Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirziyoyev #safar #Navoiy #texnikum

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navbahor tumanidagi politexnikum faoliyati bilan tanishdi


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍40🔥5❤4🎉3
#dual_ta'lim

“Uz-Koram Kompani” korxonasi bilan dual ta'limni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi

Andijon mashinasozlik institutida Andijon shahridagi “Uz-Koram Ko.” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori Anvar Hasanovning bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida korxonada talabalar amaliyotini tashkil etish, dual ta’lim jarayonlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuv imzolandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/26071

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤3🔥2
#xalqaro_mukofot

Talabalar tomonidan yaratilgan film xalqaro kinofestivalda gʻolib boʻldi


31-oktyabr kuni Krasnodarda “Molodoy kinovek” XX Xalqaro havaskor va professional filmlar kinofestivali gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Kinofestivalga Rossiya, Belarus, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Hindiston, Eron, Misr, Turkiya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqalar davlatlardan 500 dan ortiq ariza kelib tushdi. Ishlar 15 nominatsiya boʻyicha baholandi.

“Eng yaxshi badiiy film” nominatsiyasida 1-oʻrinni rejissyor, ssenariy muallifi Alisher Karimov, operator Umid Malikov, muharrir Husan Yusupov, prodyuser Baxtiyor Salaydinovdan iborat ijodiy guruh tomonidan yaratilgan “Konduktor” (“Toshkentga yoʻl”) filmi egalladi.

Mazkur film Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent shahridagi S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filiali bilan hamkorlikda suratga olingan 5 ta qisqa metrajli filmlardan biri boʻlib, joriy yilning iyun oyida Toshkent shahrida mazkur filmlar premyerasi oʻtkazilgandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_topshirig‘i_ijrosi
#dual_ta’lim

Buxoroda “aqlli chiqindi yig‘ish qurilmasi” loyihasi ustida ish olib borilmoqda

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti va Buxoro viloyati “Toza hudud” davlat unitar korxonasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga muvofiq korxonada institut Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasining filiali tashkil etildi.

Filialda talabalar ma’lumotlarni yagona bazaga yig‘ish, statistik qayta ishlash hamda intellektual bashoratlash kabi amallar bilan shug‘ullanishmoqda. Bu kabi ishlar chiqindini yig‘ish, qayta ishlashda ilmiy asoslangan holda faoliyatni yo‘lga qo‘yish imkonini bermoqda.


📹Batafsil videolavhada👆

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15👏1
2025-yil Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili” deb e’lon qilinadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda ushbu taklifni berdi.

Bu yil doirasida “Hazrat Navoiyni anglash – o‘zligimizni anglash” mavzusida Prezident sovg‘asi uchun respublika tanlovi tashkil etiladi. Har bir mahalla, maktab, oliygohlar va mehnat jamoalarida “Navoiyxonlik kechalari” o‘tkaziladi.

“Yashil makon” loyihasi doirasida viloyatning shahar va tumanlari, qishloqlarida Navoiy bobomizga atab yangi bog‘lar, so‘lim xiyobonlar, yashil hududlar tashkil etiladi.

Quriladigan Yangi O‘zbekiston bog‘ida Alisher Navoiyga bag‘ishlab memorial muzey tashkil etiladi.

Bizni kuzating👇

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤8🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #Bahouddin_Naqshband

Alloma “Dil ba yor-u, dast ba kor” shioriga amal qilib, matoga naqsh solish ishi bilan shug‘ullangani uchun Naqshband deb atalgan.


Bahouddin Naqshband haqida 10 ta fakt


📹 “Siyosiy-ma’rifat soati” kursidan...

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14🔥2🤔1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🔥3
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Rossiya: vazir oʻrinbosarlari oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar

1-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov va Rossiya fan va oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Konstantin Mogilyovskiy oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda, shuningdek, Rossiya tomonidan Prezident Administratsiyasi vakillari hamda qator universitetlar masʼullari ishtirok etdi.

Unda tomonlar Rossiya oliygohlarining yurtimizdagi filiallari faoliyatini rivojlantirish, xususan, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ehtiyojdan kelib chiqib, yangi taʼlim yoʻnalishlarini tashkil etish va qator oʻquv loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/26162

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤2😁2🔥1