Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xizmat_safari #Surxondaryo #texnikum

Hududlarda kasbiy ta’lim muassasalaridagi sharoitlar ko‘zdan kechirilmoqda

27-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Surxondaryo arxitektura va qurilish texnikumi faoliyati hamda uni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilgan istiqbolli rejalar bilan tanishdi.

Vazir masʼullar hamrohligida oʻquv xonalari, 50 oʻrinli oshxona, 100 oʻrinli yotoqxona, kutubxona, sport zal va qozonxona, ishlab chiqarish ustaxonasini koʻzdan kechirdi.

Shuningdek, hozirda muassasada 6 ta mutaxassislik boʻyicha oʻrta boʻgʻin kadrlari tayyorlanishi, 20 nafar pedagog 207 nafar oʻquvchiga taʼlim berishi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28858

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17🔥1👏1🎉1
#ilmfan

Deraza tokchasidan boshlangan kichik biznesning katta daromadi


Uyda o‘tirgan ayolning har uchinchisi daromadga ega bo‘lishni istaydi. Pul topishni deraza tokchasidan boshlash mumkinligini esa ularning ko‘pchiligi o‘ylab ham ko‘rmagan.

Nukuslik Gulzarxan Toreniyazova mijozlari eshik tagida tiziladigan biznes g‘oya bilan bo‘lishishga tayyor. Ish boshlash uchun esa yelim konteyner, tuproq, suv puflagich va urug‘lar bo‘lsa kifoya.

Maʼlumot uchun, “Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi” tomonidan amalga oshirilayotgan “Gidroponika yordamida yopiq joylarda mikroko‘kat yetishtirish” startap loyihasi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilgan.


🌐 Batafsil: https://innovation.gov.uz/news/post-1809

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26😱2❤1🔥1
#tanlov #Prezident_nomli_stipendiya

2024/2025-o‘quv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovining respublika bosqichi boshlandi

28-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli stipendiyalar tanlovining yo‘nalishlar bo‘yicha shakllantirilgan ekspertlariga tanlov nizomi hamda talabgorlarning ilmiy ishlarini ko‘rib chiqish mezonlari bo‘yicha batafsil tushuntirish berildi.

So‘ng O‘zbekiston milliy universitetida ekspertlar tomonidan Prezident davlat stipendiyalariga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda magistratura mutaxassisligi bo‘yicha talabgorlarning ilmiy ishlari, erishgan yutuqlari ko‘rib chiqildi hamda natijasi stipendiya.edu.uz tizimida shakllantirildi.

Eslatma: talabgorlar ekspertlar tomonidan qo‘yilgan baholar bilan elektron tizimdagi shaxsiy kabinetlari orqali tanishishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍57❤7👏5😱5🔥4
#seminar

Yoshlar oʻrtasida “Kelajak oʻyinlari”(kibersport)ni ommalashtirish boʻyicha seminar tashkil etildi

Toshkent tibbiyot akademiyasida oʻtkazilgan tadbirda Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektorlari ishtirok etdi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining AKT boʻyicha maslahatchisi Bobur Rahimov seminarda soʻzga chiqib, quyidagilarni taʼkidladi:
“Kibersport bugungi kunda yoshlarning qiziqishlari va salohiyatini rivojlantirishda muhim vositaga aylanmoqda. U shaxsiy va jamoaviy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar taqdim etuvchi zamonaviy platformadir. Shu sababli, kibersportni oliy taʼlim tizimida ommalashtirish va bu orqali yoshlarimizning intellektual va texnologik rivojlanishiga hissa qoʻshish muhim sanaladi”.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28856

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27😁4❤3🤩3😱2
#bilasizmi

⚡️Kibersportni yoshlar o‘rtasida ommalashtirishning 7 sababi


1️⃣Yoshlar salohiyatini rivojlantirish
Kibersport strategik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish, jamoada ishlash va muloqot qilish kabi muhim ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beradi. Bu ko‘nikmalar nafaqat o‘yinlarda, balki hayotning boshqa sohalarida ham foydali bo‘ladi.

