Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#natija #universiada2024

Sportning qo‘l to‘pi turi bo‘yicha “Universiada - 2024” g‘olib va sovrindorlari ma’lum bo‘ldi


Qoraqalpoq davlat universitetining sport bazasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Universiada-2024” respublika sport musobaqasi doirasida qo‘l to‘pi (gandbol) bo‘yicha yoshlar birinchiligining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizning 14 ta jamoasi qatnashgan ushbu musobaqa finalida Surxondaryo va Toshkent viloyati jamoalari uchrashdi. O‘yin Toshkent viloyati gandbolchilarining 38:34 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlanib, ular 2024-yilgi “Universiada” chempioni degan sharafli nomni qo‘lga kiritishdi.

Uchinchi o‘rin uchun kechgan uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi Andijon viloyati yoshlarini 36:26 hisobida dog‘da qoldirdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16👏3🔥2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#targʻibot #taʼlim #turizm

Daniyada “O‘zbekistonning bebaho merosi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

2025-yil Samarqandda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti delegatsiyasi tomonidan Daniya Qirolligida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Joriy yilning 13-dekabr kuni Daniya Qirolligining Orxus universitetida delegatsiya tomonidan “O‘zbekistonning bebaho merosi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida hikoya qiluvchi taqdimotlar, milliy hunarmandchilik va miniatyura, mahalliy shirinliklar va non mahsulotlari namunalari ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Tadbirda Daniyaning turli rasmiy tashkilotlari rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, mazkur tadbirlar davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixi, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini xorijiy davlatlarda keng targ‘ib qilish hamda ular bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishda o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajarmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍28🔥3🥰2👏2🎉1
#Taʼziya

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, birinchi darajali mehnat fidoyisi Mambetnazarov Bisenbay Satnazarovich 81 yoshida vafot etdi.

U mehnat yo‘li davomida bir necha shogirdlarni tayyorladi. O‘ziga topshirilgan har bir vazifaga mas’uliyat bilan qarab, qishloq xo‘jaligi fani rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan fidoyi inson edi.

Marhumning oila a’zolari, yaqinlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi nomidan chuqur hamdardlik bildiramiz.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤29👍14😱6🔥5🤔1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25❤2
⚡️O‘zbekiston Qahramoni Shavkat Ayupov Fanlar akademiyasi prezidenti bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Shavkat Abdullayevich Ayupov O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining prezidenti lavozimiga tasdiqlandi.

Eslatma o‘rnida, Shavkat Ayupov (1952- yilda tug‘ilgan) – fizika-matematika fanlari doktori. Oliy Majlis Senati a’zosi. 2021-yilda O‘zbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍97❤8🔥4😁4👏2
#Vazir_va_yoshlar

Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov yoshlar bilan uchrashadi


⚡️“Yoshlar forumi” tadbirlari doirasida ertaga, 17-dekabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning yosh xodimlar va mahalla yoshlari ishtirokida uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

✅Tadbirda ishtirok etish istagini bildirgan barchani soat 14:00 da Yoshlar ijod saroyida kutamiz. Shuningdek, taklif va murojaatlaringizni yoshlarforumi.uz sayti va vazirlikning @eduuzuniversalbot'i orqali ham yo‘llashingiz mumkin!

#Yoshlarforumi2024 #Yoshlaruchrashuvi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍35🔥3❤1👏1
#mutolaa

Munchoq (hikoya)


Salim Ashurning “Munchoq” hikoyasi oddiy buyum – munchoq orqali insoniy munosabatlar va tuyg‘ularni tasvirlaydi. Hikoya kichik detallar yordamida katta hayotiy haqiqatlarni ochib beradi va o‘quvchini o‘ylashga undaydi.

