Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#sport #marafon

“Talaba — yugur” musobaqasi kuzgi mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi

Ko‘ngilli yugurish musobaqasining kuzgi mavsumi Toshkent viloyati va Toshkent shahrida 22–23-noyabr kunlari “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada Toshkent viloyatining 15 ta oliy ta’lim muassasasidan 2 650 nafar, Toshkent shahrining 40 dan ortiq oliy ta’lim muassasasidan 4 284 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28352

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25🔥3❤2🎉2
#xizmat_safari #tayinlov

Joriy yilning 23-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filiali jamoasi bilan tashkiliy masalalar yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda Sharifjon Po‘latov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filiali direktori lavozimiga, Nargiza Babayeva filial direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani ma’lum qilindi.

Yigʻilishda Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filialini rivojlantirish, taʼlim sifatini oshirish, moddiy-texnika bazani mustahkamlash hamda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxshilashni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍40❤6🔥3👏1😁1
Qoraqalpogʻistonni rivojlantirishga qaratilgan yangi tashabbuslar: taʼlim, tadbirkorlik va innovatsiya sohalaridagi hamkorlik muhokama qilindi

23-noyabr kuni Toshkent shahridagi Vebster universitetida Qoraqalpogʻistonni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Toshkent shahridagi Vebster universiteti ijrochi direktori Rasul Rahmonov, “GWP Solutions” kompaniyasi direktori Jon Antoni Payl hamda universitetning taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazi rahbariyati ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28354

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍39❤6🤔4🔥1😁1
#mutolaa

Yaxshi odam


“Yaxshi odam” hikoyasi hayotning oddiy, ammo chuqur ma’noli haqiqatlarini ko‘rsatadi. Har birimizning ichimizda “yaxshi odam” yashaydi, uni o‘yg‘otish esa o‘z qo‘limizda.

📖Hikoyani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍39❤16🔥5🥰3😱2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_rolik #inson_huquqi

⚡️Birinchi qadamni qo‘yishdan
qo‘rqmang!

25-noyabr — Butunjahon xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍74❤13🔥5🎉3🤩3
#qonunchilik_yangiliklari

Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Andijon davlat texnika institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori (PQ-396-son, 18.11.2024) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakulteti negizida Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi.

Avtomobilsozlik, elektrotexnika, energetika, toʻqimachilik, muhandislik, qurilish va boshqa sanoat sohalari boʻyicha, shuningdek, hududning oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojiga muvofiq zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega kadrlar tayyorlash Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.

🗓 2025/2026-oʻquv yilidan boshlab:

🔠energetika muhandisligi, sunʼiy intellekt, mexatronika va robototexnika kabi yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlash hajmi oshiriladi;
🔠talabalarining fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatkichi va professor-oʻqituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro standartlar asosida baholash tizimi joriy etiladi;
🔠talabalarga oʻqish davomida yuzaga keladigan tashkiliy va huquqiy masalalar boʻyicha barcha zarur xizmatlar “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyiladi;
🔠bakalavriat va magistratura bosqichlariga oʻqishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlarda darslarni xorijiy tillarda oʻtkazish belgilandi.

Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakultetida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Institutda davom ettiradi.

Bitiruvchi kurs talabalariga 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab Institut diplomi beriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍38🔥2❤1