Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#tabrik

Hurmatli professor-oʻqituvchilar, aziz yoshlar, ilm-fan fidoyilari!

Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 32 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!

Konstitutsiyamiz – mamlakatimiz mustaqilligi, inson huquq va erkinliklari, barqaror taraqqiyot, erkin va adolatli jamiyatimizning mustahkam poydevori va kafolatidir.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizning barcha sohalarini, ayniqsa, taʼlim, fan va yoshlar bilan bogʻliq masalalarni qamrab olgan holda, jamiyatimizning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishida muhim rol oʻynaydi.

Konstitutsiyada belgilab qoʻyilgan huquqiy normalar va prinsiplar, ayniqsa, taʼlim tizimidagi islohotlar uchun keng yoʻl ochadi. Akademik erkinlik va ilmiy tadqiqotlarning rivojlanishiga qaratilgan tamoiyillar, yoshlar va professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar davlatning taʼlim sohasidagi olib borayotgan izchil va samarali siyosatida muhim ahamiyatga ega.

Konstitutsiyamizda belgilangan huquqiy tamoyillarga asosan bilim olish va innovatsiyalar sohasida yangi marralarni zabt etish yoʻlida barchangizga yangi yutuqlar tilaymiz!

Qoʻngʻirotboy Sharipov,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍60👏9🔥6❤3😱2
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni – “Hosil bayrami”!

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi barcha qishloq xoʻjaligi xodimlarini, mehnatsevar dehqon va fermerlarimizni hamda agrar sohada faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar, olimlarni ushbu muborak bayram bilan chin qalbdan tabriklaydi.

Qishloq xoʻjaligi sohasi mamlakatimizning iqtisodiy yuksalishi, oziq-ovqat xavfsizligi va turmush farovonligini taʼminlashda beqiyos oʻrin tutadi. Sizlarning fidoyi mehnatingiz, yangi texnologiya va innovatsiyalarni joriy etish borasidagi harakatlaringiz bu sohaning yanada taraqqiy etishiga yoʻl ochmoqda.

Hosil bayrami barchamiz uchun dasturxonimiz toʻkinligi va yurt obodligi ramzi boʻlib, mehnatlaringiz xalqimiz turmushiga baraka olib kelsin!

Sizlarga sihat-salomatlik, yangi yutuqlar, va yanada yuksak marralarni zabt etishda muvaffaqiyat tilab qolamiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍30👏10❤5🎉5🔥2
Oʻzbekiston va Rossiya: Ilgʻor innovatsiyalarni rivojlantirish yoʻlidagi hamkorlik

2024-yil 8-dekabr kuni Moskvadagi Skolkovo innovatsiya markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari Skoltexning maqsadli kapital jamgʻarmasi direktori Andrey Shket bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Toshkentdagi “Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki negizida ilgʻor kompetensiyalar boʻyicha pilot markaz — “Tortishish nuqtasi” (“Tochka prityajeniya”) loyihasining amaldagi holati va kelgusi rejalar muhokama qilindi. Tashabbus iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamda zamonaviy texnologiyalar asosida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi ilmiy-innovatsion hamkorlikni kengaytirish, Oʻzbekistonda zamonaviy texnoparklar va innovatsiya markazlarini yaratish boʻyicha istiqbolli rejalar koʻrib chiqildi. Tomonlar Skolkovo innovatsiya markazining tajribasini inobatga olgan holda, Oʻzbekistonda yuqori texnologiyali loyihalarni amalga oshirish uchun samarali yondashuvlar yuzasidan fikr almashdilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1👍33😁8🔥4🤔4👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus #final_bosqichi #talabalar

Ertaga “Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika final bosqichiga start beriladi


Joriy yilning 10-13-dekabr kunlari Qarshi shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Bellashuvlar turli sport turlari boʻyicha quyidagi manzillarda tashkil etiladi:

✅Qarshi davlat universitetida — mini-futbol, stritbol, stol tennisi;
✅Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida — voleybol;
✅Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida — voleybol va yengil atletika;
✅Qarshi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabida — stritbol.

Musobaqalar yuqori saviyada oʻtishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍33🔥4❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
10 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Bugun xalqimizning mangu qoʻshigʻi — madhiyamiz yaralgan kun. Madhiya — milliy gʻururimiz, istiqlolimiz va istiqbolimiz timsoli. Mustaqillik va birdamligimiz ramzi. U yana bir karra bizni Vatanimizdan gʻururlanishga, uni sevishga, mustaqilligimizni yanada mustahkamlashga chorladi.

