Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#tavsiya

“O‘zbekistonda professional ta’lim” jurnalining 2024-yil 3-soni

Jurnalning mazkur sonida professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, ilmiy xodimlar hamda talabalarning professional ta’lim va sohaga doir amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan tayyorlagan ilmiy maqolalari nashr etilgan.

👉 Maqolani o‘qish
👉 PDF shaklida yuklab olish

Ma’lumot uchun, jurnalning navbatdagi soni uchun taqdim etiladigan maqolalar belgilangan talablar bo‘yicha Telegram messenjeri orqali @DoniyorMadjidovich manziliga yoki pedagoginnovatsiyalar@edu.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18🔥4❤3😱2
🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️

❗️ESLATMA! Ro‘yxatdan o‘tish uchun ikki kun qoldi

📖 Umumta’lim fanlaridan milliy test tizimi uchun navbatdagi diagnostik test sinovlari 2024-yil 13-noyabr kuni soat 9:00 da Bilimni baholash agentligining Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan o‘tkaziladi.

🗺Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali 7-noyabr soat 10:00 ga qadar amalga oshiriladi.

⚠️ Natijangizni @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot orqali bilib olishingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun: (95) 515-68-68.

Bizni kuzating👇

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20
#dayjest #xotin_qizlar

Respublika Xotin-qizlar kengashi ishchi guruhi tomonidan respublika davlat oliy ta’lim muassasalari Xotin-qizlar kengashi raisi va fakultet dekan maslahatchilarining faoliyati o‘rganilmoqda

↪️O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

➡️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali;

↪️Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

➡️Jizzax politexnika instituti;

↪️Qoraqalpoq davlat universiteti;

➡️Samarqand davlat arxtektura-qurilish universiteti;

↪️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali;

➡️Nukus innovatsion instituti;

↪️Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali;

➡️Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

↪️Urganch davlat universiteti;

➡️Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali;

↪️Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;

➡️Qoʻqon davlat pedagogika instituti;

↪️Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

➡️Namangan toʻqimachilik sanoati instituti;

↪️“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;

➡️Namangan davlat pedagogika instituti;

↪️Guliston davlat universiteti;

➡️Namangan davlat chet tillari instituti;

↪️Andijon davlat chet tillari instituti;

➡️Namangan muhandislik-texnologiya instituti;

↪️Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;

➡️Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti;

↪️Andijon mashinasozlik instituti;

➡️Andijon davlat pedagogika instituti.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22❤5🔥2
#mutolaa

Hazilkash (hikoya)


“Odamlarga beg‘araz kulgi ulashib, ularning qalbidan g‘uborlarni ketkazuvchi hazil chinakam hazil, aks holda, u bema’nilikdan o‘zga narsa emas”, deydilar. Ushbu hikoya qahramonlari ham katta odamlar bo‘lishiga qaramay, ana shunday bema’nilikni o‘ziga odat qilgan kishilardir. Hikoya bilan tanishish jarayonida ba’zi hazillarning tagi zil ekaniga o‘zingiz ham amin bo‘lasiz.

📖Hikoyani oʻqish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17🔥2❤1
#sayyor_qabul

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoraqalpoq davlat universitetida sayyor qabul oʻtkazadi


Aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqotni kengaytirish, dolzarb muammolarga yechim berish, ularni bartaraf etish maqsadida Oliy taʼlim, fan va va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov 8-noyabr soat 11:00da Qoraqalpoq davlat universitetida sayyor qabul oʻtkazadi.

Professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlar sohaga doir muammo va takliflari yuzasidan qilgan murojaatlariga javob olishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍32❤5🔥2😁2🤔1
⚡️Ovozli chat

2024-yil 6-noyabr kuni soat
11:00 da Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash kanalida “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga qabul jarayonlariga tayyorgarlik” nomli ovozli chat bo’lib o’tadi.

Qabul bo’yicha barch
a savollaringizga ushbu efirda jonli ravishda Innovatsion rivojlanish agentligi mutaxassislaridan javob olishingiz mumkin.

🔊EFIRGA QO’SHILISH
👍17🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabalar_hayotidan

4-noyabr kuni Termiz davlat universiteti tasarrufidagi talabalar turar joylarida yashovchi 3000 nafarga yaqin talabalar va 500 nafardan ortiq xodimlar uchun universitet tomonidan osh tarqatildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍15❤13😁6🔥4
#ESLATMA

🔔 TOEFL IBT hamda GRE imtihonlari endi Agentlikda

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda 🇺🇸 Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Educational Testing Service - ETS” tashkiloti o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Shu kungacha ikki tashkilot kelishuvi asosida Agentlikda TOEFL ITP hamda TOEIC testlari o‘tkazib kelinmoqda.

🗓 Joriy yilning sentabr oyidan boshlab Agentlikda “Educational Testing Service - ETS” tashkiloti tomonidan TOEFL IBT hamda “Graduate Record Examinations - GRE” imtihonlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.

💻 Imtihon topshirish istagini bildirgan talabgorlar www.ets.org sayti orqali test topshirish manzili sifatida Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markaz (Scientific and educational practical center under The Agency for assessment of knowledge and competences)ni tanlashlari hamda ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish shartlari, imtihon to‘lovlari, shaxsiy kabinet ochish va imtihonga tayyorlov materiallari va yo‘riqnomalar bilan www.ets.org sayti orqali tanishish mumkin.

📱 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤3🔥2👏2🎉1
#TATU #XalqaroHamkorlik #OAV

TATU bilan hamkorlikda Janubiy Koreyada tashkil etilayotgan xalqaro konferensiya va ko‘rgazma Koreyaning bir qancha ommaviy axborot vositalari nigohida

YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga doir targ‘ibot tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish, mamlakatimizda raqamli texnologiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy va amaliy ishlarni xorijiy hamkorlar hamda olimlar doirasida keng targ‘ib qilishga qaratilgan ko‘rgazma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan Janubiy Koreyaning Kukmin universitetida tashkil etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda Samarqand shahrida YUNESKO — Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Qirq yildan ortiq vaqt davomida ilk bor YUNESKO Bosh assambleyasining sessiyasi Parij shahridan tashqarida bo‘lib o‘tadi.

Konferensiya va ko‘rgazma haqidagi maqolalar quyidagi taniqli xorijiy OAVlarda e'lon qilindi:

🟢Herald Economy
🟢Asian Economy
🟢Electronic newspaper

Batafsil: https://t.me/tuituz_official/22670

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤3🔥1🎉1
#Mirziyoyev #sammit #TDT #hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🔥11👍4❤1😱1