Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xizmat_safari #vazir

Surxondaryoda muhandis kadrlar tayyorlovchi oliygoh salohiyati qay darajada?

26-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida bo‘lib, oliygohda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Jumladan, registrator ofisi, laboratoriya xonalari hamda qurilishi mo‘ljallangan yangi 1000 o‘rinli bino va 2 ta laboratoriya uchun mo‘ljallangan qurilish obyektlari ko‘zdan kechirilib, universitetda tashkil etilgan “FOOD TSEAU” MChJ kichik innovatsion korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan non mahsulotlarining sifatiga baho berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28623

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍31❤2🔥2🥰1
#xalqaro_anjuman

Toshkentda VII Xalqaro stomatologlar kongressi bo‘lib o‘tdi

27-noyabr kuni Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan tashkil etilgan ushbu xalqaro anjumanda respublikamiz va Angliya, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston kabi jahonning rivojlangan mamlakatlaridan 300 dan ortiq soha mutaxassislari qatnashdi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev maʼruza qilib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijasida, so‘nggi yillarda Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan erishilgan yutuqlarni ta’kidladi.

“Bugungi kongress mamlakatimiz va xorijlik hamkasblar o‘rtasida samarali tajriba almashish hamda yaqin yillarda stomatologiyani rivojlantirish istiqbollarini belgilashga xizmat qilishiga ishonamiz”, deya anjuman ahamiyatini alohida e’tirof etdi Sh.Daliyev.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28729

Bizni kuzating👇

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍27❤4🔥2👏1
#xizmat_safari #ilmfan

Vazir oʻrinbosari Andijondagi rektorlar, prorektorlar hamda doktorantlar bilan uchrashdi


27-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov amaliy xizmat safari yuzasidan Andijon viloyatida boʻldi.


Dastlab, O.Mahkamov Andijon davlat universitetida viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarining 200 nafarga yaqin tayanch doktorant, stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Shuningdek, vazir oʻrinbosari universitetning qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasida boʻlib, bu yerda ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilarning yangi innovatsion ishlanmalari bilan tanishdi.

Bundan tashqari, Andijon mashinasozlik institutida O.Mahkamov ishtirokida viloyatdagi davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining rektorlari hamda prorektorlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28755

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26🔥1😁1
4️⃣4️⃣4️⃣

👍 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda

Attanal Alarabi
– arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi.

Bunda nomzodlarning:
🔵 tinglab tushunish
🔵 o‘qish
🔵 gapirish
🔵 so‘z boyligi va grammatika
🔵 yozish ko‘nikmalari test sinovidan o‘tkaziladi.

📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlar 5-dekabrga qadar ro‘yxatga olinadi.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service

🗺 Imtihon 6-dekabr kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: “Bodomzor” metro bekati) o‘tkaziladi.

📞 Murojaat uchun: 95 515-68-68

Bizni kuzating👇

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤1🎉1
#xizmat_safari #vazir

Termiz davlat universitetida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar yetarlimi? Sovuq kunlarga tayyorgarlik qay holatda? Oliygoh olimlari qanday loyihalar ustida izlanmoqda?

27-noyabr kuni Surxondaryo viloyatiga xizmat safari davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Termiz davlat universiteti rektori hamrohligida dastlab universitet kampusi bo‘ylab talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.

Shundan so‘ng, vazirga universitetda joriy etilgan xodimlar faoliyati samaradorligini baholash tizimi (KPI) va universitetning “Darband o‘quv amaliyot bazasi”da qurilishi rejalashtirilayotgan 500 kVt Mikro-GES loyihasi taqdimot qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28753

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍30🔥2🤔2❤1😁1