Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#talabaga_qulaylik #TTJ

Namangan davlat universitetida talabalar uchun yangi turar joy binosi foydalanishga topshirildi


Zamonaviy loyiha bo‘yicha 7 qavatli 650 o‘rinli talabalar turar joyi binosi Namangan shahrining Boburshoh ko‘chasidagi hududida bir yil davomida barpo etildi. Qurilish uchun 32 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ universitetning sof foydasi hisobidan sarflandi.

Ma’lumki, Namangan davlat universitetida joriy 2024/2025-o‘quv yilida jami 18 012 nafar talaba tahsil olmoqda. Talabalarning 8 648 nafari kunduzgi ta’lim shaklida ta’lim olgani sababli, ularning 2123 nafarini yotoqxonaga ehtiyoji bor.

Ushbu ehtiyojni qondirish maqsadida universitet tomonidan kelgusida yana 1200 o‘rinli talabalar turar joyi binosini bunyod etish rejalashtirilgan. Buning natijasida jami 2000 nafar talaba turar joy bilan qamrab olinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤2🔥2🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik

Gʻoyaviy tahdidlardan ogoh boʻlaylik!


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yoshlar jamiyatda sodir boʻladigan har qanday voqeliklarga oʻzgacha, ruhiy his kechinmalar doirasida munosabat bildiradilar. Qiyinchiliklar vujudga kelganda esa ehtiroslarga beriladilar. Shuning uchun bizning oldimizda turgan muhim masala — yoshlarni toʻgʻri yoʻlga boshlashdir”, deb qayd etgan.


Darhaqiqat, globallashuv davrida tahdidlar va tazyiqlar xavf tugʻdirmasidan avval ogohlik, daxldorlik tuygʻularini qalblarimizda mujassam etib borishimiz lozim. Jamiyatning tinchligiga va xavfsizligiga raxna soladigan barcha xatti-harakatlar, maʼnaviy, mafkuraviy tahdidlar yoshlar ongini zaharlash, ming yillik sinovlarga dosh bergan xalqimizni haq yoʻldan toydirish, ularni jaholat, buzgʻunchilik, nodonlikka boshlash bilan bor hunarini ishga solyapti.

Yoshlarimizni yuksak maʼnaviyatli qilib tarbiyalash orqali yurtimiz farovonlik va taraqqiyotimiz barqaror boʻladi. Shuning uchun ham yoshlarni maʼnaviyatli, komil inson qilib tarbiyalash, davlatimiz siyosatining ustuvor sohasi deb eʼlon qilinganligi bejiz emas.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16🔥4❤1
Edu.uz pinned a video
#xizmat_safari #vazir #Navoiy

Navoiyning ta’lim maskanlari: yoshlar uchun zamonaviy imkoniyatlar yaratilmoqda


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Navoiy davlat pedagogika institutining yangi kampusi qurilishi jarayonlari bilan tanishdi. Q.Sharipov ushbu kampusni jahon andozalari va standartlariga toʻliq mos tarzda qurish boʻyicha mutasaddilarga oʻzining taklif va tavsiyalarini berdi.

Shundan soʻng Navbahor 2-son politexnikumi faoliyati bilan tanishdi. Vazir texnikumda kasb-hunar oʻrganayotgan yoshlar bilan muloqot qildi va ularga yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha fikrlarini bildirdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤7😁4🔥2👏2
#dayjest #Maʼrifat_ulashib

Oliy taʼlim muassasalarida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida zamondosh shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar, shuningdek bir qator tadbir va tanlovlar tashkil etilmoqda

✅Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga loyiha doirasida taniqli adiblar Bahodir Karimov, Shuhrat Jabborov hamda Dilmurod Do‘stbekovlar tashrifi;

✅Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti talabalar teatr-stdiyasi jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan bir aktli spekatkl namoyishi;

✅Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi bo‘lgan taniqli shoirlar — Qutlibeka Rahimboyeva, Sattorova Gulnoz Yunusovna, O‘ktam Mirzayarovlar ishtirokida talaba-yoshlar bilan qiziqarli davra suhbatlar, mushoiralar va ijodiy muloqotlar;

✅Namangan davlat chet tillari institutida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod ishtirokida ziyo nuri ulashish maqsadida ijodiy uchrashuv;

✅Urganch davlat universitetida Respublika bosh uronefrologi, tibbiyot fanlari doktori, professor, “Shuhrat” medali sohibi Jumanazar Beknazar hamda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulovlar bilan adabiy uchrashuv;

✅Toshkent Perfect universitetining maʼrifat ulashish maqsadida Bo’stonliq tumanidagi 26, 27 va 29-son maktablariga tashrifi;

✅Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutida loyiha doirasida mamlakatimiz adabiy muhitiga munosib hissa qo’shib kelayotgan ijodkorlar bilan uchrashuv;

✅Termiz davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan Termiz shahridagi sanʼat saroyida taniqli ijodkorlar Axtamqul Karimov, Nurboy Jabborov va Nabi Jalolovlar ishtirokidagi ijodiy uchrashuv;

✅Toshkent davlat texnika universiteti Qo’qon filialida adabiyotsevar talaba-yoshlar bilan tantanali tadbir;

✅Andijon davlat tibbiyot instituti tashabbusi bilan Xo‘jaobod tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ko’plab asarlar muallifi Abdujabbor Obidov bilan uchrashuv;

✅Geologiya fanlari universiteti vakillarining shoira Adibaxon Umirova bilan birgalikda 83-maktabga tashrifi;

✅Toshkent davlat transport universitetida zamonaviy adabiyot namoyondalari va kitobsevar talaba-yoshlar o’rtasida adabiy davra suhbati;

✅Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Yozuvchilar ijodiy uyushmasi a’zosi, respublika jurnalistlar ijodiy uyushmasi a’zosi Safar Olloyor ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤2🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#innoWeek_2024

“InnoWeek 2024” - Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida Buyuk Britaniya, Germaniya, Koreya, Ispaniya, Malayziya kabi dunyoning 30 dan ortiq davlatidan vakillar ishtirok etishi kutilmoqda.

14-16-noyabr kunlari O‘zEkspomarkazda o‘tadigan ”Innoweek 2024”da biz bilan bo‘ling!

Darvoqe, tadbirning rasmiy sayti
www.innoweek.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishni unutmang!

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
1👍22🔥4👏2❤1
#xizmat_safari #Navoiy

Navoiy mashinasozlik zavodida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining “Mahalliylashtirish va innovatsion rivojlantirish markazi” tashkil etildi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining “Mahalliylashtirish va innovatsion rivojlantirish markazi” faoliyati bilan tanishdi.

Universitetda “Sanoat ishlab chiqarishlarni mahalliylashtirish” kafedrasi ham faoliyat boshlagan bo‘lib, Navoiy mashinasozlik zavodi hududidagi yangi markazda “Dual” ta’lim tizimi asosida kadrlar tayyorlanmoqda hamda olimlar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilayapti.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/26206

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19🔥2😁2❤1👏1