Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#mutolaa

Karomat (hikoya)


Hikoya xalqona voqealar bilan diniy va ijtimoiy masalalarni hayotiy qilib ko‘rsatgan. Bu nafaqat o‘qish uchun qiziqarli, balki o‘ylashga undaydigan asar hisoblanadi.

📖Hikoyani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18🎉5❤3🔥1
#infografika #faoliyat_noyabr

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil noyabr oyi davomidagi faoliyati, yutuqlari va muhim tadbirlari

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍1🔥1
#fan_sanoat_integratsiyasi

Fan va ishlab chiqarish integratsiyasi rivojlanmoqda

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetinida Xitoy Xalq Respublikasining "AUX GRUOP" va "UZCILMAT" kompaniyalari bilan bilan hamkorlikda oʻquv laboratoriyasi ochildi.

Mazkur oʻquv markazida talabalar maishiy texnika uskunalarini yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash, ekspluatatsiya qilish hamda ularga xizmat koʻrsatish kabi ishlarni amaliy jihatdan oʻrganishga imkoniyatiga ega boʻladilar. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida tajriba almashish va hamkorlik o‘rnatish imkoniyatlari yaratiladi.

AUX ACADEMYsida Mexanika muhandisligi fakultetining 4100 nafardan ortiq bakalavr va magistratura talabalari bevosita amaliyot oʻtash imkoniyatiga ega boʻladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤3🔥2
#tabrik

Hurmatli professor-oʻqituvchilar, aziz yoshlar, ilm-fan fidoyilari!

Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 32 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!

Konstitutsiyamiz – mamlakatimiz mustaqilligi, inson huquq va erkinliklari, barqaror taraqqiyot, erkin va adolatli jamiyatimizning mustahkam poydevori va kafolatidir.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizning barcha sohalarini, ayniqsa, taʼlim, fan va yoshlar bilan bogʻliq masalalarni qamrab olgan holda, jamiyatimizning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishida muhim rol oʻynaydi.

Konstitutsiyada belgilab qoʻyilgan huquqiy normalar va prinsiplar, ayniqsa, taʼlim tizimidagi islohotlar uchun keng yoʻl ochadi. Akademik erkinlik va ilmiy tadqiqotlarning rivojlanishiga qaratilgan tamoiyillar, yoshlar va professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar davlatning taʼlim sohasidagi olib borayotgan izchil va samarali siyosatida muhim ahamiyatga ega.

Konstitutsiyamizda belgilangan huquqiy tamoyillarga asosan bilim olish va innovatsiyalar sohasida yangi marralarni zabt etish yoʻlida barchangizga yangi yutuqlar tilaymiz!

Qoʻngʻirotboy Sharipov,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍60👏9🔥6❤3😱2
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni – “Hosil bayrami”!

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi barcha qishloq xoʻjaligi xodimlarini, mehnatsevar dehqon va fermerlarimizni hamda agrar sohada faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar, olimlarni ushbu muborak bayram bilan chin qalbdan tabriklaydi.

Qishloq xoʻjaligi sohasi mamlakatimizning iqtisodiy yuksalishi, oziq-ovqat xavfsizligi va turmush farovonligini taʼminlashda beqiyos oʻrin tutadi. Sizlarning fidoyi mehnatingiz, yangi texnologiya va innovatsiyalarni joriy etish borasidagi harakatlaringiz bu sohaning yanada taraqqiy etishiga yoʻl ochmoqda.

Hosil bayrami barchamiz uchun dasturxonimiz toʻkinligi va yurt obodligi ramzi boʻlib, mehnatlaringiz xalqimiz turmushiga baraka olib kelsin!

Sizlarga sihat-salomatlik, yangi yutuqlar, va yanada yuksak marralarni zabt etishda muvaffaqiyat tilab qolamiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍30👏10❤5🎉5🔥2
Oʻzbekiston va Rossiya: Ilgʻor innovatsiyalarni rivojlantirish yoʻlidagi hamkorlik

2024-yil 8-dekabr kuni Moskvadagi Skolkovo innovatsiya markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari Skoltexning maqsadli kapital jamgʻarmasi direktori Andrey Shket bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Toshkentdagi “Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki negizida ilgʻor kompetensiyalar boʻyicha pilot markaz — “Tortishish nuqtasi” (“Tochka prityajeniya”) loyihasining amaldagi holati va kelgusi rejalar muhokama qilindi. Tashabbus iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamda zamonaviy texnologiyalar asosida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi ilmiy-innovatsion hamkorlikni kengaytirish, Oʻzbekistonda zamonaviy texnoparklar va innovatsiya markazlarini yaratish boʻyicha istiqbolli rejalar koʻrib chiqildi. Tomonlar Skolkovo innovatsiya markazining tajribasini inobatga olgan holda, Oʻzbekistonda yuqori texnologiyali loyihalarni amalga oshirish uchun samarali yondashuvlar yuzasidan fikr almashdilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1👍33😁8🔥4🤔4👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus #final_bosqichi #talabalar

Ertaga “Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika final bosqichiga start beriladi


Joriy yilning 10-13-dekabr kunlari Qarshi shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Bellashuvlar turli sport turlari boʻyicha quyidagi manzillarda tashkil etiladi:

✅Qarshi davlat universitetida — mini-futbol, stritbol, stol tennisi;
✅Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida — voleybol;
✅Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida — voleybol va yengil atletika;
✅Qarshi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabida — stritbol.

Musobaqalar yuqori saviyada oʻtishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍33🔥4❤2