Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
4️⃣4️⃣4️⃣

⚡️Umumta’lim fanlaridan 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlarining o‘tkazilish muddatlari e’lon qilindi

🔠 Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.

🧑‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📱 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

🗓 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.👆

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤2🔥1
#dayjest #zo‘ravonlik

Oliy ta’lim muassasalarida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik” tadbirlari doirasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda

🔹Farg‘ona davlat universiteti;

🔸Qarshi davlat universiteti;

🔹Navoiy innovatsiyalar universiteti;

🔸Termiz davlat pedagogika instituti;

🔹Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

🔸Termiz davlat universiteti;

🔹Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali;

🔸Namangan davlat chet tillari instituti;

🔹Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;

🔸O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali;

🔹Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

🔸Toshkent davlat pedagogika universiteti;

🔹Urganch davlat universiteti;

🔸Andijon davlat universiteti;

🔹Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

🔸Jizzax davlat pedagogika universiteti;

🔹Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

🔸Samarqand davlat universiteti Urgut filiali;

🔹Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

🔸O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali;

🔹Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

🔸Qoraqalpoq davlat universiteti;

🔹Andijon davlat pedagogika instituti;

🔸Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali;

🔹Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali;

🔸Guliston davlat universiteti;

🔹Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤4🔥3👏1
4️⃣4️⃣4️⃣

⚡️⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasidagi Intellektual olimpiadaning respublika bosqichi bo‘lib o‘tadigan sanalar ma’lum bo‘ldi!

📆 Musobaqaning respublika bosqichi 17–20-dekabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

💰 Ma’lumot uchun, musobaqa doirasida 6 ta yo‘nalish g‘oliblariga jami 900 million so‘mlik sovrin jamg‘armasi ajratilgan. Shuningdek, Intellektual olimpiadada umumjamoa hisobida g‘olib bo‘lgan jamoalar oliygohlariga Prezident sovg‘asi taqdim etiladi.

ℹ️ Musobaqa haqida batafsil bu yerda👈
📄 Turnir nizomi bu yerda👈

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤1🔥1👏1
#xalqaro_hamkorlik

Professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlashning zamonaviy mexanizmlari xalqaro ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi

11-dekabr onlayn shaklda tashkil etilgan muhokamada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullari, vazirlik huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda mintaqaviy va tarmoq markazlari vakillari, shuningdek, 10 dan ortiq xalqaro hamkor tashkilotlarning 30 nafardan ortiq mutaxassislari ishtirok etdi.

Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori U.Begimqulov so‘zga chiqib, yig‘ilish ishtirokchilarini tayyorlangan takliflar bilan tanishtirdi. Bundan tashqari, loyiha bo‘yicha xorijlik mutaxassislarning fikr va mulohazalari tinglandi.

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/30036

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤2👏2🔥1😁1
#jarayon #universiada2024 #gandbol

🤾🏻‍♂️“Universiada-2024” respublika bosqichida gandbol bo‘yicha jamoalar ilk o‘yinlarini o‘tkazishdi


Nukus shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalarining (yigitlar) “Universiada-2024” sport musobaqasining qo‘l to‘pi (gandbol) bo‘yicha final bosqichidan o‘rin olgan yoshlar birinchiligi o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqa finali bosqichida 4 ta guruhga bo‘lingan holda 14 ta jamoa o‘zaro bellashmoqda. Bugun ishtirokchi jamoalar ilk uchrashuvlarida maydonga tushishdi. Natijalar bu yerda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#faoliyat

📹“O‘zbekiston” telekanalining “O‘zbekiston uchinchi renessans ostonasida” ko‘rsatuvi orqali Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisining bugungi kundagi faoliyati, maqsad va vazifalari, amalga oshirilayotgan ishlari haqida tanishing.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11👏2❤1🔥1😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus
#Qarshi

Hindistonlik talaba “Besh tashabbus olimpiadasi”da gʻolib boʻldi

“Besh tashabbus olimpiadasi” nafaqat yurtdoshlarimizni, balki xorijlik talabalarni ham qizgʻin sport bahslariga chorladi. Toshkent tibbiyot akademiyasining 2-bosqich talabasi Tomas Retush Allen stol tennisi boʻyicha oʻtkazilgan bellashuvlarda faol qatnashib, 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

“Oliy taʼlim va sport sohasida havas qilarli oʻzgarishlarga guvoh boʻlyapman, Oʻzbekiston talabasi ekanimdan gʻururlanaman” – dedi Tomas bellashuvdan soʻng oʻz fikrlarini bildirar ekan.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1👍25👏7😁7🔥1
#xushxabar #TOP_reyting #QS

⚡️O‘zbekistonning 7 ta oliygohi QS agentligining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish sohasidagi eng yaxshi universitetlar reytingidan joy oldi 

10-dekabr kuni oliy ta’lim sohasidagi global tahlil agentligi QS Quacquarelli Symonds 2025-yil uchun Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha jahondagi eng sara universitetlar reytingi – “QS Sustainability Rankings 2025”ni e’lon qildi. 

Dunyoning ikki mingga yaqin universitetlarini qamrab olgan mazkur reytingdan O‘zbekistonning yettita universiteti joy oldi. Ulardan bittasi o‘tgan yilgi o‘z o‘rnini yaxshilagan bo‘lsa, to‘rttasi reytingga birinchi marta kiritildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/30035

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍38🔥8👏2🤩2
#natija

⚡️Bakalavriat bo‘yicha Prezident hamda nomli davlat stipendiyalari g‘oliblari tasdiqlandi!

2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 83 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘ldi.

Tanlovda ishtirok etib, sovrindor bo‘lmagan talabalar ham tegishli OTM rahbari (rektor/direktor) tomonidan rag‘batlantiriladi.

Jumladan:
- Prezident davlat stipendiyasi talabgorlari sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari;
- nomli davlat stipendiyalari talabgorlari esa, sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.

Ma’lumot uchun, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Prezident stipendiyasi g‘oliblari vazirlik Hay’atida tasdiqlangandan so‘ng e’lon qilinadi.

💐Barcha stipendiat talabalarimizni chin dildan muborakbod etamiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍98❤16🥰6😁4🤩3
Yengil sanoatdagi natijalar va takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev toʻqimachilik va charm sanoatidagi islohotlar natijadorligini yanada oshirish chora-tadbirlari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Yig‘ilishda charm sanoatida bichuvchi, tikuvchi, kosib kabi o‘rta bo‘g‘in kadrlari yetishmayotgani, bu yo‘nalishda yiliga bor-yo‘g‘i 167 nafar mutaxassis tayyorlanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bois, poyabzal ishlab chiqarish rivojlangan Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi yetakchi korxonalarni texnikumlarga bog‘lab, “dual ta’lim”ni yo‘lga qo‘yish zarurligi aytildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23🔥5❤4