Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_davra_suhbati

Nobel mukofoti sohibi ishtirokida iqlim o‘zgarishiga qarshi hamkorlik muhokama qilindi

29-noyabr kuni Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo shaharlarini havo sifati yaxshilash va iqlim o‘zgarishiga qarshi hamkorlik”  mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat iqtisodiyoti universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro muloqotda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Yaponiya Atrof-muhit vazirligi, Global ekologik strategiyalar instituti (IGES), Yangi iqlim inovatsiyalar markazi, “Clean Air Asia” xalqaro tashkiloti vakillari, Markaziy Osiyo davlatlarining yetakchi mutaxassislari, olimlar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.


Tadbir qatnashchisi IPPC Tinchlik uchun Nobel mukofoti sohibi, professor Rae Kwon Chung havo sifatini boshqarish va iqlim o‘zgarishini yumshatish bo‘yicha shaharlarning salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Xalqaro davra suhbatida mintaqaviy ilg‘or tajribalar asosida Markaziy Osiyo shaharlarida toza havo va iqlim o‘zgarishlarini tadqiq etish, havo sifati va iqlim bilan bog‘liq takliflar ko‘rib chiqildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍31❤2🔥1👏1
#SamDCHTI #30_yillik

Samarqand davlat chet tillar institutining 30 yilligi tantanali nishonlandi


Mazkur tadbir munosabati bilan institutda madaniyatlar festivali tashkil etildi. Unda muassasaning professor-oʻqituvchilari, talabalari, “Euronews” telekanali va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, xorijlik mehmonlar ishtirok etdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar jamoaning fidoyi mehnati va o‘tgan davr mobaynida qo’lga kiritilgan yutuqlar haqida gapirdilar. Institut bilan bog’liq shirin xotiralar yodga olindi. Ustozlarga alohida ehtirom ko’rsatilib, ular oliygoh rahbariyati tomonidan sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

Batafsil...

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23👏3🔥1🎉1🤩1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37❤7🔥3🤔1😱1
#Topshiriq_ijrosi

Ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha iqtisodiy oʻqish tashkil etildi


30-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida markaziy apparat, hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari hamda oliy taʼlim muassasalari xodimlari uchun iqtisodiy oʻqish boʻlib oʻtdi.

Tadbirni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev ochib berdi.

Iqtisodiy oʻqish ijro intizomi tizimini takomillashtirish va ish jarayonini yanada samarali tashkil etishga qaratildi. Tadbirda Adliya vazirligi, “Unicon soft” mutaxassislari ijro intizomini mustahkamlash, “Ijro.gov.uz” va “Edo.ijro.uz” elektron tizimining oʻrni, ahamiyati hamda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish tartibidagi yangiliklar, o‘zgarishlar haqida maʼruza qilib, sohadagi masalalar muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/29027

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤4🔥3🎉3