Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xizmat_safari #vazir #kasbiy_ta’lim

Kasbiy ta’lim muassasalari Prezident farmoni asosida kadrlar tayyorlashga qay darajada hozirlik ko‘rmoqda?


Xabaringiz bor, Prezidentning 158-son farmoni (16.10.2024-y.) bilan kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan.

Ushbu vazifalar ijrosi hamda yangicha tizim asosida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash borasidagi hozirliklarni joyida borib ko‘rish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Xorazm viloyatidagi tuman va shahlarda joylashgan 10 ga yaqin kasbiy ta’lim muassasalarida bo‘ldi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27875

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
– Mana shunday g‘oyat tahlikali vaziyatda biz faqat kuchli iroda, birlik va hamjihatlik, qattiq mehnat bilangina yurtimizda tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashga erisha olamiz.


Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi tarkibdagi Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida nutq so‘zladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍8🎉2🔥1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalari va komissiyasini tuzish masalasi ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, Urganch davlat universiteti rektori Bahrom Ismoilovich Abdullayev Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi etib saylandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏25👍9❤3😁3🔥2
#sport #talaba_yugur #Toshkent

Toshkentda “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasi oʻtkaziladi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, “UZINFOCOM” MCHJ, Talabalar sporti assotsiatsiyasi bilan birgalikda talaba-yoshlarni sogʻlom hayotga targʻib qilish maqsadida “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasi oʻtkazilmoqda.


Yugurish musobaqasi kuzgi mavsumining navbatdagisi 22–23-noyabr kunlari Toshkent viloyati va Toshkent shahrida o‘tkaziladi:
🗓 22-noyabr kuni soat 15:00 da Toshkent viloyatining oliy ta’lim muassasalari “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida;
🗓 23-noyabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahrining oliy ta’lim muassasalari “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida.

Musobaqani tashkil etish va yugurish natijalarini qayd etish jarayoni Oʻzbekiston yengil atletika Federatsiyasining yugur.uz elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥2❤1
#yig‘ilish_topshiriq_ijro

19-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shoxruh Daliyev, Vazirlar Mahkamasi mas’ullari Diyorbek Qo‘chqorov, Inoyatillo Neʼmatov va vazirlik jamoasi ishtirokida “Ijro.gov.uz” elektron tizimida davlat rahbari hamda hukumatning yil yakuniga qadar mavjud topshiriqlari ijrosi holatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27988

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤1
#xalqaro_anjuman #kasbiy_ta’lim

Xitoyda “Butunjahon kasb-hunar va texnik ta’limni rivojlantirish” konferensiyasi o‘tkaziladi 


19–23-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safarini amalga oshirmoqda.

Safarning birinchi kunida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasida oliy va kasbiy ta’lim, ilm va yoshlar masalalariga bag‘ishlangan muzokaralar olib bordi.

Bundan tashqari, Elchixonada Xitoyda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganliging 33 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27986

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤2🔥2