Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
🇺🇿“Til bilimdonlari” respublika tanlovining hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi!

Ushbu bosqichda har bir hududdan bir oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va saralash bosqichida eng yuqori natijaga erishgan 280 nafar ishtirokchi mazkur oliygohlarga tashrif buyurib, kuzatuvchi nazorati ostida 2-bosqich testlarini ishladi.

Ishtirokchilarga o‘zbek tili imlo qoidalari, tinish belgilarining qo‘llanilishi, savodxonlik va davlat tili to‘g‘risidagi qonun bo‘yicha 50 ta test berildi. Yakunda har bir hudud bo‘yicha 1-,2-,3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar aniqlandi va tanlovning yakuniy respublika bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, ushbu ishtirokchilar tanlov nizomiga muvofiq, o‘zi tahsil oladigan oliy ta’lim muassasasi tomonidan bazaviy stipendiya miqdorining 4 barobari (1-o‘rin), 3 barobari (2-o‘rin) va 2 barobari (3-o‘rin) miqdorida pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi.

➡️Jarayondan fotolavhalar

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤7🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Inson qadri — teng imkoniyatlar!


Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi, afg‘onistonlik Muslih Ahmad Shikib oliygohda yaratilgan sharoitlar, undagi ijtimoiy, ilmiy va akademik faoliyat borasidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍18😁4🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik_davr_talabi

❗️Is gazi — hidsiz, rangsiz, ta’msiz, hayot uchun xavfli
.

Hurmatli yurtdoshlar, oʻzingiz va oila aʼzolaringizni is gazi hamda yongʻin xavfidan himoya qiling. Uyni isitishda ochiq olovdan foydalanmang!


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10🔥2👏1
#dayjest #anjuman #konferensiya
#24.10–29.10.2024

Oliy ta’lim muassasalarida bugungi kundagi dolzarb masalalarga qaratilgan respublika hamda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va anjumanlar tashkil etilmoqda


➖O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “O‘zbek tilshunosligining zamonaviy yo‘nalishlari” mavzusida tashkil etilgan respublika ilmiy-amaliy anjumani;

➖Toshkent kimyo-texnologiya institutida “ShHT davlatlarida kreativ iqtisodiyot: tajriba va o‘zaro hamkorlik istiqbollari” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro seminar;

➖Termiz davlat pedogogika institutida “Matematika va uni o‘qitishning dolzarb va zamonaviy masalalari”ga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy anjumani;

➖Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “IT sohasi rivojida xotin-qizlarning o‘rni” mavzusidagi xalqaro anjuman;

➖Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan “Konfutsiyning ilmiy-falsafiy merosi va buyuk ipak yo‘lida umuminsoniy, milliy qadriyatlar” xalqaro ilmiy anjuman;

➖TTA Urganch filialida “Reabilitatsiya: zamonaviy yondashuvlar, muammolar, istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman;

➖Fargʻona davlat universitetida “Uzluksiz ta’limni modernizatsiyalashda raqamli texnologiyalar va innovatsion yondashuv: xorijiy tajriba, muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman;

➖Termiz davlat pedagogika institutida “Matematika va uni o‘qitishning dolzarb va zamonaviy masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman;

➖O‘zDJSU Farg‘ona filialida “Futbolni aholi o‘rtasida rivojlantirishning dolzarb masalalariga” bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman;

➖
O‘zbekiston milliy universitetida “Iqlim o‘zgarishi va uning atrof muhitga ta’siri: muammolar va ularning yechimlari” mavzusidagi xalqaro konferensiya;

➖Professional ta’limni rivojlantirish institutida “Ta’lim sifatini ta’minlash: holati, muammolari va istiqbollari” mavzusida o‘tkazilgan II Xalqaro ilmiy-metodik konferensiya.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤10🔥2👏2
#Prezident_topshirig‘i_ijrosi #Professional_taʼlim

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Buyuk Britaniyaning xalqaro ta’lim xizmatlarini amalga oshiruvchi Pearson kompaniyasining vitse-prezidenti Jeyn Beyker bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida 14 ta professional ta’lim muassasasida BTEC (Biznes va texnologiya ta’limi kengashi) standartlari asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha kelishib olindi.

Shuningdek, ta’lim muassasalarida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash, hamkorlikda yangi avlod ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yoshlar o‘rtasida kasbiy yo‘naltirish ishlarini rivojlantirish, xalqaro ta’lim dasturlari asosida o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash hamda bitiruvchilarga BTEC sertifikatlarini topshirish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: Pearson ta’lim sohasida dunyoning yetakchi kompaniyasi bo‘lib, 70 ta mamlakatda 24 ming nafar xodimga ega. Bosh ofisi Londonda joylashgan mazkur kompaniya ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qiganlardan 90 foizining bandligi ta’minlangan va kasbiy o‘sish tendensiyasiga ega. Pearson BTEC ta’lim dasturlari asosida o‘qiganlar dunyoning 70 ta davlatida ishlash imkoniyatiga ega. Hozirgi kunda dunyoda 800 ga yaqin BTEC markazlari faoliyat yuritadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23❤3🔥3🤔3👏1
#Innoweek2024

14-16-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Innoweek-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligiga marhamat!


Unda Innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi, startap loyihalar taqdimoti, Demo day, Red fest xalqaro musobaqasi, xorijiy yetakchi kompaniyalar bilan B2B uchrashuvlar, investorlar bilan istiqbolli loyihalar muhokamasi, davra suhbatlari, konferensiya va forumlar, kelishuvlar hamda xalqaro shartnomalarni imzolash marosimlari bo‘lib o‘tadi.

“Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” haftaligida ishtirok eting!

Batafsil ma’lumot www.innoweek.uz saytida.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍34🔥4👏4🤩2🤔1
🏆 O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichida g‘oliblar aniqlandi!

🔥 Keskin kurashlarga va his-hayajonga boy o‘tgan o‘yin yakunida quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

🥇1-o‘rin - Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyi jamoasi
🥈2-o‘rin - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi jamoasi
🥉3-o‘rin - DXX Chegara qo‘shinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi

💻 Mazkur jamoalarning har bir a’zosiga “Zakovat” klubi tomonidan qimmatbaho noutbuklar va medallar sovg‘a qilindi!

✅ Endilikda ushbu jamoalar a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29❤6🔥3👏2