Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#yig‘ilish_topshiriq_ijro

19-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shoxruh Daliyev, Vazirlar Mahkamasi mas’ullari Diyorbek Qo‘chqorov, Inoyatillo Neʼmatov va vazirlik jamoasi ishtirokida “Ijro.gov.uz” elektron tizimida davlat rahbari hamda hukumatning yil yakuniga qadar mavjud topshiriqlari ijrosi holatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27988

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤1
#xalqaro_anjuman #kasbiy_ta’lim

Xitoyda “Butunjahon kasb-hunar va texnik ta’limni rivojlantirish” konferensiyasi o‘tkaziladi 


19–23-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safarini amalga oshirmoqda.

Safarning birinchi kunida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasida oliy va kasbiy ta’lim, ilm va yoshlar masalalariga bag‘ishlangan muzokaralar olib bordi.

Bundan tashqari, Elchixonada Xitoyda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganliging 33 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27986

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤2🔥2
#kengaytirilgan_yig‘ilish

19-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev boshchiligida respublika davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlari va prorektorlari bilan oliy ta’lim sifatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari, vazirlikning departament va boshqarma rahbarlari, Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi xodimlari qatnashdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27989

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍33❤4🔥3😁2🤔1
#xalqaro_hamkorlik

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bilan malakali kadrlar tayyorlash loyihasi muhokama qilindi


19-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev bilan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) Sharqiy va Markaziy Osiyo, Kavkaz departamenti katta direktori o‘rinbosari Sonoyama Yuka xonim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokara davomida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) delegatsiya a’zolari bilan “Sanoatni modernizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bazasini kengaytirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar va hamkorlik yo‘nalishlari aniqlab olindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27990

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤2🔥1
#xalqaro_hamkorlik #ilmfan #vazir #uchrashuv

O‘zbekistonda markaziy texnologiyalar transferi ofisini (TTO) tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi 


19-noyabr kuni AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Jonatan Xenik boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabboyev, Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi bosh direktori Farhod Jumayev va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni kengaytirish, jumladan intellektual mulk obyektlarini himoyalash, AQSh Savdo vazirligining Savdo huquqini rivojlantirish dasturi (CLDP) asosida O‘zbekistonda markaziy texnologiyalar transferi ofisini (TTO) tashkil etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27991

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17👏2😁1