Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_anjuman #ilmfan

O‘zbekiston va Xitoy universitetlari o‘rtasida yangi ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari va istiqbollari muhokama qilindi

16-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “O‘zbekiston-Xitoy: madaniy-tarixiy, ilmiy-iqtisodiy aloqalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov, XXRning O‘zbekistondagi elchixonasining fan va ta’lim masalalari bo‘yicha maslahatchisi Chji Chjulin va boshqa rasmiy vakillar ishtirok etdi.

Anjumanda O‘zbekiston va Xitoy universitetlari o‘rtasida yangi ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari va istiqbollari, shuningdek, universitetlararo hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi, ushbu yo‘nalishlarda faoliyatni muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27719

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14🔥1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bayrog’im_faxrim

Yurt bayrog’i — milliy g’urur, tinchlik, hamjihatlik timsoli

18-noyabr - O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Marafon Navoiy davlat universiteti hamda viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi. Unda talabalar, professor o‘qituvchilar, ichki ishlar xodimlari, harbiylar hamda vatanparvar yurtdoshlarimiz hamrohligida shahar bo‘ylab bayroq bilan yurish marafoni barchaga ko‘taringilik bag’ishlab, dillarda shukronalik, milliy g’urur, faxr va iftixor tuyg’ularini mujassam etdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤4🎉4🔥3
#Vazir_Xorazmda #xizmat_safari

Xorazm viloyatining har bir tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov hamda vazir o‘rinbosari S.Buzrukxonov Urganch davlat universitetida Xorazm viloyatidagi oliy va kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda OTFIV Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi vakillari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazishdi.

Yig‘ilish Xorazm viloyatining har bir tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27738

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤3🔥3😱1
#Madaniy_meros #Berlin_tadbir

O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan Berlindagi elchixonada madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etdi


15-noyabr kuni Germaniyaning Berlin shahrida joylashgan O‘zbekiston elchixonasida O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan “O‘zbekistonning bebaho merosi” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Elchixona bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbir 2025-yili Samarqandda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga bag‘ishlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi, iqtidorli talabalari, O‘zbekiston elchixonasi vakillari, Germaniyadagi o‘zbekistonliklar va tahsil oluvchi o‘zbek yoshlari, nemis ekspertlari, nufuzli mehmonlar ishtirok etishdi.

Tadbirni O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi Dilshod Axatov kirish so‘zi bilan ochib berib, O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida hamkorlik, ta’lim sohasidagi aloqalar, shuningdek, O‘zbekiston madaniy merosi haqida to‘xtalib o‘tdi.


Batafsil 👉 https://nuu.uz/ozmu-berlin-elchixonada-madaniy-tadbir/

👉 На русском
👉 In English

Bizni
kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤6🔥1