📖Hikoyani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍33🔥4❤2👏2😱2
#ilmiy_loyihalar_tanlovi

🟦🟦🟦

Belarus Respublikasi Fan va texnologiyalar qo‘mitasi bilan hamkorlikda Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar bo‘yicha “O‘zbekiston-Belarus” xalqaro qo‘shma tanlovi

Tanlov 11 ta fan yo‘nalishida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (Loyiha.ilmiy.uz) orqali 2025-yilning 15-fevralga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

🌐Batafsil
Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27👏3🔥2
✅#Olimlar_minbari
09–15.12.2024

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“O‘zlikni anglash saodati yoxud yurtimiz taraqqiyotining ustunlari” — Sarvarxon BUZRUKXONOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari;

“Ma’naviyat va iqtisodiyot – ikki tayanch ustun” — Shuhrat SIROJIDDINOV, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik;

“Kadrlar raqobatdoshligi amaliyot jarayonini to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liq” — Shavkat HASANOV, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rektori, professor;

“Mehr-muruvvat va g‘amxo‘rlik – iqtidorga qanot” — Shuhrat SIROJIDDINOV, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti unversiteti rektori, akademik;

“Yorug‘ kelajakni bilimli va salohiyatli yoshlar barpo etadi” — Azizbek HASANOV, Termiz davlat pedagogika instituti rektori, professor;

«Путь к успеху, или адаптация к новым вызовам» — Отабек ЮСУПОВ, проректор Узбекского государственного университета мировых языков;

«Что лежит в основе роста национальной экономики» — Жасурбек АТАНИЯЗОВ, декан Ташкентского государственного экономического университета;

“Iqtisodiyot barqarorlik omili” — Bozorboy BERKINOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

“Komil tarbiyada musiqaning o‘rni, ma’naviy yuksalishga qaratilayotgan e’tibor zamiridagi hayotiy haqiqatlar” — Xayrulla LUTFULLAYEV, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori;

«Высшее образование - ключевой элемент в достижении ЦУР» — Рано АЗИМБАЕВА, доцент Ташкентского государственного экономического университета;

«Реформа конституции и ее влияние на социально экономическое развитие Узбекистана» — Темурбек ПУЛАТОВ, преподаватель кафедры Ташкентский государственный юридический университет;

«Не дать коррупции разъесть все общество: в борьбу включаются парламентарии» — Дилафруз СУФИЕВА, старший преподаватель ТГЮУ доктор философии (PhD);

“Ta’limsiz, ilm-fan rivojisiz taraqqiyot bo‘lmaydi” — Zulfiya PO‘LATOVA, Jamoat xavfsizligi universiteti o‘qituvchisi, PHD.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#aksiya

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti “Toza likopcha” aksiyasiga
start berdi

Aksiya barchani to‘g‘ri va me’yorida ovqatlanish hamda yegulikni ortiqcha uvol qilmaslikka chaqiradi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍34😁9🔥8😱2🤔1
#ilmiy_loyihalar_tanlovi

🟦🟦🟦

Turkiya Respublikasi Ilmiy va texnologik tadqiqotlar kengashi (TUBITAK) bilan hamkorlikda Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar bo‘yicha “O‘zbekiston-Turkiya” xalqaro qo‘shma tanlovi

Tanlov 17 ta fan yo‘nalishida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (Loyiha.ilmiy.uz) orqali 2025-yil 14-martga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

🌐Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25❤4🔥2🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlarforumi2024 #Vazir_yoshlar_uchrashuvi

😎Ayni damda Yoshlar ijod saroyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37❤7🥰2👏2😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖌 Ogahiy tavalludiga 215 yil to‘ldi

🤩 Urganch davlat pedagogika institutida “Muhammadrizo Ogahiy ijodining bugungi avlod taʼlim va tarbiyasidagi beqiyos o‘rni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Anjuman tafsilotlari Xorazm MTRKning “Assalom, Xorazm!” dasturida.

Ogahiy Xiva xonligi davrida turkiy tilda eng ko‘p bitilgan nazmiy va nasriy asarlarning muallifi, turkiy til tarjimonlik maktabining ijodkori va peshqadami edi.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤4🔥2👏1
#Yoshlarforumi2024 #Vazir_yoshlar

Vazir yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

17-dekabr kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipovning yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda 300 dan ortiq faol yoshlar, jumladan, talabalar, yosh olimlar, doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi. Tadbir yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ijodiy tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va ilmiy izlanishlarini ragʻbatlantirishga qaratilgan ochiq muloqot tarzida oʻtdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/30604

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤5🔥3😁3