Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik #malaka_oshirish

Ingliz tili fani o‘qituvchilari AQSHga malaka oshirish uchun yuboriladi 

Xalqaro miqyosda zamonaviy metodikalar va samarali yondashuvlarni qo‘llagan holda xorijiy til o‘qituvchilari tajribasini oshirish maqsadida 2024-yili Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasining AQShga xizmat safari davomida Atens shahrida joylashgan “GATESOL” tashkiloti bilan hamkorlik kelishuvi imzolangan edi. 

Ushbu hamkorlik shartnomasi doirasida Termiz davlat pedagogika institutining 10 nafar xorijiy til o‘qituvchisi AQSHning Vestklif universiteti (Westcliff University)da malaka oshirish kursiga o‘qishga yuborish uchun saralandi. 

Bugun, 17-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev xorijga yuboriladigan professor-o‘qituvchilar bilan uchrashib, ularga malaka oshirish kursida o‘qish yo‘llanmasini topshirdi. Tadbirda institut rektori Azizbek Hasanov va hamkor tashkilot mas’ullari ishtirok etdi. 

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/33285

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍34❤7🔥6👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya #sharh

Hech bir uchrashuv tasodif emas

Bu asarda Hakan Mengyuch shaxsiy rivojlanishning, hayotning muammolariga sabr-toqat bilan yondashish va o‘z “men”ingizni kashf etishning ahamiyati haqida gapiradi.


📹“Siyosiy-ma’rifat soati” kursidan...


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍9
#JamoatchilikKengashi_NNT

17-yanvar kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Jamoatchilik kengashi aʼzolari va Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan birgalikda “Oʻzbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi va uni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi Prezident farmoni loyihasi hamda sohada mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan ijtimoiy loyihalar muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/59894

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤7🔥1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#milliylik

Milliylik milliy qadriyatlarda mujassam


Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari milliy liboslarda.


📹 HD formatda ko'rish 👉
https://youtu.be/FAHMHhPplls

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10😁2❤1🔥1
#jarayon #vazir #texnikum #uchrashuv

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent shahrida joylashgan Karim Zaripov nomidagi Estrada va sirk texnikumi faoliyati bilan tanishdi.

Dastlab texnikum o‘quvchilari uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechirildi.

Shundan so‘ng, texnikum o‘qituvchi va xodimlari bilan ochiq suhbat o‘tkazildi. Muloqot davomida ularning muammo hamda takliflari tinglanib, kelgusidagi rejalar xususida fikr almashildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
5👍39👏7🔥5🎉1
#Davlat_dasuri_loyihasi #muhokama #Jamoatchilik_kengashi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Jamoatchilik kengashi aʼzolari bilan birgalikda “Oʻzbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi va uni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi Prezident farmoni loyihasi muhokama qilindi.
___

В Министерстве высшего образования, науки и инноваций совместно с членами Общественного совета обсудили проект государственной программы по реализации Стратегии «Узбекистан – 2030» в рамках Года охраны окружающей среды и «зелёной» экономики.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤3🔥3
#foydali_eslatma #abituriyent2025

⚡️Abituriyentlar uchun muhim eslatma!

🏛Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim.

2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati ilovada (rasm👆).

E’tibor bering! 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.

Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda👈

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23😁2🎉2🔥1👏1