2️⃣ Iqtisodiy imkoniyatlar
Kibersport yirik iqtisodiy sohaga aylanib ulgurgan. U yirik musobaqalar, homiylik shartnomalari va translyatsiyalar orqali katta daromad keltiradi. Shuningdek, u yangi ish o‘rinlari yaratishga hissa qo‘shadi, masalan, o‘yinlar tahlili, striming va kontent yaratish kabi sohalarda.

3️⃣ Texnologik rivojlanish
Kibersport zamonaviy texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, kompyuter, internet va dasturiy ta’minotlar kabi sohalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu esa axborot texnologiyalariga qiziqishni oshiradi va yoshlarni ushbu sohada ta’lim olishga rag‘batlantiradi.

4️⃣ Madaniy va ijtimoiy birlashtiruvchi platforma
Kibersport turli millatlar va madaniyatlarga mansub odamlarni birlashtiradi. U jahon miqyosida ommaviy bo‘lib, do‘stlik va hamkorlikni rivojlantiradi.

5️⃣ Ma’naviy salomatlik
Kibersport yoshlarni o‘yindagi mahorat va muvaffaqiyat hissini oshirish orqali ijobiy tajriba bilan ta’minlaydi. O‘zini anglash va motivatsiyani oshirish uchun yaxshi platforma bo‘lib xizmat qiladi.

6️⃣ O‘yinning professional darajaga chiqishi
Kibersport yoshlarga o‘z iste’dodlarini professional darajada namoyon etish imkonini beradi. Hozirda kibersportchilar jahon miqyosida tan olingan sportchilar sifatida faoliyat yuritmoqda.

7️⃣ Jahon sport madaniyatining ajralmas qismi
Kibersport hozirda global sport madaniyatining muhim qismi sifatida tan olingan.

Xulosa: Kibersport nafaqat o‘yin-kulgi, balki shaxsiy va jamoaviy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar taqdim etuvchi zamonaviy platforma ekanini anglash muhimdir.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37😁8🤔3❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_topshirig‘i_ijrosi #dual_taʼlim

Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 160 nafar talabasi dual ta’lim asosida Artel korxonasida amaliyot o‘tamoqda


Bu bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo'lib, 2024/2025-o‘quv yili so‘ngiga qadar yana 200 nafarga yaqin talabalarning Artel korxonasida tahsil olishi rejalashtirilmoqda.

Talabalar korxona tomonidan amaliyot davrida to‘liq ish haqi bilan ta’minlanmoqda. Shuningdek, ularga qulay sharoit yaratish maqsadida oziq-ovqat va maxsus ish kiyimlari ham ajratilmoqda.

📹Batafsil videolavhada hikoya qilinadi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
100👍30👏3🔥2🤔1
#xalqaro_munosabatlar

Toʻqimachilik va yengil sanoat boʻyicha taʼlim: xalqaro hamkorlikka yangi qadam

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida amaliy xizmat safari doirasida bir qator nufuzli taʼlim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatdi.

Delegatsiya jahon reytinglarining Top-25 taligiga kiruvchi Sinxua universiteti, Vuxan toʻqimachilik universiteti, Shanxay matbaa va nashriyot kolleji, Changshu texnologiya instituti hamda toʻqimachilik uskunalarini ishlab chiqaruvchi YAMADA korxonasida uchrashuvlar oʻtkazdi.

Muzokaralar jarayonida talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini tashkil etish, qoʻshma laboratoriyalar yaratish, ilmiy tadqiqotlarni hamkorlikda amalga oshirish, shuningdek, ilgʻor taʼlim metodlarini joriy etish boʻyicha kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, Scopus bazasida maqolalar nashr etish va yangi oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash boʻyicha hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤4🎉2🔥1👏1