Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Intellektual_olimpiada

Ayni vaqtda oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasidagi Intellektual olimpiada doirasida Breyn-ring o‘yinining 2-saralash bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. O‘yin jonli efirda translyatsiya qilinmoqda.

👉🏻 Translyatsiyaga qo‘shilish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤5🔥1
#ogohlik

🔥 Is gazi va yong‘in xavfidan ogoh bo‘ling. Xavfsizlik qoidalariga amal qiling!

➖ nosoz, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang;

➖ isitish pechlari va dudburonlarning sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini nazoratga oling;

➖ gaz plitalaridan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;

➖ xonalarni vaqti-vaqti bilan shamollatib turing;

➖ isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;

➖ gaz uskunalarini rezina shlanglar orqali ulamang;

➖ tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;

➖ isitish moslamalari yaqinida tez yonuvchi buyumlarni saqlamang.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤5🔥1😁1
#diqqat_tanlov

🟦🟦🟦

Turkiyaning “BALIKESIR” universitetiga yosh olimlar stajirovka uchun yuboriladi!

Shu maqsadda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiya Respublikasiga oliy darajadagi tashrifi doirasida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi (Yo‘l xaritasi)da Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida yosh olimlarni xorijiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish uchun maqdasli tanlov eʼlon qilindi.

Unga ko‘ra 2025-yil davomida 30 kunlik muddatga stajirovka o‘tash uchun 40 nafar yosh olim saralab olinadi.

Oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchi nomzodlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni 2025-yilning 31-yanvar sanasiga qadar (edo.ijro.uz, info@ilmiy.uz yoki mininnovation@exat.uz elektron manzili orqali) Agentlikka taqdim etishlari mumkin.

🌐Batafsil

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27🔥4🎉4🤩2😁1
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri bilan tanishdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤4🔥4
#qonunchilik_yangiliklari

Endi bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etiladi

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlandi.


Hujjatga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etish amaliyoti joriy qilinadi.

Qaror bilan oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar ham tasdiqlandi.

Shuningdek, quyidagilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilishi belgilandi:

➡️oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining attestatsiyasini tashkil etishda ish beruvchi korxona va tashkilotlarga har tomonlama uslubiy jihatdan ko‘maklashish hamda ularning bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
➡️kasbiy ta’lim tashkilotlarida attestatsiyani tashkil etishdan kamida bir oy oldin manfaatdor vazirlik va idoralar takliflari asosida bitiruvchilarning attestatsiyasi o‘tkaziladigan korxona va tashkilotlar hamda ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini tasdiqlash va e’lon qilish;
➡️2025-yil 1-yanvardan boshlab kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining malakasini oshirish o‘quv rejalariga “Germaniya tajribasi” asosida bitiruvchilarni baholash bo‘yicha o‘quv kursini kiritish.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤2😱2😁1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yosh_ixtirochi #medialoyiha

👍40 kunda 5000$ ishlab topgan talaba

Vaqtni behudaga o‘tkazmaslik kerak. Insonning qo‘lidan ko‘p ish keladi, faqat unga xohish, qiziqish, ozgina sabr va matonat kerak, xolos.


Farg‘ona politexnika instituti tomonidan yo‘lga qo‘yilgan yangi medialoyiha — “Yosh ixtirochilar” loyihasining navbatdagi qahramoni Rahmatillo Ismoilov. U oʻz tirishqoqligi va ilmi bilan muvaffaqiyatlarga erishayotgan institutning yosh ixtirochilaridan biridir.

📹Batafsil intervyuda 👆

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥27👍11👏4🎉3❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kasbiy_taʼlim

Dual ta’lim bo‘yicha tajriba almashilmoqda


Dual ta’lim sifatini o‘rganish va tajriba olish maqsadida Namangan viloyati kasbiy taʼlim tashkilotlari direktorlaridan iborat delegatsiya Andijonda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

📹Batafsil videolavhada

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤2
#jarayon

🏆 Intellektual olimpiadaning Erudit-kvartet yo‘nalishi sovrindorlari aniqlandi:

🥇 1-o‘rin: Farg‘ona davlat universiteti
🥈 2-o‘rin: Namangan davlat universiteti
🥉 3-o‘rin: University of science and technology

Ertaga Intellektual olimpiadaning eng nufuzli yo‘nalishi — Zakovat o‘yini start oladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍33🔥7❤3😁3👏2