Davlatimiz madhiyasi Abdulla Oripov so‘zi, Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan va 1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍36👏24❤3🎉2🤔1
#Besh_tashabbus

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi tashabbusi bilan Qarshi davlat universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarining respublika final bosqichiga start berildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28😱6❤4🔥4
✅ #Olimlar_minbari
02–08.12.2024

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Taʼlim va ilmiy rivojlanish yoʻlidagi yangi davr” — Qoʻngʻirotboy SHARIPOV, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri;

“Matonat sohibalari xalqimiz eʼtiborida, davlatimiz himoyasida” — Shuhrat TESHAYEV, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori, professor;

«Реализуя концепцию «Новый Узбекистан - просвещенное общество»» — Баходиржон Шермухаммадов, ректор Ферганского государственного университета, профессор;

«Образование – важная инвестиция Нового Узбекистана» — Мухиддин КАЛОНОВ, ректор Навоийского государственного университета, профессор;

“Teatr ibratxonadir. Qаror yuksalishning yangi davriga yo‘l ochmoqda” — Nodirbek SAYFULLAYEV, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori, professor;

“Isbotlanmagan ayb — isbotlangan aybsizlikka teng” — Mirzayusup RUSTAMBOYEV, Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi, professor;

“Ona tabiat – insoniyatning umumiy uyi. Uni asrab qolaylik!” — Bahodirjon ShERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori professor;

“Ma’naviy buyuk xalq iqtisodiy tomondan ham buyukdir” — Feruza IKROMXONOVA, Toshkent davlat pedagogika universiteti prorektori;

«Избежать эффекта бабочки: на пути к зеленому будущему» — Гузалхон АХМЕДОВА, доцент кафедры ТГЮУ, доктор юридических наук;

“Madaniy, ilmiy va texnikaviy taraqqiyot kafolati” — Erkin MUSURMONOV, Samarqand davlat chet tillar instituti kafedra mudiri;

«Зеленый поворот в сторону устойчивого развития» — Илдар ЯКУБОВ, преподаватель УМЭД, кандидат политических наук;

“Suv – insoniyat uchun hayot-mamot masalasi” — Muhammad Ali SAIDOV, Toshkent davlat agrar universiteti professori;

«Прочный фундамент для образовательных инноваций» — Норим РАХМОНОВ, руководитель департамента Ташкентского государственного экономического университета, профессор;

“Huquq va burchlar qomusi” — Rahmon QO‘CHQOROV, Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti;

«Забота и уважение к родителям - основа нравственности узбекского народа» — Насиба Ниязова, и.о. профессора ТГЮУ, кандидат педагогических наук.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤3🤩2😁1😱1
#yengillik #chegirma

⚡️O‘quvchi
-talabalar uchun aviachiptalarga chegirmalar e’lon qilindi

“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan qishki ta’til arafasida o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari uchun mahalliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma beriladi. Chegirma 2024-yil 23-dekabrdan boshlab 2025-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

50% gacha chegirmali aviachiptani Toshkentdagi Uzbekistan Airways Sales filialida, uning agentlaridan O‘zbekiston hududida va booking.uzairways.com saytida xarid qilishingiz mumkin.

❗️Chegirma davlat muassasalarida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etiladi.

Batafsil: www.uzairways.com.
___

Объявлены скидки на авиабилеты для студентов и учащихся

В преддверии зимних каникул Uzbekistan Airways объявила 50% скидку от тарифов на все внутриреспубликанские рейсы для студентов (учащихся) средних специальных, профессиональных и высших образовательных учреждений. Скидка распространяется на рейсы, выполненные с 23 декабря 2024 года по 7 января 2025 года.

Приобрести авиабилет со скидкой до 50% можете уже сейчас в филиале Uzbekistan Airways Sales в Ташкенте, у его агентов на территории Узбекистана и на сайте booking.uzairways.com.

❗️Скидка предоставляется на основании документа, подтверждающего обучение в государственном учреждении.

Подробно: www.uzairways.com.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍30❤1😁1
4️⃣4️⃣4️⃣

❗️Diqqat, viktorina!

Oyina.uz portali Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi madhiyasining 32 yilligi munosabati bilan “Adolat ovozi” viktorinasini oʻtkazadi.

Viktorina 2024-yil 10-dekabr kuni soat 16:00 da boshlanib, 20:00 ga qadar davom etadi. Ishtirokchilar Konstitutsiya va madhiyamizga doir 15 ta test savoliga (har bir savolga 20 soniya) javob berishlari kerak. Savollarga eng tez va eng koʻp toʻgʻri javob bergan 3 nafar ishtirokchi gʻolib deb topiladi va quyidagicha taqdirlanadi:

1-oʻrin – Smart soat (XO-M8 mini);
2-oʻrin – Quloqchin (A997BL);
3-oʻrin – Powerbank (XO-PR205).


Viktorinada ishtirok etish uchun @oyina_quiz_bot dan roʻyxatdan oʻting va bayramni sovgʻalar bilan kutib oling!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🔥4❤2