Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xizmat_safari #Nukus #texnikum

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari doirasida Nukus transport texnikumi faoliyatini borib ko‘rdi. 

Dastlab, mas’ullar tomonidan texnikumda yaratilgan sharoit, o‘quv jarayonlarini tashkil etish, yoshlar bandligi borasidagi ishlar xususida ma’lumot berildi. 

Jumladan, muassasada 5 ta mutaxassislik bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlari tayyorlanishi, 25 nafar pedagog 300 nafarga yaqin o‘quvchiga ta’lim berayotgani hamda 2023/2024-o‘quv yilida texnikum bitiruvchilarning 52,2%ini bandligi ta’minlangani bildirildi. 

Shundan so‘ng vazir mas’ullar hamrohligida o‘quv xonalari (42 ta), 300 o‘rinli oshxona, 150 o‘rinli yotoqxona, kutubxona, sport zal va qozonxona, elevator uzellarini ko‘zdan kechirdi. 

Uchrashuv yakunida kuz-qish mavsumini talafotsiz o‘tkazish, talabalarga qulayliklarni ko‘paytirish, dual ta’limni joriy etish, o‘quvchilar amaliyotini samarali tashkil etish va ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍8🔥7👏3❤2😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_va_turizm
#Festival

Joriy yilning 6-7 noyabr kunlari Urganch davlat universitetida “Yoshlar va turizm” festivali bo’lib o’tdi. Ushbu festivalda Urganch davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti hamda Xitoy Xalq Respublikasining Gansu qishloq xoʻjaligi universiteti talabalari ishtirok etishdi.

Festival doirasida ishtirokchilar Urganch davlat universitetida yaratilgan sharoitlar, o'quv laboratoriya xonalari, innovatsion ko'rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, talabalar xalqlarning milliy anʼana va qadriyatlari, madaniyatlardagi mushtarak jihatlar to'g'risida oʻzaro muloqot qilib, xitoy tili, madaniyati, milliy urf-odatlari haqida taqdimotlar qilishdi.

Festival madaniy dam olish konsert dasturi hamda Xorazm viloyatining turistik maskanlariga sayohat bilan yakunlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🔥7👍6🤩3❤2😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xulosa_sizdan

⚡️ “Ota va qiz”


🔸2000-yilda Maykl Dadok de Vit tomonidan suratga olingan “Ota va qiz” animatsion multfilm 20 dan ortiq nufuzli mukofotlarga, jumladan, “BAFTA” va eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film uchun “Oskar”ga sazovor bo‘lgan.

Multfilmda qiz butun hayotini otasining ufqdan tashqaridagi qayiqda suzib ketishini kutish bilan o‘tkazgani haqida hikoya qilinadi.

Filmdagi hayotning ramziy belgisi – velosipedning oddiy g‘ildiragi bo‘lib, u filmning har bir sahnasida qizni – avvaliga kichkina qizcha, keyin oshiq qiz, baxtli ona va nihoyat zaiflashib borayotgan qariya sifatida tasvirlaydi.

Bizni kuzating

Instagram | YouTube | Telegram
👍43❤16🔥3👏3🤩1
#Prezident_topshiriq_ijro

Namangan muhandislik-texnologiya institutida zamonaviy “Robototexnika va mehatronika” laboratoriyasi ishga tushirildi

Institutda foydalanishga topshirilgan “Robototexnika va mehatronika” yo‘nalishida eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriya 20-iyun kuni davlat rahbari tomonidan muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida berilgan topshiriqlar asosida tashkil etildi.

Laboratoriyada “Avtomatika va energetika”, “Robototexnika va mehatronika”, “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish”, "Energetika" va "Informatsion texnologiyalar" kabi yo‘nalishlarda 200 dan ortiq amaliy mashg‘ulotlar uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Bu talabalarga nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash imkonini beradi.

Markaz zamonaviy dasturiy ta’minot va ilg‘or texnologiyalar asosida tashkil etilgan bo‘lib, talaba va o‘qituvchilarga real loyihalar ustida ishlash va ilmiy salohiyatlarini oshirish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍24🔥4❤2
#Hay’at_yig‘ilishi
#live

Ayni paytda Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, hududiy boshqarmalari rahbarlari, respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlari va direktorlari ishtirok etmoqdalar. Hay’at yig‘ilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Hay’at yig‘ilishi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov raisligida bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farxod Ermanov ochib berdi.

Bugungi kunda, mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni yangi bosqichga olib chiqish, iqtisodiyot va sohaga oid islohotlarni amalga oshirish jarayonida oliygohlar va texnikumlarning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan, Hay’at yig‘ilishida Prezidentimiz tomonidan 2024-yil 16-oktabrda imzolangan “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–158-son farmonida oliy ta’lim muassasalari va texnikumlar rahbarlari oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishiga oid masalalar muhokama qilinmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍37❤3🔥1🤔1😱1