#dayjest #korrupsiya
Oliy ta’lim muassasalarida “Biz korrupsiyaga yo‘q deymiz!” mavzusida davra suhbati va targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda
➖ Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;
➖ Urganch davlat universiteti;
➖ Namangan davlat pedagogika instituti;
➖ Samarqand davlat tibbiyot universiteti;
➖ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali;
➖ Namangan muhandislik-texnologiya instituti;
➖ Andijon davlat tibbiyot instituti;
➖ Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti;
➖ Samarqand davlat chet tillar instituti;
➖ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;
➖ Nukus innovatsion instituti;
➖ Toshkent farmatsevtika instituti;
➖ Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;
➖ I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filiali;
➖ Navoiy davlat universiteti;
➖ Milliy rassomlik va dizayn instituti;
➖ O‘zbekiston Milliy universiteti;
➖ Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali;
➖ Buxoro davlat universiteti;
➖ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;
➖ Farg‘ona davlat universiteti.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy ta’lim muassasalarida “Biz korrupsiyaga yo‘q deymiz!” mavzusida davra suhbati va targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤2😁2👏1🎉1
#Innoweek_2024
15-noyabr kuni “InnoWeek.uz-2024” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida Oʻzbekiston-Eron innovatsion texnologiyalar biznes forumi oʻtkazildi.
Anjumanda 80 nafardan ortiq kompaniyalar, eronlik va oʻzbekistonlik tadbirkorlar, ilm-fan vakillari, davlat boshqaruv organlari, hokimliklar vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, Savdo-sanoat palatasi rahbarlari hamda tadbirkorlar oʻz maʼruzalarida Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy, shuningdek, innovatsiyalar, ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yangi pogʻonaga chiqarish dolzarb ekanligini bildirdilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27628

👍30🔥3🎉3😁1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Innoweek_2024
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“INNOWEEK-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi davom etmoqda
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍15🔥2🤔2👏1
#e’tirof
Vazir o‘rinbosari “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
“16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni” munosabati joriy yilning 15-noyabr kuni poytaxtimizdagi “Wyndham Tashkent” mehmonxonasida bir guruh hamyurtlarimiz “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Tadbirda turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari va diniy konfessiya vakillari, milliy madaniy markazlar faollari, yurtimizda millatlararo do‘stlik va diniy bag‘rikenglik rishtalarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgan hamyurtlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev yuksak mukofotga sazovor bo‘lganlarni samimiy muborakbod etib, bugun yurtimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan hamyurtlarimizga katta muvaffaqiyatlar tiladi va yuksak mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi.
Jumladan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ham ana shunday e’tibor va ehtiromga sazovor bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-sentabrdagi qarori bilan ta’sis etilgan.

👍36❤2🔥2👏2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #jadidchilik
Tilda, fikrda va ishda birlik!
Ushbu g‘oya ostida faoliyat olib borgan jadidchilik harakati namoyandalarining millat va ma’naviyat ravnaqiga qo‘shgan hissasi haqida xabardormisiz?
😎 “Siyosiy-ma’rifat soati” kursidan...
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Tilda, fikrda va ishda birlik!
Ushbu g‘oya ostida faoliyat olib borgan jadidchilik harakati namoyandalarining millat va ma’naviyat ravnaqiga qo‘shgan hissasi haqida xabardormisiz?
Ma’lumot uchun: Jadidchilik – davlat, tuzum, boshqaruvni isloh etish va millatni rivojlantirish orqali jamiyatni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishni maqsad qilib qo‘ygan hamda aniq amaliy tadbirlarni o‘zida mujassamlashtirgan g‘oyalar tizimi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25❤1
Nukus davlat pedagogika institutida Ajiniyoz muzeyi tashkil etildi
Bugun, 15-noyabr kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida qoraqalpoq mumtoz adabiyotining yorqin namoyondasi Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻlining 200 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan Ajiniyoz muzeyining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va boshqa mamlakatlardan mashhur olimlar, professorlar, nuroniy ustozlar, adabiyotga ixlos qoʻygan yoshlar ishtirok etdi.
Ochilish marosimi ishtirokchilari muzeydagi eksponatlar bilan tanishib, uni tashkillashtirishda mehnat qilgan fidoiy insonlarga minnatdorlik bildirdi. Mehmonlar muzeyning esdaliklar kitobiga oʻzlarining samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.
Muzeyning ochilish marosimi “Oʻzbekiston – umumiy uyimiz” mavzusidagi millatlararo totuvlik hamda bagʻrikenglik bayramiga ulandi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27675

👍26❤4🥰1👏1🎉1