#Xalqaro_hamkorlik
O‘zbekiston-Koreya: kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlik
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Koreya eksport-import bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yu Dje-Xyon boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda yangi ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan “Koreya eksport-import banki bilan hamkorlikda kasbiy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish loyihasi”ning holati va undan kutilayotgan natijalar muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/26069
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍17❤2🔥1
#Qonunchilik_yangiliklari
Navoiy davlat pedagogika instituti negizida Navoiy davlat universiteti faoliyati yo‘lga qo‘yildi
💬 Unga ko‘ra, Navoiy davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan talabalar o‘qishlarini universitetda davom ettiradi va 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga universitet diplomi beriladi.
✅ 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab:
➡️ universitetda aniq va tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, iqtisodiyot, biznes va turizm, investitsiyalarni boshqarish, qishloq xo‘jaligi, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, logistika kabi yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi;
➡️ dars mashg‘ulotlarini amaliyot bilan birga tashkil etish maqsadida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim jarayoni dual ta’lim shaklida yo‘lga qo‘yilib, korxona va tashkilotlarda kafedra filiallari tashkil etiladi;
↪️ yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha xorijiy davlatlar va respublikadagi yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari bilan ikkita diplom berishga asoslangan qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi;
↪️ alohida guruhlarda bakalavriat va magistratura bosqichlarida ta’lim jarayoni xorijiy tillarda tashkil etiladi hamda ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishga tayyorlanadi.
◀️ 2025-yil 1-yanvardan boshlab universitetga akademik, tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy mustaqillik beriladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Navoiy davlat pedagogika instituti negizida Navoiy davlat universiteti faoliyati yo‘lga qo‘yildi
“Navoiy davlat universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
✅ 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab:
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍38🔥5👏3🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirziyoyev #safar #Navoiy #texnikum
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navbahor tumanidagi politexnikum faoliyati bilan tanishdi
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navbahor tumanidagi politexnikum faoliyati bilan tanishdi
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍40🔥5❤4🎉3
#dual_ta'lim
“Uz-Koram Kompani” korxonasi bilan dual ta'limni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi
Andijon mashinasozlik institutida Andijon shahridagi “Uz-Koram Ko.” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori Anvar Hasanovning bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida korxonada talabalar amaliyotini tashkil etish, dual ta’lim jarayonlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuv imzolandi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/26071

👍18❤3🔥2
#xalqaro_mukofot
Talabalar tomonidan yaratilgan film xalqaro kinofestivalda gʻolib boʻldi
31-oktyabr kuni Krasnodarda “Molodoy kinovek” XX Xalqaro havaskor va professional filmlar kinofestivali gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Kinofestivalga Rossiya, Belarus, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Hindiston, Eron, Misr, Turkiya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqalar davlatlardan 500 dan ortiq ariza kelib tushdi. Ishlar 15 nominatsiya boʻyicha baholandi.
“Eng yaxshi badiiy film” nominatsiyasida 1-oʻrinni rejissyor, ssenariy muallifi Alisher Karimov, operator Umid Malikov, muharrir Husan Yusupov, prodyuser Baxtiyor Salaydinovdan iborat ijodiy guruh tomonidan yaratilgan “Konduktor” (“Toshkentga yoʻl”) filmi egalladi.
Mazkur film Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent shahridagi S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filiali bilan hamkorlikda suratga olingan 5 ta qisqa metrajli filmlardan biri boʻlib, joriy yilning iyun oyida Toshkent shahrida mazkur filmlar premyerasi oʻtkazilgandi.

👍10❤1🔥1