#xizmat_safari #vazir #Samarqand
13-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Samarqand viloyatiga xizmat safari davomida qator oliy ta’lim muassasalarida bo‘ldi.
➖Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayoni, shu jumladan, yangi qurilayotgan 4 238 o‘rinli o‘quv binosining holati va sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
➖Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining o‘quv laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdi.
➖ “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 5 qavatdan iborat 400 o‘rinli talabalar turar joyidagi sharoitlar bilan tanishib, talabalar bilan samimiy muloqot qildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍23👏6🤔3🔥1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi
❓Birinchi oʻzbek publisist ayoli, jadid, shoira Nozimaxonim haqida eshitganmisiz?
📑Uning bizgacha saqlangan asarlari va boshqa maʼlumotlar haqida Yuz.uz’ning yangi loyihasi — “Oʻzbekistonda birinchi” orqali tanishing.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❓Birinchi oʻzbek publisist ayoli, jadid, shoira Nozimaxonim haqida eshitganmisiz?
📑Uning bizgacha saqlangan asarlari va boshqa maʼlumotlar haqida Yuz.uz’ning yangi loyihasi — “Oʻzbekistonda birinchi” orqali tanishing.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍23🔥2
#xizmat_safari #Samarqand #texnikum
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi faoliyati bilan tanishdi.
Vazir masʼullar hamrohligida oʻquv xonalari, 120 oʻrinli oshxona, 400 oʻrinli yotoqxona, kutubxona, sport zal va qozonxona, ustaxonalarni koʻzdan kechirdi. Hozirda muassasada 9 ta mutaxassislik boʻyicha oʻrta boʻgʻin kadrlari tayyorlanishi, 22 nafar pedagog 507 nafar oʻquvchiga taʼlim berishi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Uchrashuv yakunida kuz-qish mavsumini talafotsiz oʻtkazish, talabalarga qulayliklarni koʻpaytirish, dual taʼlimni joriy etish, oʻquvchilar amaliyotini samarali tashkil etish va ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

👍30❤7🔥1🤔1
#xalqaro_hamkorlik
13-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev bilan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning Sharqiy va Markaziy Osiyo, Kavkaz departamenti katta direktori o‘rinbosari Sonoyama Yuka xonim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida “Sanoatni modernizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bazasini kengaytirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar va hamkorlik yo‘nalishlari aniqlab olindi.
Xususan, JICA tashkiloti bilan hamkorlikda ushbu loyiha asosida o‘qituvchilar, tadqiqotchilar salohiyatini oshirish orqali O‘zbekiston sanoati uchun zarur bo‘lgan yetuk muhandis-texnik kadrlarni tayyorlashga ta’lim muhitini (o‘qituvchilar, moddiy-texnika baza, o‘quv dasturlarini takomillashtirish) va yapon tajribasidan foydalangan holda boshqa imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27358

👍28❤3🔥1🤔1
#InnoWeek_2024
Bugundan “InnoWeek.Uz-2024”ga start berildi
“Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi 14–16-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilmoqda.
Haftalikning rasmiy ochilish marosimi “Oʻzekspomarkaz” konferensiyalar zalida boʻlib oʻtdi. Unda hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, xorijiy va mahalliy ekspertlar, ilm-fan doira vakillari, professor-olimlar, innovatsion gʻoya yetakchilari hamda yosh ixtirochilar ishtirok etdi.
Tadbirni Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharofiddin Rajabboyev, Tailand Milliy tadqiqot kengashi ijrochi direktori Wiparat De-ong, BMT taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujiilar kirish so‘zi bilan ochib berdilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27391

👍33🔥6😁2👏1🤔1