Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik #oliy_taʼlim

O‘mon Sultonligi elchisi bilan oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov O‘mon Sultonligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Al Sayyida Vafo Jabr Nasser Al Busaydiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda tomonlar oziq-ovqat xavfsizligi, energetika, tibbiyot, sun’iy intellekt, muhandislik sohalarida qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, O‘monning Sulton Qobus universiteti bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligini kengaytirish, yurtimiz arab tili professor-o‘qituvchilari malakasini O‘mon oliygohlarida oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Elchi O‘zbekiston bilan oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik aloqalarini kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/29308

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤15🔥4🤔2
#inmacom

Erasmus+ dasturi INMACOM loyihasi bo‘yicha navbatdagi hisobot uchrashuv tashkil etildi

Belgiya qirolligining Bryussel shahrida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi O‘zbekistonda telekommunikatsiya mehnat bozori ehtiyojlarini qondirish uchun Fotonika va optik  aloqalar bo‘yicha yangi magistratura dasturi (INMACOM) loyihasi doirasida boshqaruv qo‘mitasining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bryussel Vrije universitetida tashkil qilingan uchrashuvda Belgiyaning Gent universiteti, Italiyaning Turin politexnika universiteti bilan birgalikda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali, Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari hamda “O‘zbektelekom” AK, “Mir solar” MCHJ tashkilotlaridan mutaxassislar ishtirok etishdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/29309

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤6🔥2👏2
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙Talaba-yoshlarni ovoz yozish audiostudiyasiga taklif qilamiz!

🗣Siz ijodkormisiz? Qo‘shiq kuylash, she’r, monolog yoki hikoyalarni ovozlashtirishga qiziqasizmi? Unda Talabalar media-ijtimoiy va madaniyat maskani ovoz yozish studiyasi aynan siz uchun!

☑️Barcha turdagi audiolarni sifatli yozishga mo‘ljallangan zamonaviy studiyaga tashrif buyurib, o‘z ijodiy ishlaringizni bepul yozish imkoniyatidan foydalaning.

➡️ Manzil joylashuvi

📍Manzil: Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi, Talabalar media-ijtimoiy va madaniyat maskani

Audio studiya guruhiga qo‘shilish:

↪️https://t.me/joinchat/27rCZ3VNte9lY2Uy

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27❤7🔥3
#voqealar_taqvimi

3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni


3-dekabr kuni Toshkent Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1- va 2-son kasb-hunar maktablarida sana munosabati bilan “Mehr-muruvvat insonni ulug‘laydi” mavzusida badiiy-musiqali tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, tuman hokimligi, kasbiy ta’lim muassasalariga biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari, shuningdek partiyalar vakillari hamda turli tashkilotlardan mehmonlar tashrif buyurishib, o‘quvchilarga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirishdi.

Ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan tadbirlarda o‘quvchilar tomonidan yaratilgan ijod namunalari ko‘rgazmasi, badiiy chiqish va kuy - qo‘shiqlar barchani qalbini xushnud etdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍34❤5🔥1👏1
#yashil_makon

“Ziyolilar bog‘i: Yashil iqtisodiyot yo‘lida yangi qadam”

Bugun, 4-dekabr kuni Yangi Andijon massivida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyat oliy ta’lim muassasalari rektorlari tashabbusi bilan “Ziyolilar bog‘i”ni barpo etish ishlari boshlandi.

Unda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligida viloyat mutasaddilari, oliy ta’lim muassasalaridan jami 300 ga yaqin professor-o‘qituvchi hamda ko‘ngilli talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Aksiya davomida viloyat oliy ta’lim muassasalari jamoasi 6 gektar maydonga 1000 ga yaqin manzarali va pavloniya daraxt ko‘chatlari o‘tqazdilar va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga o‘zlarining samarali hissasini qo‘shdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/29427

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍32❤7😁1