Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_munosabatlar

Toʻqimachilik va yengil sanoat boʻyicha taʼlim: xalqaro hamkorlikka yangi qadam

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida amaliy xizmat safari doirasida bir qator nufuzli taʼlim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatdi.

Delegatsiya jahon reytinglarining Top-25 taligiga kiruvchi Sinxua universiteti, Vuxan toʻqimachilik universiteti, Shanxay matbaa va nashriyot kolleji, Changshu texnologiya instituti hamda toʻqimachilik uskunalarini ishlab chiqaruvchi YAMADA korxonasida uchrashuvlar oʻtkazdi.

Muzokaralar jarayonida talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini tashkil etish, qoʻshma laboratoriyalar yaratish, ilmiy tadqiqotlarni hamkorlikda amalga oshirish, shuningdek, ilgʻor taʼlim metodlarini joriy etish boʻyicha kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, Scopus bazasida maqolalar nashr etish va yangi oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash boʻyicha hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤4🎉2🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi
#gazeta_sharhi

Berlinda olmon va o‘zbek tillarida “Der Hauptstadtbrief – Poytaxt nomasi” nomli gazeta nashr etila boshlandi.

“Olmoniyada shu paytgacha Yevroosiyo mintaqasi uchun bunaqa ikki tilli gazeta chop etilmagan. Bu nima degani? Bu O‘zbekistonning Yevropa mintaqasidagi obro‘yi balandligidan, Yurtboshimiz olib borayotgan xalqaro siyosatning yuksak e’tirofidan dalolat, albatta” – deyiladi nashrda.

📹“Jadid” gazetasining navbatdagi sonidan joy olgan “Ikki poytaxtning yakdil xabarnomasi” nomli maqola bilan batafsil videolavhada tanishing!

📹“Siyosiy-ma’rifat soati” kursidan...

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14😁2
#xalqaro_reyting
#QS

Markaziy Osiyoda birinchi “QS impACT council” kengashi Oʻzbekistonda tashkil etildi

Markaziy Osiyoda birinchi QS impACT Kengashi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti negizida ochildi.

QS impACT maxsus ekspert kengashi Markaziy Osiyodagi “QS impACT council” kengashi prezidentiga koʻrsatilgan nomzodlar ichidan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti tadqiqotchisi PhD Eʼzozbek Ozodov nomzodini munosib deb koʻrishdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28979

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25🔥2👏2🤔2❤1
#dayjest #5000_qadam #sport

Oliy taʼlim muassasalarida “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida rahbar va ishchi xodimlar, professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar oʻrtasida yurish marafoni oʻtkazilmoqda


🔸Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali;

🔹Toshkent davlat texnika universiteti;

🔸Buxoro davlat universiteti;

🔹Andijon davlat universiteti;

🔸Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti;

🔹Andijon mashinasozlik instituti;

🔸Toshkent gumanitar fanlar universiteti;

🔹Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

🔸Andijon davlat tibbiyot instituti;

🔹Andijon davlat chet tillari instituti;

🔸Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17👏1
#xalqaro_davra_suhbati

Nobel mukofoti sohibi ishtirokida iqlim o‘zgarishiga qarshi hamkorlik muhokama qilindi

29-noyabr kuni Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo shaharlarini havo sifati yaxshilash va iqlim o‘zgarishiga qarshi hamkorlik”  mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat iqtisodiyoti universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro muloqotda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Yaponiya Atrof-muhit vazirligi, Global ekologik strategiyalar instituti (IGES), Yangi iqlim inovatsiyalar markazi, “Clean Air Asia” xalqaro tashkiloti vakillari, Markaziy Osiyo davlatlarining yetakchi mutaxassislari, olimlar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.


Tadbir qatnashchisi IPPC Tinchlik uchun Nobel mukofoti sohibi, professor Rae Kwon Chung havo sifatini boshqarish va iqlim o‘zgarishini yumshatish bo‘yicha shaharlarning salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Xalqaro davra suhbatida mintaqaviy ilg‘or tajribalar asosida Markaziy Osiyo shaharlarida toza havo va iqlim o‘zgarishlarini tadqiq etish, havo sifati va iqlim bilan bog‘liq takliflar ko‘rib chiqildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍31❤2🔥1👏1