Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#harbiy_parad #Vatan_himoyachilari 

Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!


Talabalar shaharchasida 14-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy parad va bayram dasturi tashkil etildi.

Tadbir avvalida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov yig‘ilganlarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklab, yurtimiz tayanchi bo‘lgan mard o‘g‘lonlarimizga jasorat va shijoat yor bo‘lishini tiladi.

Harbiy parad Qurolli kuchlar akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari hamda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarining “Qalqon” guruhi a’zolari ishtirokida saf yurish mashqlari bilan boshlanib, O‘zbekiston milliy universitetida bayram tadbiri bilan davom etdi.

Bayram dasturlari respublika bo‘ylab barcha oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlarida ham o‘tkazilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍38❤5👏2🤔2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

Qadrli vatandoshlar!

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi oʻz hayotini ona yurtimizni himoya qilishdek ulugʻ va oliyjanob ishga bagʻishlagan jasur harbiylarni, shu bilan birga, Vatan himoyasi hamda yurt ravnaqi uchun birdek javobgar mard, mehnatsevar, jasoratli, shijoatli, ziyoli, irodali, sadoqatli, adolatli va oilaparvar har bir yurtdoshimizni Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍36🎉10🔥6👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob #kasbiy_taʼlim #infografika

📹 2024-yilda kasbiy ta’lim sohasida amalga oshirilgan ishlar raqamlarda

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/32019

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13
#live #Ovozli_chat

☄️Ayni daqiqalarda kimyo fanidan milliy sertifikat imtihonining yangi shakli bo‘yicha ovozli chat bo‘lib o‘tmoqda.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari namunaviy test savollarini tushuntirib, mavzu yuzasidan savollarga javob berishmoqda.

🔗 Chat havolasi: https://t.me/BaholashUz?livestream

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13
Yangi O‘zbekiston barqaror rivojlanish va “yashil” taraqqiyot yo‘lida keng amaliy hamkorlik uchun ochiq – Shavkat Mirziyoyev


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtida o‘tayotgan “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” sammitida nutq so‘zladi.

Jumladan, Davlatimiz rahbari anjumanda ishtirok etayotgan nufuzli ilmiy markazlar, ekspert va olimlarni Toshkentda ochilgan “Yashil” universitet bilan tadqiqotlar va innovatsiya dasturlarini amalga oshirishda faol hamkorlikka chaqirdi.

Shuningdek, mazkur Universitet negizida Yer degradatsiyasi va cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro ilmiy tadqiqot tarmog‘ini yaratishni taklif etdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤6😁1😱1
#mardoʻgʻlon_2025

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025-yilgi saralash bosqichiga hujjatlar qabul qilinmoqda


Mazkur mukofot jamiyatimizning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan, mardlik, jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan.

✅Kimlar ariza topshirishi mumkin?

➖Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan;
➖O‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan;
➖14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar.

📄 Hujjatlarni topshirish muddati:
Joriy yil 1-martga qadar, arizalarni yashash manzilingiz bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga topshirishingiz mumkin.

✅Nizom bilan tanishish
✅
Kerakli hujjatlar bilan tanishish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤2
#Prezident #bayram_tabrigi

Harbiy xizmatchilarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, maktablarda boshlang‘ich harbiy ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash ishlarini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratamiz.


Prezident Shavkat Mirziyoyev Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15🎉2
#dayjest #vatan_himoyachilar_kuni

Oliy ta’lim muassasalarida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etilmoqda

➖Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;

➖“TIQXMMI” milliy tadqiqotlar universiteti;

➖Transport universiteti;

➖Farg‘ona politexnika instituti;

➖O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali;

➖Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;

➖O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

➖Namangan muhandislik-texnologiya instituti;

➖Toshkent davlat texnika universiteti;

➖ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

➖Namangan muhandislik-qurilish instituti;

➖ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali;

➖Namangan davlat universiteti;

➖Termiz davlat universiteti;

➖Farg‘ona davlat universiteti;

➖Termiz davlat pedagogika instituti;

➖Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali;

➖ Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali;

➖Urganch davlat universiteti;

➖Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali;

➖Toshkent xalqaro universiteti;

➖ TDTU Olmaliq filiali;

➖Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali;

➖Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti;

➖Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

➖Guliston davlat universiteti;

➖Nukus konchilik instituti;

➖ Toshkent davlat agrar universiteti;

➖Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali;

➖Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;

➖ Buxoro davlat universiteti;

➖ Toshkent gumanitar fanlar universiteti;

➖Andijon davlat universiteti;

➖Jizzax davlat pedagogika universiteti;

➖ Osiyo Xalqaro universiteti;

➖Navoiy davlat universiteti;

➖TATU Urganch filiali;

➖“University of Business and Science” Toshkent filiali;

➖Namangan davlat chet tillari instituti;

➖Namangan toʻqimachilik sanoati instituti;

➖Guliston davlat pedagogika instituti;

➖Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

➖“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;

➖Jizzax davlat pedagogika universiteti;

➖O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;

➖Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;

➖Navoiy davlat universiteti;

➖Andijon davlat chet tillari instituti;

➖Namangan toʻqimachilik sanoati instituti;

➖Qoraqalpoq davlat universiteti;

➖SamDU Urgut filiali;

➖Jizzax politexnika instituti;

➖Andijon davlat pedagogika instituti;

➖Andijon davlat tibbiyot instituti.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤4🤩2🎉1
4️⃣4️⃣4️⃣

📣“School21” - oliy ta’limni IT bilan birlashtirish uchun qulay imkoniyat!

O‘zbekistonda bepul raqamli texnologiyalar maktabi - “School21”da o‘qish uchun ro‘yxatdan o‘tish 22-yanvargacha amalga oshiriladi. Toshkent va Samarqandda navbatdagi o‘qishlar 27-yanvardan boshlanadi.

Ma’lumot uchun, “School21” ishtirokchilarining 55 % turli oliy ta’lim tashkilotlari talabalari bo‘lib, ular akademik ta’limni yangi amaliy ko‘nikmalar bilan to‘ldirish uchun ushbu maktabni tanlagan.


“School21” ishtirokchilari quyidagi yo‘nalishlar:
➡️data tahlili – zamonaviy biznesni boshqaruvchi ma’lumotlar dunyosiga g‘arq bo‘lish;
➡️kiberxavfsizlik — raqamli asrda axborot himoyasi;
➡️tizim va biznes tahlilchisi – biznes yechimlarini tahlil qilish va ishlab chiqish;
➡️hamda raqamli texnologiyalarning boshqa sohalari bo‘yicha o‘z bilim va malakalarini oshirib, IT sohasida karyera qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

🗓 Ro‘yxatdan o‘tish: 21-school.uz

Batafsil ma’lumot uchun:
📧 tashkent@21-school.uz
📱+998 93 039 4447 (Toshkent);
📧 samarkand@21-school.uz
📱 +998 93 039 4442 (Samarqand)

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤3🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦

Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshiruvchi talabgorlar diqqatiga!


2025-yil navbatdagi chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim orqali onlayn hujjatlar topshirish boshlanmoqda.

✅Hujjatlar 2025-yil 15-yanvardan 15-fevralga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

📌Talabgor hujjatlari ilmiy yoki taʼlim tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqilib qabul qilinadi yoki rad etiladi.

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥1🎉1