Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligida suv va energiya resurslaridan unumli foydalanish masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. 

Joriy yilda mamlakatimizdagi suv omborlarida o‘tgan yilga nisbatan ko‘p suv yig‘ilgani ta’kidlandi. 

Davlatimiz rahbari bu holatda xotirjamlikka berilmaslik lozimligini qayd etdi. Yig‘ilishda sohada hali qilinadigan ishlar ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi. 

Jumladan, har bir kanalga “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, Suv muammolari ilmiy instituti, 9 ta texnikumni “dual ta’lim” asosida biriktirish muhimligi ta’kidlandi. 

“Ular loyihadan betonlash tugaguncha bo‘lgan barcha jarayonlarni ilmiy yondashuv asosida kuzatib, tavsiya va xulosasini beradi.” – dedi Prezident. 


Kanallarni betonlash hisobiga suv oqimi tezlashadi. Bu – kichik GESlar qurib, elektr olish uchun katta imkoniyat.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25🔥2❤1
#dayjest #xalqaro_hamkorlik

Oliy ta’lim muassasalarining xalqaro aloqalari rivojlanmoqda.

✅Toshkent davlat iqtisodiyot
universiteti Samarqand filialiga Vengriyaning Jamoat xizmati universiteti va Ozarbayjonning Boku muhandislik universiteti delegatsiyalari tashrif buyurdi;

✅Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Nagoya universiteti, Kioto informatika bo‘yicha magistratura kolleji (KCGI) va Yaponiya talabalarni qo‘llab-quvvatlash tashkiloti (JASSO) vakillaridan iborat delegatsiya qabul qilindi;

✅Vengriyaning taniqli musiqa san’ati ustasi Apor Syuch Milliy estrada san’ati instituti talabalari uchun mahorat darsi o’tdi;

✅Andijon davlat tibbiyot institutiga Hindiston elchisi tashrif buyurib, hindistonlik talabalar bilan uchrashdi;

✅Jizzax davlat pedagogika universiteti va Qozog‘iston milliy universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga asosan o‘quv, ilmiy-uslubiy, ma’naviy ishlar rejasi ishlab chiqildi;

✅Farg‘ona davlat universiteti va Hindiston oliygohlari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi, ta’lim, turizm, farmatsevtika yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi;

✅Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektoriga “Shinjon tibbiyot universiteti faxriy professori” unvoni berildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤2
#xalqaro_hamkorlik

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Yaponiyaga xizmat safari doirasida O‘zbekiston-Yaponiya iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitaning 17-yig‘ilishida ishtirok etdi hamda Yaponiyaning turli ta’lim tashkilotlari va kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Xususan, Yaponiyaning “KEI Advanced, Inc.” kompaniyasi prezidenti va bosh direktori Toshio Yajima bilan ikki davlat oliygohlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish va rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda ta’lim va ilm-fan sohasida ilmiy konferensiyalar, ma’ruzalar, seminarlar, malaka oshirish kurslarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar natijasida O‘zbekiston-Yaponiya iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitaning 17-yig‘ilishi doirasida Yaponiyaning “KEI Advanced, Inc.” kompaniyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasida oliy ta’lim sohasida hamkorlik bo‘yicha Istaklar Bayoni imzolandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/26761

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #Amir_Temur

Amir Temurning to‘liq ismi Temur ibn Tarag‘ay Barlosdir. U o‘zi ishtirok etgan janglarning birortasida ham yengilmagan va 27 ta davlat hududini zabt etishga muvaffaq bo‘lgan.


Amir Temur haqida 10 ta fakt

📹 “Siyosiy-ma’rifat soati” kursidan...

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤3👏2🤔1
#live #Qoraqalpogʻiston #sayyor_qabul

Nukusda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining sayyor qabuli tashkil etilmoqda

Ayni damda Qoraqalpoq davlat universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipovning sayyor qabuli boʻlmoqda. Qoraqalpogʻistonlik abituriyentlar, talaba-yoshlar, doktorantlar, tadqiqotchilar, professor-oʻqituvchilar va boshqa fuqarolarning murojaat va shikoyatlari tinglanib, ularning masalalariga amaliy yechimlar berilmoqda, ayrim masalalar boʻyicha esa ijobiy yechim topish uchun masʼullarga qoʻshimcha vazifalar yuklanmoqda.

Sayyor qabul natijalari kasbiy va oliy taʼlim muassasalari taʼlim sifatini oshirish va yoshlarga samarali imkoniyatlar yaratish maqsadida olib borilayotgan ishlarning yanada muvaffaqiyatli boʻlishiga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1👍33🤔3❤2🔥1👏1