Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#davra_suhbati #topshiriq_ijrosi #sarhisob

Kambag‘al oila reyestridagi oilalar farzandlarining oliy ta’lim olishlarini ta’minlash oldimizdagi ustuvor maqsadlarimizdan biridir


Joriy yilning 13-dekabr kuni davlatimiz rahbari raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Unda mamlakatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan edi.


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasida “Ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev tizimda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.

Jumladan, endilikda kambag‘al oila reyestridagi talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 80 foizdan yuqori bo‘lganda, keyingi o‘quv yili uchun davlat granti, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lsa, foizsiz kredit taqdim etilishi rejalashtirilgan. Grantlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ko‘ra taqdim etilishi, ushbu toifadagi yoshlarni dasturlarni yuqori o‘zlashtirishlariga undovchi mexanizm bo‘lib, kelgusida ularning yetuk mutaxassis bo‘lishiga zamin yaratiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27🔥2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bosh maqsad - boshqaruv, fan, ta’lim va ishlab chiqarish uyg‘unligi orqali farmatsevtika tarmog‘ini yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarish.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥 🟩🟩🟩

🏛Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talabalar o‘rtasida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovini eʼlon qildi.

✔️Tanlov 4 bosqichda o‘tkazilib, unda barcha oliy ta’lim muassasalarining 10 nafargacha talaba-yoshlaridan tashkil topgan terma jamoalari ishtirok etishlari mumkin.

☑️Tanlov g‘olibi bo‘lgan jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇-o‘rin – 50 million so‘m;
🥈-o‘rin – 30 million so‘m;
🥉-o‘rin – 20 million so‘m.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

⏺Ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26❤4🤔3🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#Oʻzbekiston_Xitoy

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Xitoy hamkorlik boʻyicha ishchi guruh yigʻilishida qatnashdi.

Shuningdek, tashrif davomida vazir oʻrinbosari “Oʻzbekiston-Xitoy biznes forumi” doirasida sohaviy bir qator masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Xitoy-Markaziy Osiyo ilmiy-texnik hamkorlik markazi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/30792

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤1
#xalqaro_hamkorlik

“Tortishish nuqtasi” ilgʻor koʻnikmalarni rivojlantirish markazi ochildi

19-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “INNO” oʻquv-ishlab chiqarish texnoparkida Rossiyaning “Сколково” texnoparki texnologiyalari asosida tashkil etilgan “Tortishish nuqtasi” («Точка притяжения») ilgʻor koʻnikmalarni rivojlantirish markazining ochilish marosimi oʻtkazildi. Unda vazirlik va idoralar masʼullari, Rossiyaning Skolkovo fan va texnologiyalar instituti, Yangi loyihalarni ilgari surish boʻyicha strategik tashabbuslar agentligi mutasaddilari, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/30847

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23❤2