Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Janubiy Koreyada amaliy tashrifda boʻlib turgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Chungchongnam-do provinsiyasidagi Sun Moon universitetida boʻldi.

—
В ходе рабочей поездки в Южную Корею делегация Ферганской области во главе с хокимом области Хайрулло Бозоровым посетила университет Sun Moon, расположенный в провинции Чунгчонгнам-до.

—
As part of an official visit to South Korea, a delegation from the Fergana region, led by Governor Khayrullo Bozorov, visited Sun Moon University in Chungcheongnam-do Province.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤4🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tilimiz_uchun #ona_tilim

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi “O‘zbek maktabi” xorijliklar hamda o‘zbek tilini o‘rganish istagidagi qiziquvchilar uchun “O‘zbekcha gaplashamiz” nomli maxsus mahorat darslarini tashkil etmoqda.

🔗 Batafsil

Bizni kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31❤2🔥2😁1
3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni!

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktyabrdagi 47/3-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq har yili 3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni sifatida dunyo boʻylab nishonlanadi.

Uning maqsadi - jamiyat hayotining barcha sohalarida nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, nogironlar muammolariga keng jamoatchilik eʼtiborini jalb qilishdan iborat.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍43❤7🔥4
#Konstitutsiya_32
#munosabat

Konstitutsiyaning 53-moddasiga ko‘ra, davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlik qiladi.


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning “Yangi O‘zbekiston” gazetasi navbatdagi sonida chop etilgan “Ta’lim va ilmiy rivojlanish yo‘lidagi yangi davr” sarlavhali maqolasida aynan ushbu norma mazmuniga to‘xtalib, bu borada tizimda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilingan.

Maqolani o‘qish:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/29257

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👏17👍9❤4
#qabul2025
#akademik_litsey

⚡️2025/2026-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha jami 40 ta test savollari tushadi.

📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:

🔹1-fan — 3.1*20=62;
🔸2-fan — 3.1*20=62;
🔹IQ — 1.1*20 =22.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍128❤105😱52🔥10😁2
#xalqaro_hamkorlik #oliy_taʼlim

O‘mon Sultonligi elchisi bilan oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov O‘mon Sultonligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Al Sayyida Vafo Jabr Nasser Al Busaydiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda tomonlar oziq-ovqat xavfsizligi, energetika, tibbiyot, sun’iy intellekt, muhandislik sohalarida qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, O‘monning Sulton Qobus universiteti bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligini kengaytirish, yurtimiz arab tili professor-o‘qituvchilari malakasini O‘mon oliygohlarida oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Elchi O‘zbekiston bilan oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik aloqalarini kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/29308

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤15🔥4🤔2
#inmacom

Erasmus+ dasturi INMACOM loyihasi bo‘yicha navbatdagi hisobot uchrashuv tashkil etildi

Belgiya qirolligining Bryussel shahrida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi O‘zbekistonda telekommunikatsiya mehnat bozori ehtiyojlarini qondirish uchun Fotonika va optik  aloqalar bo‘yicha yangi magistratura dasturi (INMACOM) loyihasi doirasida boshqaruv qo‘mitasining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bryussel Vrije universitetida tashkil qilingan uchrashuvda Belgiyaning Gent universiteti, Italiyaning Turin politexnika universiteti bilan birgalikda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali, Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari hamda “O‘zbektelekom” AK, “Mir solar” MCHJ tashkilotlaridan mutaxassislar ishtirok etishdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/29309

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤6🔥2👏2
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙Talaba-yoshlarni ovoz yozish audiostudiyasiga taklif qilamiz!

🗣Siz ijodkormisiz? Qo‘shiq kuylash, she’r, monolog yoki hikoyalarni ovozlashtirishga qiziqasizmi? Unda Talabalar media-ijtimoiy va madaniyat maskani ovoz yozish studiyasi aynan siz uchun!

☑️Barcha turdagi audiolarni sifatli yozishga mo‘ljallangan zamonaviy studiyaga tashrif buyurib, o‘z ijodiy ishlaringizni bepul yozish imkoniyatidan foydalaning.

➡️ Manzil joylashuvi

📍Manzil: Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi, Talabalar media-ijtimoiy va madaniyat maskani

Audio studiya guruhiga qo‘shilish:

↪️https://t.me/joinchat/27rCZ3VNte9lY2Uy

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27❤7🔥3