Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xizmat_safari #Qashqadaryo

Qarshi shahrida oʻtkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” ommaviy sport musobaqalari final bosqichida kuchlilar saralanmoqda.

11-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Qarshi davlat universitetida boʻlib, musobaqaning mini futbol, stol tennisi va stritbol bellashuvlarini bevosita kuzatdi.

Musobaqa ishtirokchilari va ularning murabbiylari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirilib, sportchi talabalarga qulayliklarni ko‘paytirish, havo sovushi munosabati bilan ularning salomatliklariga yanada jiddiy e’tibor qaratish lozimligi alohida takidlandi.

Shu bilan bir qatorda talabalar turar joylarida issiqlik va elektr energiyasini uzliksizligini ta’minlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

Besh tashabbus olimpiadasi respublikamizning barcha hududlaridan minglab yigit-qizlarni Qarshi shahrida jamladi!


Guruhlar, fakultetlar, oliygohlar hamda hududlararo 4 bosqichda oʻtgan musobaqalarda toblangan, saralangan epchil va zukko yosh sportchilar finalda yuzlashishdi.

Olimpiadaning respublika bosqichida mini-futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika, stritbol boʻyicha oʻtgan murosasiz bellashuvlarda jami 574 nafar talaba-yoshlar qatnashib, eng munosiblar aniqlanmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤4
#Yil_ayoli

UrDPI rektori “Yil ayoli” milliy tanlovining viloyat bosqichi gʻolibi bo'ldi

“Yil ayoli” milliy tanlovining Xorazm viloyat bosqichida Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madrahimova 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.

“Yil ayoli” tanlovi yurtimiz rivojlanishiga hissa qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada farzand tarbiyasida ibrat boʻlishi bilan birga ijtimoiy faol xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍36🎉5👏4🔥3🥰1
#xizmat_safari #Qashqadaryo

11-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Shahrisabz shahar 1-son politexnikumi sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.

Xususan, o‘quv binosining holati, o‘quv auditoriya va amaliy mashg‘ulot xonalari hamda o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari politexnikumida Germaniyaning “Avestos” kompaniyasi bilan tashkil etilgan loyiha faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Mazkur kasbiy ta’lim tashkilotida mashinasozlik, xizmat ko‘rsatish va qurilish sohalarida kasb egallayotgan yoshlarga chet tili sifatida nemis tili ham o‘qitilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤10🔥2
#mutolaa

G‘aroyib o‘g‘irlik (hikoya)


Hikoyada hazil orqali tartibsizlik, mantiqsizlik va samarasizlik naqadar kulgili oqibatlarga olib kelishi ko‘rsatilgan. Bu hikoya orqali Tven jamiyat muammolariga o‘ziga xos tarzda e’tibor qaratgan.

📖Hikoyani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤2🔥1😁1