‘onistonlik Muslih Ahmad Shikib oliygohda yaratilgan sharoitlar, undagi ijtimoiy, ilmiy va akademik faoliyat borasidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍18😁4🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik_davr_talabi

❗️Is gazi — hidsiz, rangsiz, ta’msiz, hayot uchun xavfli
.

Hurmatli yurtdoshlar, oʻzingiz va oila aʼzolaringizni is gazi hamda yongʻin xavfidan himoya qiling. Uyni isitishda ochiq olovdan foydalanmang!


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10🔥2👏1
#dayjest #anjuman #konferensiya
#24.10–29.10.2024

Oliy ta’lim muassasalarida bugungi kundagi dolzarb masalalarga qaratilgan respublika hamda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va anjumanlar tashkil etilmoqda


➖O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “O‘zbek tilshunosligining zamonaviy yo‘nalishlari” mavzusida tashkil etilgan respublika ilmiy-amaliy anjumani;

➖Toshkent kimyo-texnologiya institutida “ShHT davlatlarida kreativ iqtisodiyot: tajriba va o‘zaro hamkorlik istiqbollari” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro seminar;

➖Termiz davlat pedogogika institutida “Matematika va uni o‘qitishning dolzarb va zamonaviy masalalari”ga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy anjumani;

➖Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “IT sohasi rivojida xotin-qizlarning o‘rni” mavzusidagi xalqaro anjuman;

➖Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan “Konfutsiyning ilmiy-falsafiy merosi va buyuk ipak yo‘lida umuminsoniy, milliy qadriyatlar” xalqaro ilmiy anjuman;

➖TTA Urganch filialida “Reabilitatsiya: zamonaviy yondashuvlar, muammolar, istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman;

➖Fargʻona davlat universitetida “Uzluksiz ta’limni modernizatsiyalashda raqamli texnologiyalar va innovatsion yondashuv: xorijiy tajriba, muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman;

➖Termiz davlat pedagogika institutida “Matematika va uni o‘qitishning dolzarb va zamonaviy masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman;

➖O‘zDJSU Farg‘ona filialida “Futbolni aholi o‘rtasida rivojlantirishning dolzarb masalalariga” bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman;

➖
O‘zbekiston milliy universitetida “Iqlim o‘zgarishi va uning atrof muhitga ta’siri: muammolar va ularning yechimlari” mavzusidagi xalqaro konferensiya;

➖Professional ta’limni rivojlantirish institutida “Ta’lim sifatini ta’minlash: holati, muammolari va istiqbollari” mavzusida o‘tkazilgan II Xalqaro ilmiy-metodik konferensiya.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤10🔥2👏2