Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xizmat_safari

⚡️️Professional taʼlim muassasalari rahbarlari bilan seminar oʻtkazildi

15-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Qoraqalpog'iston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida professional taʼlim muassasalari rahbarlari uchun seminar oʻtkazildi.

Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sh.Daliyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joqarg'i Kengashining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish, yoshlar siyosati, turizm va ijtimoiy aloqalar masalalari qoʻmitasi rahbari M.Atamuratov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri B.Kaipbergenov, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori B.Jollibekov ishtirok etdi.

Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional taʼlimga tajribali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-158-sonli Farmonining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Seminar ishtirokchilariga taʼlim sifatini oshirish, taʼlim jarayonlarini takomillashtirish, mehnat bozori va taʼlim o‘rtasidagi integratsiyani taʼminlash, shuningdek, ushbu yoʻnalishdagi kelgusi vazifalar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Seminardan soʻng barcha rahbarlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha namunaviy oʻquv yurtlari qatorida birinchi oʻrinni egallagan Nukus Abu Ali ibn Sino nomidagi 2-son Jamoatchilik salomatligi texnikumida yaratilgan imkoniyatlar, oʻquv jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤4🤔3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇫🇮 Ikki davlat prezidentlari uchrashuvida Toshkent shahrida Nordik universiteti ochilganligi faxr bilan tilga olindi

Boku shahrida bo‘lib o‘tgan COP29 sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Finlandiya Prezidenti Aleksandr Stubb bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev maktablarimizda fin ta'lim tajribalari keng qo‘llanilayotgani, Nordik universiteti ochilgani, 7500 nafar talabalar ta'lim olayotganini ta’kidladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍42👏4❤3🔥1😁1
#xizmat_safari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sh.Daliyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri B.Kaipbergenov Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutining bosh binosida talaba-yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va laboratoriya xonalari bilan tanishdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍40❤5😁2
#Davlat_bayrogʻi
#33_yilligi

18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi haqidagi qonun qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi


Bugun sana munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Unda mamlakatimiz bayrogʻining xalqimiz hayotidagi va uning davlatchilik tarixidagi tutgan oʻrni, ahamiyati xususida fikr bildirildi.

Bugun ko‘plab sohalar qatorida, ta’lim yo‘nalishida ham yoshlarimiz xalqaro fan olimpiadalari, turli tanlovlarda natijalarga erishib, bayrog‘imizni yuqoriga ko‘tarib kelishayotgani barchamizga yuksak gʻurur va iftixor bagʻishlashi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng Davlatimiz madhiyasi sadolari ostida yurtimiz bayrogʻi yuqoriga koʻtarildi.

Hozirda barcha oliy ta’lim muassasalarida sanaga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ularda yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirish, ularni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda milliy bayrogʻimizning hilpirab turishi oʻrni va ahamiyati haqida ma’lumot berilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤3🔥3
#xizmat_safari #vazir

Vazir Xorazm viloyatidagi ta’lim muassasalari mas’ullari bilan uchrashib, sohaning quyi bo‘g‘inidagi muammolarini o‘rganmoqda


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Xorazm viloyatiga xizmat safari davomida oliy va kasbiy ta’lim muassasalari faoliyati, talabalarga yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim sifatini ta’minlash, moddiy-texnik bazani takomillashtirish kabi belgilangan qator vazifalar ijrosini borib ko‘rdi.

Dastlab, Toshkent axborot-texnologiyalari universiteti Urganch filiali bo‘lib, olib borilayotgan ilmiy-innovatsion ishlar, ilmiy faoliyat natijalarini ijtimoiy hayotga tatbiq qilish, moddiy-texnik bazasini yaxshilash, ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, IT sohasida malakali kadrlarni yetishtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Vazir filialda o‘quv jarayonlari va ilmiy faoliyatni samarali tashkil qilish, ishlanmalarni amaliyotga tadbiq qilish va Xorazmda IT sohasiga kadrlar yetishtirish sifatini yanada oshirish borasida qilinishi lozim bo‘lgan galdagi vazifalarni belgilab berdi.

Xizmat safari davom etadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27😁2❤1🔥1