Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xizmat_safari #Navoiy

Navoiy mashinasozlik zavodida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining “Mahalliylashtirish va innovatsion rivojlantirish markazi” tashkil etildi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining “Mahalliylashtirish va innovatsion rivojlantirish markazi” faoliyati bilan tanishdi.

Universitetda “Sanoat ishlab chiqarishlarni mahalliylashtirish” kafedrasi ham faoliyat boshlagan bo‘lib, Navoiy mashinasozlik zavodi hududidagi yangi markazda “Dual” ta’lim tizimi asosida kadrlar tayyorlanmoqda hamda olimlar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilayapti.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/26206

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19🔥2😁2❤1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jadid #tahlil
#gazetalar_sharhi

Tadbirkorlik qilibdi, halol pul topibdi – otasiga ulov olib beradimi, katta shahardagi “siti”lardan kvartira sovg‘a qiladimi – bu uning shaxsiy ishi. Bunga e’tiroz yo‘q. Ammo shu ishini minglagan odamlarga ko‘z-ko‘zlashi shartmi? Axir buning ortida dinimizda ham, milliy qadriyatlarimizda ham qoralanadigan KIBR atalmish balo yotibdi-ku!— Ro‘zimboy Hasan.


“Jadid” gazetasining navbatdagi sonidan o‘rin olgan maqolalar sharhi bilan batafsil videolavhada tanishing!

📹“Siyosiy-ma’rifat soati” kursidan...

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍5❤1
#seminar_trening

Seminar-trening: Orol dengizi masalalari va BMT barqaror taraqqiyot mexanizmlari

Joriy yilning 1-2-noyabr kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda “Green University” bilan hamkorlikda “Hozirgi kunda Orol dengizining qurigan tubida amalga oshirilayotgan ishlar” hamda “BMT barqaror taraqqiyot maqsadlari va ularni amalga oshirish mexanizmlari” mavzularida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda 35 ta oliy taʼlim muassasalari rektorlari va tegishli kafedra mudirlari ishtirok etdi. Unda zamonaviy ekologik muammolar, innovatsion yondashuvlar va ta’lim jarayonlarida ekologik jihatlarni inobatga olish masalalari muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍20🥰1
#turizm

Xovos turizm forumi o‘tkazildi


2-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimligi hamkorligida universitet talabalari hamda mazkur tuman o‘quvchi-yoshlari ishtirokida “Buyuk ipak yo‘li chorrahasidagi ko‘hna maskan jozibasini targ‘ib qilamiz!” shiori ostida Xovos turizm forumi o‘tkazildi.

Xalqaro forumdan ko‘zlangan maqsad – Sirdaryo viloyati Xovos tumani turistik obyektlarining jozibadorligini namoyish etish, tarixi va etnografiyasini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy monografiyalar yaratish va ularni keng jamotchilikka targ‘ib etish, shuningdek, mahalliy va chet ellik turistlarni ushbu qadamjolar va turistik obyektlarga qiziqishini oshirishdan iborat.

Batafsil: https://nuu.uz/buyuk-ipak-yoli-chorrahasi-xovos-turizm-forumi

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍40❤2🔥1