Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xizmat_safari #Samarqand #texnikum

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi faoliyati bilan tanishdi.

Vazir masʼullar hamrohligida oʻquv xonalari, 120 oʻrinli oshxona, 400 oʻrinli yotoqxona, kutubxona, sport zal va qozonxona, ustaxonalarni koʻzdan kechirdi. Hozirda muassasada 9 ta mutaxassislik boʻyicha oʻrta boʻgʻin kadrlari tayyorlanishi, 22 nafar pedagog 507 nafar oʻquvchiga taʼlim berishi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Uchrashuv yakunida kuz-qish mavsumini talafotsiz oʻtkazish, talabalarga qulayliklarni koʻpaytirish, dual taʼlimni joriy etish, oʻquvchilar amaliyotini samarali tashkil etish va ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍30❤7🔥1🤔1
#xalqaro_hamkorlik

13-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev bilan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning Sharqiy va Markaziy Osiyo, Kavkaz departamenti katta direktori o‘rinbosari Sonoyama Yuka xonim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida “Sanoatni modernizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bazasini kengaytirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar va hamkorlik yo‘nalishlari aniqlab olindi.

Xususan, JICA tashkiloti bilan hamkorlikda ushbu loyiha asosida o‘qituvchilar, tadqiqotchilar salohiyatini oshirish orqali O‘zbekiston sanoati uchun zarur bo‘lgan yetuk muhandis-texnik kadrlarni tayyorlashga ta’lim muhitini (o‘qituvchilar, moddiy-texnika baza, o‘quv dasturlarini takomillashtirish) va yapon tajribasidan foydalangan holda boshqa imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27358

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤3🔥1🤔1
#InnoWeek_2024

Bugundan “InnoWeek.Uz-2024”ga start berildi

“Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi 14–16-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilmoqda.

Haftalikning rasmiy ochilish marosimi “Oʻzekspomarkaz” konferensiyalar zalida boʻlib oʻtdi. Unda hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, xorijiy va mahalliy ekspertlar, ilm-fan doira vakillari, professor-olimlar, innovatsion gʻoya yetakchilari hamda yosh ixtirochilar ishtirok etdi.

Tadbirni Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharofiddin Rajabboyev, Tailand Milliy tadqiqot kengashi ijrochi direktori Wiparat De-ong, BMT taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujiilar kirish so‘zi bilan ochib berdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27391

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍33🔥6😁2👏1🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#chellenj #stop_korrupsiya

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ijodkorlaridan ijtimoiy rolik


Befarq bo‘lmang, agar oliy, o‘rta maxsus va professional taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz telegramdagi @eduuzanticor_bot, 1006 Ishonch hamda +998555200808 (282, 179) telefon raqami yoki anticor@edu.uz elektron pochta manzili orqali xabar berishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23❤1🔥1👏1