Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xizmat_safari #vazir

Bitiruvchilarining oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichi bo‘yicha quyi reytingda bo‘lgan maktablarga metodik yordam berish kuchaytiriladi

Ma’lumki, davlatimiz rahbari tomonidan vazirlarga hududlarning eng quyi bo‘g‘ini bilan samarali ishni tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan edi.

Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Surxondaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

25-noyabr kuni Vazir hududdagi mas’ullar, oliygoh rektorlari hamrohligida bitiruvchilarining oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichi bo‘yicha quyi reytingda bo‘lgan Oltinsoy tumanidagi 30-, 43- va 48-sonli maktablarda bo‘lib, ta’lim muassasalarida olib borilayotgan o‘quv jarayonlari, oliy ta’lim muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan metodik yordam bilan tanishib, bu borada qilinadigan ishlar yuzasidan o‘qituvchilar fikrini tingladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28533

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍29❤4🔥3
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🗣“Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovi e’lon qilindi.

🏛Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovini e’lon qiladi.

☑️Tanlov 3 bosqichdan: akademik guruhlar talabalari o‘rtasida saralash bosqichi, fakultetlararo oliy ta’lim muassasasi bosqichi hamda OTM g‘oliblari o‘rtasida yakuniy bosqichdan iborat.

☑️Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

🥇1-o‘rin – 6 000 000 so‘m;
🥈2-o‘rin – 5 000 000 so‘m;
🥉3-o‘rin – 4 000 000 so‘m.

⏺Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar 30-noyabrga qadar o‘zi tahsil olayotgan taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin.

➡️Tanlov nizomini o‘qish

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kasbiy ta’limning Navoiy tajribasi o‘rganilmoqda

Respublikamiz barcha viloyat oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarma boshliqlari va kasbiy ta’lim muassasalari direktorlari Navoiy viloyatiga safar qilishdi.

Ushbu safar davomida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlarni yaqindan o‘rganish va tajriba almashish shuningdek, Navbahor tuman 2-son politexnikumida tashkil qilingan sharoitlar va dual ta’lim bilan tanishish maqsad qilingan.

Xususan, Navoiyda dual ta’lim asosida yoshlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlari misoli bilan yaqindan tanishildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤2😁2🤔1
4️⃣4️⃣4️⃣

⚡️ Chet tili (ingliz, nemis, fransuz, arab tillari)ni bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) uchun ro‘yxatga olish davom etmoqda

✅ 2024-yil 11-dekabr kuni soat 9:00 da Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tilini (ingliz, nemis, fransuz, arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi.

🗺 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

📆 Ro‘yxatga olish muddati: 5-dekabr 10-00 ga qadar.
👥 Test o‘tkazish kuni: 11-dekabr.

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service

⚠️ Natijangizni @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun: (95) 515-68-68.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🔥3❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#targ‘ibot #ta’lim #turizm

Lissabonda “O‘zbekiston kunlari” doirasida — O‘zbekistonning tarixi, boy madaniyatini aks ettiruvchi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

2025-yil Samarqandda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu madaniy-ma’rifiy tadbir O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi ko‘magida Farg‘ona politexnika instituti tomonidan o‘tkazildi.

Tadbirda Portugaliyaning turli rasmiy tashkilotlari rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, Evora universiteti rahbariyati va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida yurtimizning tarixiy obidalari, madaniy yodgorliklari hamda ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida hikoya qiluvchi taqdimotlar, milliy hunarmandchilik va miniatyura namunalari ko‘rgazmasi o‘tkazilib, o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlari kuylandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤2🔥1👏1
#seminar #vazir #Kasbiy_taʼlim

⚡️Kasbiy taʼlim muassasalari rahbarlari uchun navbatdagi o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan ushbu tadbir Prezidentning PF-158-son (16.10.2024-y.) Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlanib, unda viloyatdagi barcha 50 dan ortiq oliy hamda kasbiy ta’lim muassasalarining 200 nafarga yaqin rahbar va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Seminarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zi bilan ochib, Farmondagi ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Jumladan, kasbiy ta’lim tashkilotlarining akademik mustaqilligini ta’minlash hamda ularning iqtisodiyot tarmoqlari talablariga mos kadrlar tayyorlash imkoniyatini kengaytirish, manfaatdor vazirlik va idoralarning ta’lim tashkilotlari bilan hamkorligini kuchaytirish, o‘quv jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, turli darajadagi kasbiy ta’lim dasturlarining o‘zaro muvofiqligi va uzviyligini ta’minlash kabi yo‘nalishlardagi vazifalar, ularning ijrosini ta’minlash mexanizmlari bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28614

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤5🔥1
#xizmat_safari #jarayon

Vazir o‘rinbosari Farg‘onada doktorantlar bilan uchrashib, taklif va mulohazalarini tingladi. Shundan so‘ng, xalqaro anjumanda ishtirok etdi


26-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamovning Farg‘ona viloyatiga xizmat safari davomida dastlab Qo‘qon davlat pedagogika instituti hamda Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filialining ilmiy izlanuvchilari, tadqiqotchi hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Shundan so‘ng, O.Mahkamov Qo‘qon universitetida bo‘lib o‘tgan “Ahmad Farg‘oniyning dunyo astronomiya ilmiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28619

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kitob_sharhi #tavsiya

Farzandnoma

Kitobda oilaviy muhitni sog‘lom saqlash, bolaga mehr ko‘rsatish va uni ma’naviy barkamol qilib voyaga yetkazishning eng nozik jihatlari yoritilgan.

📹Kitob sharhi bilan batafsil videolavhada tanishing

“Siyosiy-ma’rifat soati” kursidan...

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍32🔥3🎉2