Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#talabaga_qulaylik

Nukusda 400 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

15-yanvar kuni Qoraqalpoq davlat universitetida yangi zamonaviy tipdagi 400 o‘rinli talabalar turar joyini foydalanishga topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi Murat Atamuratov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari Bayram O‘temuratov, universitet jamoasi, nuroniylar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/32987

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍39🤩3❤1🔥1👏1
#ilm_fan #anjumanlar_taqvimi

⏱2025-yilda jami 1 265 ta xalqaro va respublika miqyosida ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar o‘tkaziladi

Shu jumladan, 665 ta xalqaro va 600 ta respublika miqyosida bo‘lib, tadbirlar 252 ta tashkilot tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✅ Xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar ro‘yxati

✅ Respublika miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar ro‘yxati

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🎉1
#xizmat_safari #vazir #muhandislik

Jizzaxda muhandis kadrlar tayyorlash sifatini oshirish borasida berilgan topshiriqlar ijrosi qay holatda?

15-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Jizzax politexnika institutida bo‘lib, institut registrator ofisi va yangidan tashkil etilayotgan Muhandislik maktabi bilan yaqindan tanishdi.

Mas’ullar tomonidan berilgan axborotga ko‘ra, institutda “Yashil energetika muhandisligi” hamda “Mexatronika va robototexnika” oliy muhandislik maktablari tashkil etilmoqda. Muhandislik maktablarining umumiy qiymati taxminan 8 mlrd so‘mni, binosining umumiy maydoni 2 000 m.kv. ni tashkil etadi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/32992

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤6👏3😁2🔥1
#xizmat_safari

15-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amaliy xizmat safari davomida uchta qurilish obyektini ko‘zdan kechirdi va sayyor qabul o‘tkazdi.

✅Dastavval, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Nukus filialidagi 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishi bilan tanishildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/32989

✅Shuningdek, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida davlat-xususiy sheriklik asosida qad rostlayotgan 400 o‘rinli yotoqxona qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/32990

✅Bundan tashqari, Qoraqalpoq davlat universitetida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilayotgan 400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/32993

✅So‘ng, Qoraqalpoq davlat universitetining talaba-yoshlari, doktorantlar, tadqiqotchilar hamda professor-o‘qituvchilarning murojaatlari tinglandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/32988

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤4🔥1