Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#seminar

Konstitutsiyaning 32 yilligi va yangi Mehnat kodeksiga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi


6-dekabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan vazirlik, tizim tashkilotlari, oliy hamda kasbiy ta’lim muassasalari xodimlari uchun ta’lim sohasida mehnat qonunchiligiga doir so‘nggi yangiliklarga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov ochib berdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ta’lim sohasiga bag‘ishlangan normalari hamda yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi talablariga rioya etilishini ta’minlash, undagi talablarning buzilishi holatlarining oldini olish va kerakli moddalarini qo‘llash bo‘yicha vazirlik tizimida yagona qonunchilik amaliyotini shakllantirish maqsadida 1500 nafardan ortiq xodimlari uchun seminar o‘tkazildi.

Seminarda Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari hamda soha mutaxassislari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍29🔥1
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦 🟦🟦

🇺🇿 “Mening Konstitutsiyam” viktorinasida qatnashib, bilimingizni sinovdan o‘tkazing!

Viktorinada respublikamizdagi oliy ta’lim tashkilotlari va professional ta’lim muassasalarining barcha talaba-yoshlari ishtirok etishi mumkin.


✅Viktorinada ishtirokchilarga “Google Form” platformasi orqali Konstitutsiyaga oid 50 ta test savollari beriladi. Testlarni ishlash uchun 50 daqiqa vaqt belgilanadi.

🏛 Viktorina savollariga eng birinchi va to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar viktorina g‘olibiga aylanadi. 1-, 2- va 3-o‘rin egalari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan, qolgan 10 nafar yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar esa vazirlikning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlanadi.

‼️Eslatib o‘tamiz, test savollari havolasi bugun soat 20:00 da @manaviyateduuz Telegram sahifasi orqali e’lon qilinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
#qutlov

Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir.


Prezident Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zoʻravonlikoqlanmaydi

⚡️Sizni ayblamasdan tinglashadi – zoʻravonliksiz hayot sari.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25🤔2🔥1
#xalqaro_hamkorlik #kasbiy_taʼlim

Kasbiy ta’limni rivojlantirishda xalqaro hamkorlik natijalari muhokama qilinib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi

6-dekabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirishga jalb qilingan 10 dan ortiq xalqaro hamkor tashkilotlarning 35 nafardan ortiq vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi rahbari Adham Xudoyqulov, Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasi hamkorlik bo‘limi rahbari Maykl Vimmer, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi department rahbari O‘tkir Alijonov hamda xalqaro loyihalar bilan ishlash bo‘yicha mas’ullar qatnashdi.

Yig‘ilish davomida kasbiy ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan YUNESKO, UNICEF, GIZ, Helvetas, Avestos, KfW, Darya kabi xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar tahliliy hisoboti, tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari xususida fikr almashildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/29651

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23❤6🔥1😁1
#qonunchilik_yangiliklari

Oliy ta’lim muassasalarida jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil etiladi.

“Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-421-son, 04.12.2024 y.) qabul qilindi.


Qarorga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan barcha davlat universitetlarida voleybol, basketbol, gandbol, regbi, chim ustida xokkey, suv polosi jamoaviy sport turlari bo‘yicha, boshqa davlat oliy ta’lim muassasalarida kamida 3 ta jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil etiladi.

2025/2026-o‘quv yilidan jamoaviy sport turlari bo‘yicha quyidagi sport musobaqalarini o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yiladi:

🟢“Maktab ligasi”;
🟢“Talabalar ligasi” va “Oliy ta’lim kubogi”;
🟢“Rektor kubogi”.

🏢 Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalarda kamida 3 ta jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil qilinadi.

✅Bunda jamoaviy sport turlari bo‘yicha idoraviy tashkilotlar kesimida “Rahbar kubogi”, mahalliy hokimliklar kesimida “Hokim kubogi” musobaqalari o‘tkazib boriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🔥2❤1🎉1