Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston-Koreya: kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlik


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Koreya eksport-import bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yu Dje-Xyon boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda yangi ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan “Koreya eksport-import banki bilan hamkorlikda kasbiy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish loyihasi”ning holati va undan kutilayotgan natijalar muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/26069

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤2🔥1
#Qonunchilik_yangiliklari

Navoiy davlat pedagogika instituti negizida Navoiy davlat universiteti faoliyati yo‘lga qo‘yildi

“Navoiy davlat universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.


💬 Unga ko‘ra, Navoiy davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan talabalar o‘qishlarini universitetda davom ettiradi va 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga universitet diplomi beriladi.

✅ 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab:

➡️universitetda aniq va tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, iqtisodiyot, biznes va turizm, investitsiyalarni boshqarish, qishloq xo‘jaligi, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, logistika kabi yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi;

➡️dars mashg‘ulotlarini amaliyot bilan birga tashkil etish maqsadida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim jarayoni dual ta’lim shaklida yo‘lga qo‘yilib, korxona va tashkilotlarda kafedra filiallari tashkil etiladi;

↪️yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha xorijiy davlatlar va respublikadagi yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari bilan ikkita diplom berishga asoslangan qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi;

↪️alohida guruhlarda bakalavriat va magistratura bosqichlarida ta’lim jarayoni xorijiy tillarda tashkil etiladi hamda ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishga tayyorlanadi.

◀️2025-yil 1-yanvardan boshlab universitetga akademik, tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy mustaqillik beriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍38🔥5👏3🤔1
#Mirziyoyev #safar #Navoiy #texnikum

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi politexnikumda bo‘ldi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил политехникум в Навбахорском районе Навоийской области.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27🔥2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirziyoyev #safar #Navoiy #texnikum

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navbahor tumanidagi politexnikum faoliyati bilan tanishdi


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍40🔥5❤4🎉3
#dual_ta'lim

“Uz-Koram Kompani” korxonasi bilan dual ta'limni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi

Andijon mashinasozlik institutida Andijon shahridagi “Uz-Koram Ko.” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori Anvar Hasanovning bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida korxonada talabalar amaliyotini tashkil etish, dual ta’lim jarayonlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuv imzolandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/26071

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤3🔥2