Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Besh_tashabbus_olimpiadasi #natija

Respublika oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasidagi “Besh tashabbus olimpiadasi” ommaviy sport musobaqalarining final bosqichi yakunlandi.


Bellashuvlar sportning mini futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika, stritbol turlari boʻyicha boʻlib oʻtdi. Final bosqichida umumiy hisobda 574 nafar sportsevar yoshlar ishtirok etdi.

Bugun barcha gʻolib va sovrindorlarga diplomlar, medallar va kuboklar topshirildi.

Taqdirlash marosimida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Sport vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi, viloyat hokimligi rahbar va masʼul xodimlari, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirda soʻz olganlar ushbu olimpiada jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdilar.

Sport musobaqalarining barcha natijalari ushbu havolada.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍41🤩4🔥3👏3🎉3
#mutolaa

Yashashga haqingiz bor (hikoya)


“Yashashga haqingiz bor” hikoyasi insonning yashash huquqi va jamiyatdagi adolatsizliklarga qarshi kurashish haqidagi chuqur ma’noni aks ettiradi. Inson o‘z hayotini himoya qilish yoki erkin yashash uchun ichki kuch va jasorat topishi bilan bog‘liq voqealar tasvirlanadi. Ushbu hikoya insoniy qadriyatlarni, ijtimoiy tenglikni va hayotning muqaddasligini ulug‘laydi.

📖Hikoyani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27🔥5❤4👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#islohotlar_samarasi #medialoyiha

Matonat

✨Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamkorlikda “Matonat” loyihasini taqdim etdi.

Mazkur ko‘rsatuv “Parij-2024” yozgi paralimpiya o‘yinlari g‘oliblari, chempionlarimiz haqida hikoya qiladi.

🎬 Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🔥3😁1😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ixtiro

⚡️Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professor-o’qituvchisi Mirzo Narziyev tomonidan ko‘mir yoqilg‘isi yordamida isitish qozoni dud bo‘ronidan chiqayotgan zararli gazlarni xemosorbsiya usulda tozalash texnologiyasi yaratildi.

✅Ushbu texnologiya yordamida tutun maxsus filtrda saqlab qolinadi. Shuningdek, tutun tarkibidagi suvda eriydigan barcha zaharli hid beruvchi komponentlar eritilib, tozalanib atmosferaga chiqarib yuboriladi.

Batafsil yuqoridagi lavhada tanishishingiz mumkin
👆

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
51👍59👏16🤔2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_olimpiada

Dunyoning yuzdan ziyod tibbiyot oliygohlari talabalari Samarqandda jam boʻldi

Samarqand davlat tibbiyot universitetida 13-14-dekabr kunlari tibbiyot oliy taʼlim muassasalari talabalarining V Xalqaro olimpiadasi boʻlib oʻtmoqda. Unda Germaniya, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Malayziya, Belarus, Ukraina, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston kabi yigirmaga yaqin davlatlarning yuzdan ziyod universitetlarida tahsil olayotgan 750 nafarga yaqin talaba oflayn hamda 4000 nafarga yaqini onlayn formatda ishtirok etmoqda.

Olimpiadaning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov talaba-yoshlarga video tabrik yo‘llab, muvaffaqiyat tiladi.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/30267

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤7🔥1
#konferensiya

O‘zbеkiston davlat san’at va madaniyat institutida Mamajon Rahmonov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi hamda “Integratsion va transformatsion jarayonlarda san’atshunoslik fani va ta’limining dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Anjumanda e’tirof etilganidek, akademik, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan fan arbobi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Mamajon Rahmonov yurtimiz teatr san’ati rivojiga ulkan hissa qо‘shgan. Shuningdek, u davlat va jamoat arbobi sifatida ham keng jamoatchilikka yaxshi tanish edi.


Batafsil👈

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍34❤5😁3🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kasbiy_taʼlim #dual_taʼlim

Andijon viloyatidagi bir qator korxona hamda tashkilotlarda amaliyot jarayonlarini tashkil etish hamda dual ta’lim sifatini o‘rganish va tajriba olish maqsadida Namangan viloyatidan bir guruh kasbiy taʼlim tashkilotlari direktorlaridan iborat delegatsiya Andijonda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10🔥2❤1😁1
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🗣Jadidlar haqida insholar tanlovi

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida insholar tanlovini e’lon qiladi.

↪️Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi: oliy ta’lim muassasasi va respublika bosqichi;
↪️Insholar tanlovi 2 xil: “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida o‘tkaziladi;
↪️Har bir mavzu bo‘yicha alohida o‘rinlar belgilanadi.

🔷 Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:


🥇1-o‘rin – 8 000 000 so‘m;
🥈2-o‘rin – 6 000 000 so‘m;
🥉3-o‘rin – 5 000 000 so‘m;

☑️Tanlovning birinchi bosqichi 2025-yil yanvar oyining ikkinchi o‘n kunligida, yakuniy respublika bosqichi esa 2025-yilning fevral-mart oylari davomida o‘tkaziladi.

➡️Tanlov nizomini o‘qish

⏺Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin.

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🔥7🎉3❤2😱2