Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Innoweek2024

14-16-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Innoweek-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligiga marhamat!


Unda Innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi, startap loyihalar taqdimoti, Demo day, Red fest xalqaro musobaqasi, xorijiy yetakchi kompaniyalar bilan B2B uchrashuvlar, investorlar bilan istiqbolli loyihalar muhokamasi, davra suhbatlari, konferensiya va forumlar, kelishuvlar hamda xalqaro shartnomalarni imzolash marosimlari bo‘lib o‘tadi.

“Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” haftaligida ishtirok eting!

Batafsil ma’lumot www.innoweek.uz saytida.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍34🔥4👏4🤩2🤔1
🏆 O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichida g‘oliblar aniqlandi!

🔥 Keskin kurashlarga va his-hayajonga boy o‘tgan o‘yin yakunida quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

🥇1-o‘rin - Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyi jamoasi
🥈2-o‘rin - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi jamoasi
🥉3-o‘rin - DXX Chegara qo‘shinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi

💻 Mazkur jamoalarning har bir a’zosiga “Zakovat” klubi tomonidan qimmatbaho noutbuklar va medallar sovg‘a qilindi!

✅ Endilikda ushbu jamoalar a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29❤6🔥3👏2
#kasbiytaʼlim #yoshlar #muhandislik

Kasbiy taʼlim rivojida ilgʻor muhandislik maktablari bilan hamkorlik


Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasida 29-oktyabr kuni kasbiy taʼlim tizimi hamda ilgʻor muhandislik maktablariga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi.

Maʼruzada oliy va professional taʼlim muassasalarining rahbarlari, professor-oʻqituvchilari, doktorantlar, ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdilar.

Tadbirni Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi raisi, akademik Salimov Oqil Umurzoqovich ochib berdi. Akademik O. Salimov oʻz nutqida mamlakatning iqtisodiy va ilmiy rivojlanishi uchun kasbiy taʼlimning oʻrni katta ekanligini taʼkidladi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov “Professional taʼlim tizimini modernizatsiya qilish” mavzusida maʼruza qildi. Unda yagona kasbiy taʼlim tizimi, professional taʼlim muassasalarini optimallashtirish, taʼlim dasturlari uzviyligi, xalqaro dasturlarni joriy qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz yuritildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/25832

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍12🔥2👏1
#jarayon

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak vatanmiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Madaniyat va san’atni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi Jenisbek Piyazov ochib berdi.

Shundan so‘ng sahnada O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ijodkor o‘qituvchi va talabalarining mazmunli sahna chiqishlari namoyish etildi. Ushbu tadbir barcha professor-o‘qituvchi hamda talabalarga katta qiziqish uyg‘otdi…

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤2🔥1👏1
#laboratoriya

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali va Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Kiberxavfsizlik laboratoriyasi” ochildi.

Ushbu laboratoriya zamonaviy texnologiyalar va kompyuterlar bilan jihozlangan bo‘lib, bu yerda amaliyotchilar uchun yotoqxona ham tashkil etilgan.

Laboratoriyada saralab olingan talabalar yil davomida dual ta’lim asosida pulli amaliyot o‘tashadi. Hozirda Filialning 5 nafar bitiruvchisi rasman mehnat faoliyatini olib bormoqda. Bundan tashqari, 10 nafar saralangan talaba o‘qishdan tashqari vaqtlarda haq to‘lanadigan amaliyot o‘tamoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍41😁7👏4❤3🤔3